Maxsuliy (produksiya) ekspert tizimlari taraqqiyoti va tadbiqlari Reja


Download 189.02 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/13
Sana16.06.2023
Hajmi189.02 Kb.
#1505050
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Mahsuliy produksiya ekspert tizimlari Ohunchonov V

7-rasm. Semantik to'rga misol
Obyektlar biror munosabat bilan bog'liq bo'lsa, ular yoylar bilan birlashtiriladi.
Bu munosabatlar quyidagilar bo'lishi mumkin:
— sinfning elementi bo'lishi mumkin — u obyektni shu sinfga kirishini
anglatishi mumkin.
M: Albatros qushlar sinfiga kiradi.
— ega bo'lmoq — obyektni qanday xossaga ega ekanligini ko'rsatadi.
M: Straus uzun bo'yinli.

miqdorga ega — bu obyekt xossalarining qiymatini anglatadi. 
M: Anvarning ikkita akasi bor.
8-rasm. Semantik to'rlarda munosabatlarni ifodalash

Keltirib chiqarish — keltirib chiqarishi sababini ifodalaydi.
Keltirilgan misollardan ham ko'rinib turibdiki, bilimlarni
semantik to'rlar orqali ifodalash juda qulay ekan. Biroq, to'rlarni bog'lovchi
munosabatlar va bilimlarni turli xilligi sun'iy intellekt masalalarini yechish
jarayonini murakkablashtiradi. Shuning uchun bilimlarni tasvirlashda iloji boricha
bir xillika erishishga harakat qilinadi.


EKSPERT TIZIMLARDAN FOYDALANISH
• Ekspert tizimlarni aniqlash
• ET ni qo'llash mezoni
• ET lardan foydalanish
• ET larni Ekspert insonlarga nisbatan yutuqlari
• ET turlari
EKSPERT TIZIMLARNI ANIQLASH
Ekspert tizimlar — bu sun'iy intellektning yorqin va tez rivojlanadigan
sohalaridan biridir.
ETlar maslahat beradi, tahlil qiladi, sinflarga ajratadi va diagnoz qo'yadi. Ular
odatda mutaxassis tomonidan ekspertiza o'tkazilib, yechiladigan masalalarga
yo'naltirilgandir. Protsedura tahlil ishlatadigan mashina dasturlaridan farq qilib,
ETlar deduktiv fikrlash asosida kichik predmet sohada masalani hal etadi, bu
tizimlar ko'pgina hollarda yaxshi tuzilmagan va aniqlanmagan masalalarning
yechimini topa olish bilan farqlanadi. Ular evristik qoidalar yordamida masalani
aniq bo'lmagan qismlarini mantiqan to'ldirishadi, bu esa kerakli bilimlar yoki vaqt
yetishmasligi bois butunlay tahlil qilib bo'lmaydigan tizimlarga juda ham to'g'ri
keladi.
ETlarning afzal shundaki, ular bilimlarni to'play olish, uzoq vaqt saqlash,
eskilarini yangilay olish kabi xususiyatlarga ega. Bu xususiyatlar ma'lum bir
korxonada ma'lum vaqtgacha mutaxas-sislarsiz, nisbatan mustaqil ishlash
imkoniyatini yaratadi. Bilimlarni to'plash, eng yaxshi va tekshirilgan yechimlarni
qoilab, korxonada ishlayotgan mutaxassislarning malakasini oshirish imkonini
beradi.
Sun'iy intellektning mashina sanoati va iqtisodda qo'llanishi ETlarga
asoslangan. Ular yordamida mahsulot sifatini oshirish va vaqtni tejash, shuningdek
ish unumi va mutaxassis malakasini oshirish yaxshi natijalar bermoqda.
Mahsulot tizimlari uchta asosiy komponentlardan iborat:
•Bilim bazalari yoki qoidalar to'plami;
•Ishchi xotira;
•Chiqarish mexanizmi.
Bu tizimda biror masala yechilganda: bilimlar bazasida kerakli qoidalar
to'planadi, muayyam masalaga taalluqli to'plangan bilimlar, qoidalar asosiy ishchi
xotirasida ishlanadi va yangi qonun-qoidalar natija sifatida chiqarish mexanizmi
orqali olinadi.
Odatda, logika masalalarini yechishda ikkita usul qo'llaniladi:
birinchi usulda ishchi xotiralardagi boshlang'ich informatsiyani olish, boshqa
yordamchi narsalardan foydalanib, qoidalarni qo'llash ishlari bajariladi. Bu usul
to'g'ri zanjirli fikrlash deyiladi.
Bilimlarga asoslangan tizimlar qo'llanilish sohasini bir nechta asosiy sinflarga
guruhlash mumkin:
Bular tibbiyot diagnostikasi, nazorat qilish va boshqarish, mexanika va elektr
qurilmalar diagnostikasi, o'qitish va hokazo.

Download 189.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling