Mavzu: Xalqaro savdo uning turlari va tartibga solish mexanizmlari. Ilmiy rahbar


-jadval.  Mamlakatlarning bir birlik tovar ishlab chiqarish uchun sarflaydigan ish vaqti


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/15
Sana18.06.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1572818
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Xalqaro savdo, uning turlari.

1-jadval. 
Mamlakatlarning bir birlik tovar ishlab chiqarish uchun sarflaydigan ish vaqti. 
Buyuk Britaniya 
Ispaniya
Vino (1l) 
3 soat 
2 soat 
Mato(1m²) 
2 soat 
6 soat 
Jadval ma’lumotlaridan Buyuk Britaniyaning mato ishlab chiqarishda mutlaq 
afzallikka ega ekanligi ko‘rinib turibdi. Chunki Buyuk Britaniyada 1 m
2
mato ishlab 
chiqarish uchun 2 soat sarflansa, Ispaniya 6 soat saflash kerak. Demak, bu 
mahsulotning Buyuk Britaniyadagi tannarxi Ispaniyadagiga nisbatan arzonroq 
bo‘ladi. O‘z navbatida, Ispaniya vino ishlab chiqarishda mutlaq afzallikka ega. 
Chunki bu mamlakatda 11. vino ishlab chiqarish uchun Buyuk Britaniyaga nisbatan 
1 soat kamroq vaqt sarflanadi. Demak, A. Smitning «mutlaq afzallik» nazariyasiga 
binoan Buyuk Britaniya mato ishlab chiqarishga ixtisoslashishi va uni eksport qilishi 
kerak. O‘z navbatida, Ispaniya vino ishlab chiqarishga ixtisoslashadi va Buyuk 
Britaniya bu mahsulotni Ispaniyayadan import qiladi. 
A. Smitning «mutloq afzallik»
3
nazariyasi uzoq yillar davomida ko‘plab mam- 
lakatlarning tashqi savdo siyosati strategiyasining asosini tashkil qildi. Ammo 
«mutlaq afzallik» nazariyasida bir qator kamchiliklarga ham yo‘l qo‘yilgan. 
3
Mutloq afzallik- «JAHON IQTISODIYOTI VA XALKARO IQTISODIY MUNOSABATLAR» FANIDAN O’QUV – USLUBIY 
MAJMUA. 173b. SAMARQAND – 2019. 



Xususan, bu model mutlaq afzallikka ega bo‘lmagan mamlakatning xalqaro 
savdodagi ishtirokini tushuntirib bera olmaydi.
Bunday sharoitda mutlaq afzallikka ega bo‘lmagan mamlakatda ham xalqaro 
savdoda ishtirok etishdan foyda olishini ingliz iqtisodchisi D. Rikardo birinchilar- 
dan bo‘lib isbotlab bergan. David Rikardo (1772-1823) mamlakatning xalqaro 
savdoda ishtirok etishidan oladigan foydasi muqobil narx bilan belgilanishini 
isbotlagan.
Muqobil narx-bu bir birlik tovarning ishlab chiqarishga sarflanadigan 
xarajatning ikkinchi tovarni ishlab chiqarishga zarur bo‘lgan xarajat orqali 
ifodalanishidir. Mutlaq afzallikka ega bo‘lmagan Ispaniya Buyuk Britaniya bilan 
savdo aloqalariga kirishsa, vino ishlab chiqarishga ixtisoslashadi va uni eksport 
qilib, o‘rniga matoni import qiladi. 
Nisbiy afzallik-agar mamlakat boshqa mamlakatga nisbatan kam xarajatlar 
bilan ishlab chiqarish mumkin bo‘lgan tovarlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashsa
o‘zaro savdo ikkala mamlakat uchun ham foydali bo‘ladi. Bunda ishlab chiqarish 
bo‘yicha mutlaq afzallik bo‘lishi shart emas.

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling