Maxsuliy (produksiya) ekspert tizimlari taraqqiyoti va tadbiqlari Reja


Download 189.02 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/13
Sana16.06.2023
Hajmi189.02 Kb.
#1505050
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Mahsuliy produksiya ekspert tizimlari Ohunchonov V

ET LARDAN FOYDALANISH
Hatto, hozirda katta EHM da ham, kichik EHM da ham yaxshi ishlaydigan
ekspert tizimlar, odam ekspertga nisbatan ma'lum chegaralanishga ega.
1. Ko'pchilik ET foydalanuvchi tomonidan ishlatishga yaroqli emas. Agar siz
bu tizimlar bilan avvaldan ishlamagan bo'lsangiz, unda siz katta qiyinchiliklarga
duch kelishingiz mumkin. Ko'pchilik tizimlar faqatgina bilimlar bazasidan
yaratuvchi ekspertlar tomonidan foydalanishlari mumkin.
2.
Odatda bu tizimlarda qo'llaniladigan savol-javob rejimi, yechimni olishni
qiyinlashtiradi. Masalan, MYCIN tizimidan foydalanmagan vrach, tizimdan
foydalanganga nisbatan yechimga tezroq ega bo'lishi mumkin (ko'pgina


hollarda shunday bo'ladi).
3.
Ekspertiza seansidan keyin tizimni ishlata bilish darajasi o'zgarmaydi.
4.Ekspertlardan olingan bilimlarni mashinada effektiv holda ishlatadigan
ko'rinishga keitirish haligacha muammoligicha qolmoqda.
5.
ET larni o'qitish mumkin emas, ular ongli fikrlay olmaydi. Uy mushugi maxsus
o'rgatmasdan ham oddiy vazifalarni bajarishi mumkin, yosh bolaning idishdagi
suvni ustiga ongli holda to'ka olmasligi tabiiy holdir, lekin Komp’yuter
klaviaturasiga kofeni to'ka boshlasangiz, uning klaviaturani tortib olishga «aqli»
yetmasligi aniqdir.
6.
ET larni katta predmet sohada qo'llab bo'lmaydi. Ulardan foydalanishda ekspert
bir necha minut yoki bir necha soatda yechimni bera olishi mumkin bo'lgan
kichik predmet sohalar bilan chegaralangan.
7.
Ekspertlar bo'lmagan soha (masalan, astrologiya) da ET lardan foydalanib
bo'lmaydi.
8.ET larni faqat kognitiv masalalarni yechish uchun jalb qilish maqsadga muvofiq.
Tennis, velosiped poygasi ET uchun predmet soha bo'la olmaydi, lekin bu
tizimlarni futbol komandalarini tahrirlashda ishlatish mumkin.
9.
Agar natijaning formal usullari yoki shu masalaga o'xshash masala bo'lmasa,
inson-ekspert yechimni topish uchun masalaga ongli yondashadi.
10.
Yechim ming xil hodisa va vaqt o'tishi bilan o'zgarib turadigan o'zgaruvchilarga
bogiiq bo'lsa, bilimlarga asoslangan tizimlar to'liq tahlil uchun yaroqsiz ekanligi
kelib chiqadi. Bunday hollarda oddiy tildagi ma'lumotlar bazasi interfeysini
ishlatgan ma'quldir.

Download 189.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling