Mavzu: Xalqaro savdo uning turlari va tartibga solish mexanizmlari. Ilmiy rahbar


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/15
Sana18.06.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1572818
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
Xalqaro savdo, uning turlari.

Tarmoq ichidagi savdo-bu mamlakatlar o‘rtasida bir tarmoqning 
differensiyalashgan mahsulotlari bilan savdo qilishidir. 
Tarmoqlararo 
savdo-mamlakatlarning 
turli 
tarmoqlarni 
gomogen 
mahsulotlari bilan savdo qilishidir. 
Tarmoq ichidagi savdo, asosan, differensiyalashgan tovarlar bilan amalga 
oshadi, ba’zi vaziyatlarda gomogen tovarlar bilan ham amalga oshishi mumkin. 
Bunga sabab sifatida transport xarajatlarini qisqartirish va mavsumdagi farq bo‘lishi 
mumkin. Shimoliy va janubiy yarimsharda yil fasllari turli vaqtga to‘g‘ri keladi, 
ya’ni Braziliya o‘zining qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yig‘im vaqtida AQSh ga 
eksport qiladi va AQSh da yig‘im vaqtida AQSH dan sotib oladi.
Tarmoq ichidagi savdo-differensiyalashgan tovarlar bilan tarmoq ichidagi 
savdo sabablari quyidagilar: 
• Iste’molchilarning istak va xohishlari har xil. 
• Kesishuvchi talab. 
• Miqyos samarasi. 
Kesishuvchi talab nazariyasi. Kesishuvchi talab nazariyasi shvedsiyalik iqti- 
sodchi Staffan Linder tomonidan ishlab chiqilgan. Bu nazariya xalqaro savdoni talab 
tomonidan tushuntiruvchi kamdan-kam nazariyalarning biridir. Bu nazariyaga ko‘ra 
mamlakat eksporti importyor mamlakatdagi talabga bog‘liq. 
Kesishuvchi talab nazariyasi-bu turli mamlakatlardagi iste’molchilarning 
daromadlari va istak-xohishlari deyarli bir xil bo‘lganligi sababli har bir mamlakat 
uchun ishlab chiqarishda va ichki bozorda yaxshiroq tajriba to‘plangan tovarlarni 
eksport qilish oson bo‘lishidir. 
XX asrda rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar o‘rtasidagi eksport-
import operatsiyalarining sifati xususiyatlarini e’tiborga oluvchi yangi tamoyillar 
paydo bo‘ldi; keyingi yillarda bir qator amerikalik iqtisodchilar tomonidan tovar 
ayirboshlashning turli omillarni hisobga oluvchi «tovarning hayotiy sikli», «xalqaro 
raqobat» va boshqa modellar ishlab chiqildi.



Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling