Maxsuliy (produksiya) ekspert tizimlari taraqqiyoti va tadbiqlari Reja


Download 189.02 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/13
Sana16.06.2023
Hajmi189.02 Kb.
#1505050
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Mahsuliy produksiya ekspert tizimlari Ohunchonov V

Ekspert tizimlar — bu malakali ekspertlar darajasida foydalanuvchilar
qarorlarini tayyorlashning tor ixtisoslashtirilgan sohasida bilimlarni qayta ishlash
tizimlaridir.
ETlarga maslahat berish, tahlil qilish, konsultatsiya berish, diagnoz qo'yishdek
nozik masalalar yuklatilgan.
ETlarni sanoat korxonalarida qo'llash ish unumini va mutaxassislarning
malakasini oshirish imkonini beradi.
Bilimlarni to'plash va uzoq vaqt saqlash ETlarning eng muhim afzalligi
hisoblanadi. ETlar axborotlarga nisbatan obyektivdir. Bu o'z navbatida
o'tkazilayotgan tajriba sifatini oshiradi, juda ko'p bilimlarni talab qiladigan
masalalarni hal etishda xatolikning yuzaga kelishini kamaytiradi.
ET larni yaratilishida bir qator qiyinchiliklar vujudga keladi. Bu awalambor
foydalanuvchining ishlab chiqiladigan tizimga qanday talab qo'yilishini
bilmaganligidan kelib chiqadi. Shuningdek psixologik tartibda, ya'ni bilimlar
bazasini yaratishda ekspert «mashina mening o'rnimni egallashi mumkin» degan
asnoda ish tutib, bilimlar bazasini keng bo'lishiga intilmasdan, balki bunga


qarshilik qilishi mumkin. Lekin, bu qo'rqishlar asossizdir, chunki ET fikr yuritish
qobiliyatiga ega emasdir. Bu esa ular bilimlarini oshirish mumkin emasligini
ko'rsatadi. Keyingi vaqtlarda mustaqil o'qib, bilim olish imkoniyatiga ega bo'lgan
tizimlar ishlab chiqish ustida ishlar olib borilmoqda.
1-rasm. ESning umumiy strukturasi
Bu tizimda maqsadga erishish uchun qoidalar, faktlar, chiqarish mexanizmi va
ixchamlashlardan foydalaniladi. Umuman, masalalarni yechish uchun, cheksiz fakt
va qoidalar kerak bo'ladi. Agar, shunday tizim yaratilgan taqdirda ham uni bilimlar
bilan to'ldirishga uzoq vaqt talab etilgan bo'lar edi. Lekin, shu paytgacha mana
shunday informatsiyalarni o'zaro saqlovchi EHMlar mavjud emas, shuning uchun,
vaqtincha masalani muhim muammoli qismini ko'rish bilan chegaralanamiz.
SUN'IY INTELLEKTNING DASTURLASHTIRISHGA TA'SIRI
Biror bir masalani yechishda inson miyasi o'zida bor bilim-ning barchasini
ishga solmasdan, shu masalaga taalluqli bilimlar-nigina ishga soladi. Ma'lum bir
masalani echish uchun, anoanaviy yo'l bilan ham dastur (DASTUR) tuzish
mumkin yoki sun'iy inetellekt usulida ham dastur tuzish mumkin. Vaholanki,
sun'iy intellekt usulini qo'llash masalani yechishni ancha yengillashtirar va
tezlashtirar ekan. Tuzilgan dasturlarning alohida olingan qismi aniq bir ishni
bajaradi. Biroq sun'iy intellekt asosida tuzilgani alohida xususiyatga ega. U
xarakter jihatidan inson intellektiga yaqin, ya'ni ozgina o'zgartirishlar yoki ozgina
qism informatsiya dasturni butun strukturasini o'zgartirmaydi. Bu holat (гибкость)
dasturlash jarayonida yuqori samara beradi, dasturlash «tushunish» yoki «fikr»
qilish imkoniyatini beradi.
Sun'iy intellekt masalani yechish jarayonida inson fikriga tayanadi. Inson
miyasini ishlash prinsipi juda murakkab jarayon bo'lib, olimlar bu qiyin intellekt
mexanizmini o'rganishmoqda. Biroq, sun'iy intellekt tizimida dastur tuzish uchun
etarli bilimlar mayjud.
BILIMLAR BAZASI
Sun'iy intellekt sitemasida bilimlar bazasi muhim o'rin egallaydi. Shu sohaning
ilg'or mutaxassisi Stenford universiteti professori Edvard Feyganbaum bilimlar
asosida, Komp’yuter ga tuzilgan intellektual dastur juda qiyin bo'lib, bunda
ekspertga murojaat etishni ta'kidlaydi. O'zi sun'iy intellekt atamasi aniq bir
tushuncha bo'lmay, biz uni sinonimi sifatida «Ekspert tizimlar» va «Bilimlarga
asoslangan tizimlar» tushunchalarini ishlatamiz.



Download 189.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling