Maxsuliy (produksiya) ekspert tizimlari taraqqiyoti va tadbiqlari Reja


Download 189.02 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/13
Sana16.06.2023
Hajmi189.02 Kb.
#1505050
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Mahsuliy produksiya ekspert tizimlari Ohunchonov V



Maxsuliy (produksiya) ekspert tizimlari taraqqiyoti va tadbiqlari
Reja:
1. Sun'iy intellekt tizimlari
2. Bilimlarni tasvirlash modellari
3. ET lardan foydalanish
4.
ET larni yaratish. ET yaratish tillari
5. ET xususiyatlari
Sun'iy intellekt — bu inson o'y-fikrini Komp’yuter da aks ettiruvchi
dasturlar tizimidir. Bu kabi tizimlar yaratish uchun, aniq bir masalani yechuvchi
kishining fikr jarayonini o'rganish va shu asosda Komp’yuter tushunadigan tilda
dastur tuziladi. Bu sqhada asosan, «nima bo'ldi, agar» turdagi evristik
(noformallashgan) vazifalar jarayoni Komp’yuter da hal etiladi. Bunda asosiy
g'oya «qanday hal etish kerak» degan vazifani beruvchi eski formallashgan
algoritmlardan predmetli soha mutaxassislari tomonidan jamlangan bilimlar
bazasida «nimani hal etish kerak» degan mantiqiy dastur-lashtirishga o'tishdir.
Sun'iy intellektning (SI) intellektual xarakterdagi masalalar-ning yechilish
usullarini EHM yordamida o'rganuvchi fanning hayotda qo'llanib rivojlanib
borishidan ekspert tizimlar (ET) vujudga keldi. ET lar asosini predmet sohasi
ma'lumotlari haqidagi axborot kiritilgan bilimlar bazasi tashkil etadi. Bilimlarni ET
ga taqdim etishning ikki asosiy shakli: faktlar va qoidalar mavjud. Faktlar —
hodisa va jarayonlarning miqdoriy va sifat ko'rsatkich-larini qayd etadi. Qoidalar
— odatda sabab va oqibatlarni bog'lovchi mantiqiy sharoitlar ko'rinishidagi
faktlararo nisbatlarni bayon etadi.
SI tizimlari 40 yildan ko'proq tarixiy rivojlanish jarayonini boshidan
kechirgandir. Paydo bo'lishidanoq teoremani avtomatik isbotlash, mashina
tarjimasi (bir mashina tilidan boshqa tilga o'girish), tasvirlarni o'rganish va tahlil
qilish, robotlar ishini rejalashtirish, o'yinlar algoritmi va strategiyasi kabi
yechimini kutayotgan masalalarni qamrab olgan yechimni topish.

Download 189.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling