Maxsuliy (produksiya) ekspert tizimlari taraqqiyoti va tadbiqlari Reja


Download 189.02 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/13
Sana16.06.2023
Hajmi189.02 Kb.
#1505050
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Mahsuliy produksiya ekspert tizimlari Ohunchonov V

Tibbiyot diagnostikasi


Diagnostik tizimlar organizm faoliyati buzilishi va ularni keltirib chiqarish
sabablari orasidagi bog'liqlikni topish uchun xizmat qiladi. MYCIN tizimi eng ko'p
tarqalgan tizim hisoblanadi (u davolanayotgan odam miningit yoki bakterial
infeksiyalar yuqtiril-ganda) diagnostika va kuzatuv olib borish uchun qo'llaniladi.
Uning birinchi g'oyasi 1970-yillar o'rtalarida Stendford Universi -tetida ishlab
chiqilgan edi. Ayni vaqtda bu tizim mutaxassis vrach kabi diagnoz qo'yish
imkoniyatiga ega. U shuningdek, kengay-tirilgan bilimlar bazasiga ega. Bu esa uni
tibbiyot sohasida qo'llash imkoniyatini yaratadi.
Prognozlash
Prognozlash tizimlari ayni vaqtdagi holatga qarab kelib chiquvchi natija va
hodisalarni oldindan aytib berish imkoniyatiga ega. «Uoll-strit egallash» DASTUR
tizimi bozorning konyunktu-rasini tahlil qilib, algoritmlarning statistik usullari
yordamida siz uchun kapital mablag'ingizda yuqori samara bilan foydalani-
shingizni maslahat berishi mumkin. Ular bilimlarga asoslangan tizimlarga
kirmaydi, chunki oddiy dasturlash protsedura va algoritm-lari qo'llanilgandir.
Sizning mablag'ingizni bozor konyunkturasini o'rgangan holda aniq
ko'paytiradigan ETlar hali yaratilmagan bo'lsa-da, ob-havoni oldindan aytib
beruvchi hosildorlik va yo'lovchilarning sonini oldindan aniqlovchi ma'lumot
tizimlari tobora keng qo'llanilmoqda. Hatto shaxsiy Komp’yuter ga oddiy tizimni
o'rnatib, siz ob-havo ma'lumotini olishingiz mumkin.
Rejalashtirish
Rejalashtirish tizimlari ko'p o'zgaruvchilar ishlatiladigan masalalarda aniq bir
maqsadga erishish uchun qo'llaniladi. Savdo-sotiq sohasida Damashqning
«Informat» firmasi birinchilardan bo'lib, o'zining sotib oluvchilariga
foydalanuvchining talablari va imkoniyatiga mos keluvchi Komp’yuter topish
imkoniyatini 15 minutli konsultatsiya sifatida firma ofisining zaliga o'rnatilgan 13
ta ishlab turuvchi stansiyalar yordamida amalga oshirdilar. Bundan tashqari
«Boeing» kompaniyasi ET larni kosmik stansiyalarni loyihalashtirish, vertolyotlar
ta'miri va samolyot dvigatellarining ishdan chiqish sabablarini topishda
qo'llamoqdalar. DEC firmasi tomonidan ishlab chiqilgan XCON ekspert tizimi
foydalanuvchi talabiga mos kelgan holda VAX tipidagi Komp’yuter tizimlarining
tuzilishini aniqlash yoki o'zgartirish uchun xizmat qiladi. Shuning-dek, DEC
tomonidan yanada kuchliroq bo'lgan XKEL tizimi ishlab chiqilgan. U XCON
tizimining bilimlar omborini o'z ichiga olgani holda foydalanuvchiga kerakli
tuzilishdagi hisoblash tizimini tanlash imkonini beradi. XKEL XCON dan farq
qilgani holda interaktiv bo'ladi.

Download 189.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling