Maxsuliy (produksiya) ekspert tizimlari taraqqiyoti va tadbiqlari Reja


Download 189.02 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/13
Sana16.06.2023
Hajmi189.02 Kb.
#1505050
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Mahsuliy produksiya ekspert tizimlari Ohunchonov V

FREYMLI MODELLAR
Freym — bu qandaydir standart holat uchun mo'ljallangan ma'lumotlarni
deklarativ keltirilishidir. Freymlarni tarmoq ko'rinishida ko'rsatish mumkin. Unda
yuqori tabaqalar ularning ma'nosini namoyish etadi va har qanday sharoitda chin
qiymatga ega bo'ladi. Pastki tabaqa muayyan informatsiyaga ega bo'lgan slotlar
bilan to'ldiriladi. Freymlarni quyidagi konstruksiya bilan ifodalash mumkin:
F=[1
,v
1
>,2)
v
2
>...n
v
n
>]
F-freym nomi
r-slot nomi
v
i
- slotning qiymati.
Freymlar tizimlarida informatsion qidiruv tizimlari bilan bog'langan. Agar,
sharoit muammoga, bir freym javob bera olmasa, u holda bunday tarmoq boshqa
freymni o'z ichiga olib 2-freym, bu muammoga javob beradi. Freymlarning asosiy
xossalarini ko'rib chiqamiz:
a)
bazali tip. Berilgan predmetni juda zarur obyektlarini o'z ichiga oladigan 
freym. Lekin holatini o'zgartirganda yana yangi freymlarni qurishga to'g'ri 
keladi.
b)
iyerarxik strukturaga ega bo'lgan freymlar sitemasi. Iyerarxik strukturaning 
ayrimligi atributlar haqidagi informatsiya yuqori bosqichda joylashgan 
bo'lib, past tabaqadagi hamma freymlar bilan bog'liq bo'ladi.
d) freymli tizimlarda xulosalar chiqarish.
Freymlar — ekspert tizimlarning bilimini ko'rsatishning keng tarqalgan
formalaridan biridir. Freym o'zini slot yacheykalari to'plamidan iborat struktura
kabi ko'rsatish mumkin. Har bir slot nomdan o'rniga biriktirilgan nomdan iborat.
Qiymat ma'lumotlar, protseduralar hamda boshqa Komp’yuter ga yuboriladigan
ma'lumotlardan iborat bo'lishi yoki bo'sh bo'lishi mumkin.
Har qanday freym quyidagi nom va mundarijalardan tashkil topadi:
1. Freym nomi. Bu freymga aloqador identifikatordir. Freym berilgan freym 
tizimida yagona nomga ega bo'lishi kerak.
2. Slot nomi. Bu slotga aloqador identifikatordir. Slot o'zi tegishli bo'lgan 
freymda yagona nomga ega bo'lishi kerak.
Odatda slot nomi hech qanday yuklash ma'nolarini anglanmaydi va berilgan
slotning identifikatoridir, lekin ba'zi hollarda u maxsus ma'noga ega. Bularga


strukturalashgan obyektlarni tasvirlash uchun ishlatiladigan IK-A,
DDEKENDANTA, FINEDBY, COMMENT va hokazolarni kiritish mumkin. Bu
slotlar tizimli deyiladi va bilimlar bazasini tahrir qilish va chiqarishni boshqarishda
ishlatiladi.
3.Meros ko'rsatkichi. Bu ko'rsatkichlar faqat «abstraktkonkret» muomilasiga 
asoslangan 
iyeararxik tipdagi freym tizimlarga tegishlidir, ular past darajadagi xuddi shunday
nomli freymlarga ega bo'lgan yuqori darajadagi freymdagi slot atributlari haqidagi
biror bir informatsiyani ko'rsatadi. Tipik meros ko'rsatkichlari:
Unique (U: — unikal ), Kame (K: — xuddi shunday), Range (R: — chegarani
o'rnatish), Override (O: — e'tiborga olmaslik ) va hokazo. U freymning har xil
qiymatli slotga ega bo'lish mumkinligini ko'rsatadi, K — hamma slotlar bir xil
qiymatga ega, R — quyi darajali freym slotining qiymati, yuqori darajadagi freym
slotining qiymatlari bilan ko'rsatilgan oraliqda bo'lish kerak, O — yuqori
darajadagi freym slotining qiymati ko'rsatilmaganda, past darajadagi freym
slotining qiymatini qo'yish.
4.Ma'lumotlar tipi ko'rsatkichi slotning son qiymatiga egaligini ko'rsatadi yoki
boshqa freymga ko'rsatkich bo'lib xizmat qiladi. Ma'lumotlar tipiga quyidagilar
kiradi:
FRAME (ko'rsatkich), INTEGER (butun), REAL (haqiqiy), BOOL (bul toifa),
LIKT (bog'langan protsedura), TEXT (matn), LIKT (ro'yxat), TABLE Gadval),
EXPREKKION (ibora) va boshqalar.
5.Slot qiymati. Slot qiymatini kiritish punkti. Slotning qiymati bu slot 
ma'lumotining ko'rsatilgan toifasi bilan ustma-ust tushishi kerak, bundan tashqari 
shajara shartlarini bajarishi kerak.
6. Demon. Bu yerda IF-NEEDED, IF-ADDED, IF-REMOVED va hokazo 
demon tiplarini aniqlaydi. Demon deb, bir qancha shartlarni bajarganda avtomatik 
yuklanadigan protseduraga aytiladi. Demonlar mos slotlarga murojaatda yuklanadi.
Bundan tashqari demon bog'langan protseduralarning har xilligidir.
7.Bog'langan protseduralar. Slotning qiymati sifatida protsedura tipidagi
DASTURni ishlatish mumkin.
FREYMLARNI TATBIQ ETISH
5-ram. Freymning sxematik ko'rinishi


SEMANTIK MODELLAR
Mutaxassislarning fikricha semantik to'rlar boshqa usullardan ancha avval
yaratilganligiga qaramay bilimlarni tasvirlashda ko'p qo'llaniladigan usuldir.
Semantik to'rlar obyektlar to'plami va ular orasidagi munosabatlarni aks ettiradi.
Ko'riladigan obyektlar uchun barcha mavjud munosabatlarni yozib chiqish
semantik to'rni beradi. Obyektlar to'rning tugunlari bo'lib xizmat qiladi,
munosabatlar yoylar yordamida ifodalanadi. Semantik to'rni tuzishda to'rning
elementlari aloqalari soniga, uning xossalari va murakkabligiga cheklovlar
qo'yilmaydi. Shuning uchun ko'rsatkich sifatida keltiriladigan funksiyalarni ma'lum
darajada tartiblash maqsadga muvofiqdir.
Semantik to'rlar — ET da bilimni ko'rsatish formalizmidir. Unda uzoq muddatli
xotiraning strukturali modeli sifatida so'z ma'nosini tushunish modeli ko'rsatiladi.
Bu modelda uzoq muddatli xotira strukturalarini yozish uchun so'zlar orasidagi
semantik munosabatlarni ko'rsatish uch maqsadida turli xil struktura ishlatilgan. Bu
model tabiiy bilim va inson tilidan foydalanishni farqlaydi. Shuning uchun asosiy
g'oya obyektga tegishli bo'lgan sinf qiymatini, uning aks etishini yozish va obyekt
holatlarini ko'rsatuvchi so'zlar aloqasini o'rnatishdir. Namuna sifatida «choynak»
konseptual namoyishi uchun oddiy semantik to'rni ko'rish mumkin. Bu to'rda
qiymatlar yozilgan sinf, holat va misol deb ataluvchi munosabat operatorlari
aniqlanadi.
6-rasm. Semantik to'rning ko'rinishi
Semantik to'rni qurishda elementlarni aloqa sonida, holatida va to'rning
murakkabligida cheklanishlar bo'lmaydi.
Semantik to'rlarni hosil qilish uchun yana misollar ko'raylik:



Download 189.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling