Maxsuliy (produksiya) ekspert tizimlari taraqqiyoti va tadbiqlari Reja


ET LARNI EKSPERT INSONLARGA NISBATAN YUTUQLARI


Download 189.02 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/13
Sana16.06.2023
Hajmi189.02 Kb.
#1505050
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Mahsuliy produksiya ekspert tizimlari Ohunchonov V

ET LARNI EKSPERT INSONLARGA NISBATAN YUTUQLARI
ET lar ekspert-insonlarga nisbatan ma'lum yutuqlarga ega:
1.
Ular shoshilinch xulosa chiqarmaydi.
2. Bu tizimlar bir-biriga bog'liq holda ishlab, barcha fikrlarni qarab chiqib, eng
yaxshi natija beradiganini tanlaydi.
3.
Bilimlar ombori juda katta bo'lishi mumkin. Bir marta kiritilgan bilimlar,
mashina xotirasida abadiy qoladi. Inson esa cheklangan bilimlar omboriga
ega bo'lgani uchun, ko'p vaqt ishlatilmay kelgan ma'lumotlar esdan chiqib,
yo'qolib ketadi.
4.
ETlarning «shovqin»ga bardoshi yuqoridir. Ekspert masala yechimi bilan
umuman bog'liq bo'lmagan tashqi ta'sirlar ostida noto'g'ri fikrga kelishi
mumkin. Boshqa sohalardagi bilimlardan xabarsiz ETlar shovqinga
bardoshlidir. Vaqt o'tishi bilan bilimlarga asoslangan tizimlar foydalanuvchi
tomonidan bilimlar yozish va tarqatish usuli sifatida qaralishi mumkin.
Boshqa Komp’yuter dastur mahsulotlari kabi ETlar ham masala yechish
borasida insonning o'rnini bosa olmaydi, lekin masalani tez va samarali hal
etishi uchun mehnat quroli bo'lib xizmat qiladi.
5.
Bu tizimlar mutaxassis o'rnini bosa olmaydi, aksincha uning qo'lidagi qurol
bo'lib hisoblanadi.
ET TURLARI


1960—70-yillarda ishlab chiqilgan ETlar o'zlarining sohalarida klassik
hisoblanadi. Kelib chiqishi, ularning sohasi va qo'llanilgan fikrlar, usullari va
dastur ta'minotiga qarab, bir necha sinflarga bo'lish mumkin:
1.
META-DENDRAL. DENDRAL tizimi eksperimental ma'lumotlarga
(massa-spektrografiya, yadro magnit rezonansi va boshqalar) bog'liq holda
kimyoviy birikmaning tuzilishini mumkin bo'lgan holini aniqlaydi. META-
DENDRAL DENDRAL uchun bilimlar olish jarayonini avtomatlashtiradi va
kimyoviy birikma qismlarining tuzilish qoidalarini keltirib chiqaradi.
2.
MYCIN-EMYCIN-TEIREIAK-RUFF-NERMYCIN. Bular medisina
ET lari bo'lib hisoblanadi.
3.
PROKPEKTOR-KAK. PROKPEKTOR - geologik tahlil asosida yer osti
qazilmalarini topuvchi tizim. KAK esa PROKPEKTOR uchun bilim olish tizimi.
1.
CAKNET-EXPERT — ko'z kasalliklari diagnostikasi va ularning oldini
olish bo'yicha maslahat beruvchi ET dir. Uning asosida EXPERT bilimlar ishlab
chiqilib, uning yordami orqali bir necha medisina tizimlari ishlab chiqilgan.
4.
HEARKAY HEARKAY-2;HEARKAY-3;AGE – Bu qatordagi birinchi
ikkita tizim qo'shilib inson nutqi so'zlarini maxsus lug'at orqali aniqlovchi
intellektual tizimdir. Bu tizim original strukturasi, ya'ni e'lonlar taxtasi —
tizimning ayni vaqtdagi ishining natijalari, chuqur ma'lumotlar bazasini ifodalash
orqali ajralib turadi. Keyinchalik shu tizimlar asosida ETlarni yaratish uchun
HEARKAY-3 va AGE (Attemrt tr Generalize) instrumental tizimlari yaratildi.
5.
SM (Artificial Mathematician — Sun'iy Matematik) va EURIKCO tizimlari
Stenford Universitetida doktor D. Lenat tomonidan qidiruv va o'qitish
maqsadlarida ishlab chiqildi. Lenatning o'ylashicha, ETlar samaradorligi ulardagi
joylashgan bilimlarga bog'liq bo'ladi. Uning fikricha, tizim o'qitish qobilyatiga ega
bo'lishi uchun, unga 1000000 ga yaqin umumiy xarakterdagi ma'lumotlarni kiritish
kerak. Shuningdek, Lenat kichik bir sohani o'rganishga qaratilgan bilimlar hajmi
kichik ET larni yaratish maqsadga muvofiq emasligini ta'kidlaydi.
SM tizimiga 100 ga yaqin chiqish qoidalari va 200 dan ortiq matematik
nazariya va tasavvurlarni ko'ra oluvchi o'qitishning evristik algoritmlari jamlangan
edi. Boshidan tizim ishining natijalari yuqori baholandi. U natural qator va oddiy
sonlar tushunchalarini ifodalash imkonini berdi. Bundan tashqari, tizim Goldbax
gipotezasining varianti, ya'ni har qanday ikkidan katta juft sonni, ikkita oddiy
sonlar yig'indisi shaklida yozish mumkinligini sintezladi. Bu gipotezani to'g'riligi
yoki inkor etish kerakligi haligacha aniq emas. Tizimning keyingi rivojlanish
jarayoni to'xtab qoldi. Boshida namoyon etilgan matematik imkoniyatlarga
qaramasdan, tizim evristik qoidalarni keltirib chiqara olmasligi, faqat dastlabki
kiritilgan qoidalardan kelib chiqqan holda ish yuritishi aniqlandi.
EURIKCO tizimini yaratishda SM tizimida belgilangan kamchiliklarni yo'q
qilish usuli qo'llab ko'rildi. SM tizimidek EURIKCO yordamida olingan natijalar
yuqori baholandi. Shuningdek, EURIKCO juda qaltis o'yinlarda ishtirok eta olishi
ta'kidlandi. Uning yordamida AQSH ning harbiy dengiz floti tomonidan original
mo'ljallangan bosqichma-bosqich bajariladigan yurishlarga ega bo'lgan strategiya
ishlab chiqildi. Bu bosqichlardan biri yaroqsiz bo'lgan harbiy dengiz floti
kemalarini cho'ktirishdan iborat. Bunda butun qolgan kemalarga keng joy qoladi.


Ammo bir qancha vaqtdan keyin, tizim hamisha ham o'zidagi qoidalarni qayta
tuza olmasligi ma'lum bo'ldi. U faqat sutkaning ma'lum bir vaqtida
dasturlashtiruvchiga murojaat qilish kerak bo'lgan holda, bu qoidani qo'pol
ravishda buzadi. Shunday qilib, EURIKCO tizimi ham ishlab chiqaruvchi
tomonidan belgilangan chegaraga yetib, rivojlanishdan to'xtadi.
1990-yildan boshlab doktor Lenat bir guruh olimlar boshchi-ligida intellektual
tizimni yaratish uchun kerak bo'ladigan bir necha ming bilimlar elementlarini
kodlash va kiritish proyekti bilan mashg'ul bo'ldi. Bu proyekt Cyc deb atalgan (Cyc
«NHK» — inglizcha enciklipedia so'zidan).

Download 189.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling