11
1.Ixtisoslashuv darajasining o‘sishi-ishlab chiqarish miqyosining o‘sishi
ishchilarning belgilangan operatsiyalarni bajarishga ixtisoslashuvining o‘sishiga
olib keladi;
2.Ishlab chiqarishning yaxlitligi-boshqaruv apparati,
buxgalteriya va shu kabi
ishlab chiqarishga bilvosita bog‘liq bo‘limlarning oylik fondi o‘zgarmasligi hisobiga
mahsulotning tannarxi pasayadi;
3.Texnologik iqtisod-texnologik jarayonlarni yaxshilash,
marketing va reklama
ishlarini olib borish xarajatlarning mahsulot tannarxidagi ulushi pasayadi.
Miqyos samarasi mamlakatdagi tarmoq va korxonalarning raqobat bozoridagi
xatti-harakati hamda faoliyat yo‘nalishlaridan kelib chiqqan holda tashqi va ichki
miqyos samaralariga ajraladi.
1.Tashqi miqyos samarasi-butun tarmoqda ishlab chiqarish miqyosining o‘sishi
natijasida firma doirasida tovar birligiga to‘g‘ri keladigan xarajatlarning kamayishi.
2.Ichki miqyos samarasi-firma doirasida ishlab chiqarish
miqyosini kengaytirish
orqali tovar birligiga sarflanadigan xarajatlarning kamayishi.
Tashqi miqyos samarasi-har bir firmaning hajmi o‘zgarmagan holda bir xil
tovar ishlab chiqaradigan
firmalar soni ortadi, ular bozorda yetarli darajada
raqobatbardoshligini
saqlab qoladi, natijada eksportyorlar o‘zlari ta’sir ko‘rsata
olmaydigan bozordagi narxda xohlagan miqdorda tovar sotishlari mumkin.
Ichki miqyos samarasi esa ishlab chiqarish miqdori o‘zgarmagan holda tovar
ishlab chiqaruvchi firmalar soni kamayadi bu esa ishlab chiqaruvchilar o‘z tovarlari
narxiga ta’sir ko‘rsatib, tovar narxini pasaytirish orqali sotish hajmini orttirishlari
mumkin. Ichki miqyos samarasining ekstremal holati sof monopoliya hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: