Mavzu: Xalqaro savdo uning turlari va tartibga solish mexanizmlari. Ilmiy rahbar


Karimov I.A asosiy vazifamiz-vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/15
Sana18.06.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1572818
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Xalqaro savdo, uning turlari.

 
11
Karimov I.A asosiy vazifamiz-vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir
Т.:O`zbekiston, 2010.64-6. 


25 
Xulosa va takliflar. 
Xalqaro savdo bugungi kunda o‘zining o‘sish va ayrim sabablarga ko‘ra 
pasayish ko‘rsatkichlariga ega bo‘lmoqda. Xalqaro savdoda yetakchilik qilayotgan 
asosiy mamlakatlar, rivojlangan mamlakatlar muhim ahamiyat kasb etmoqda. Jahon 
savdosining hozirgi vaqtdagi holatini tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, xalqaro savdo 
keyingi o‘n yilliklarda shiddat bilan rivojlanib va takomillashib bormoqda. Unda 
nafaqat rivojlangan, balki rivojlanayotgan va o‘tish davri iqtisodiyotidagi 
mamlakatlar ham faol ishtirok etib, har bir mamlakat o‘z ishtirokiga qarab iqtisodiy 
manfaatga ega bo‘lmoqda. Lekin rivojlangan mamlakatlar tomonidan tashqi savdo 
aloqalariga muhim e’tibor qaratilishi va mamlakatning ega bo‘lgan iqtisodiy 
salohiyatining yuqoriligi, bugungi kunda jahon savdosining istiqboldagi 
strategiyasini belgilab bermoqda. 
O‘zbekistonda ham bugungi kunda xalqaro savdo muhim ahamiyatga ega. 
Keyingi vaqtlarda jahon bozorida narxi keskin tushib ketgan xomashyo resurslarini 
eksport qilish amaliyotidan imkon qadar tezroq qutilib, tayyor raqobatbardosh 
mahsulotlar eksportini faol oshirish va bu maxsulotlar yetkazib beriladigan 
mamlakatlar geografiyasini yanada kengaytirishimiz kerak. Jahon xo‘jaligi 
rivojlanishining 
o‘ziga xos xususiyatlaridan bir-bu xalqaro iqtisodiy 
munosabatlarning intensiv rivojlanib borishi hisoblanadi. Bu mamlakatlar
mamlakatlar guruhi, alohida firma va korxonalar o‘rtasida savdo-iqtisodiy 
aloqalarning kengayishi tobora chuqurlashuvi, xo‘jalik hayotining globallashuvi
milliy 
iqtisodiyot 
ochiqligining 
kuchayishi, 
mamlakatlarning 
iqtisodiy 
integratsiyalashuvi va hududiy xalqaro iqtisodiy aloqalar startegiyasining 
chuqurlashib borayotganligida ko‘rish mumkin. 
Hozirgi vaqtda jahon savdo birjasida tayyor mahsulotlarning o‘sish 
tendentsiyasi paydo bo‘lmoqda, ammo rivojlanayotgan davlatlar tarkibida 
tovarlarga ixtisoslashuv mavjud. Shuni ta’kidlash kerakki, xom ashyoni iste’mol 
qilish ortib bormoqda, ammo turli xil zaxiralarni yaratish orqali boshqa 
mahsulotlarning savdo darajasi orqada qolmoqda. So‘nggi yillarda yuqori 


26 
texnologiyali tovarlar almashinuvi ortib bormoqda, kimyo mahsulotlari savdosi ham 
jadal rivojlanmoqda. 
Jahon savdosiga ta’sir ko‘rsatadigan eng yirik tovar bozorlari orasida 
mashinalar va transport uskunalari bozori, tabiy yoqilg‘i bozori, shuningdek, qora 
va rangli metallar bozori mavjud. Zamonaviy sharoitda yarim tayyor mahsulotlar 
almashinuvi katta ahamiyatga ega. 
Vaqt o‘tishi bilan global tovar bozorining tabiati 
o‘zgarganligini xulosa qilish mumkin. Hozir dinamikada xalqaro savdoda tayyor 
mahsulot ulushining o‘sishi kuzatilmoqda. Jahon savdosining tuzilishi, ham 
geografik, ham tovar o‘zgaruvchan bo‘lib, hozirgi vaqtda ikkita element tizimini 
ifodalaydi: asosan bir-biri bilan savdo qiluvchi rivojlangan mamlakatlar va o‘z 
mahsulotlarini rivojlangan mamlakatlarga yetkazib beradigan rivojlanayotgan 
mamlakatlar.


27 

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling