6-bosqich. Saqlab qo’yish. Uyga vazifa. O’tilgan mavzu bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalarni yanada mustahkamlashga yoki kelgusi dars uchun hozirlik ko’rishga qaratilgan, mustaqil bajarishga mo’ljallangan savol, mashq va topshiriqlar majmuasi.
Zamonaviy darsning tuzilishi
A. Didaktik tuzilishi:
1. Tayanch (avvalgi) bilimlarni va harakat usullarini faollashtirish.
2. Yangi tushuncha va harakat usullarini shakllantirish.
3. Bilimlarni qo’llash, bilish va ko’nikmalarni shakllantiri (maxsus takrorlash va mustahkamlash)
B). Darsning mantiqiy-psixologik tuzilishi.
1. Mahlum bilimlarni tiklash va idrok etish.
2. O’quvchilar tomonidan yangi bilimlarni anglash va utushnish.
3. bilim elementlari va harakat usullarini umumlashtirish.
4. bilim va yangi harakat usullarini namunadagidek hamda o’zgartirilgan sharoitlarda qo’llay olish.
V). Darsda izlash faoliyati bosqichlari.
1. Muammoli vaziyatni tashkil etish va muammoni qo’ya olish.
2. Taxminlar, farazlarni ilgari surish va ularni asoslash.
3. Farazlarni isbotlash.
4. Muammoning to’g’ri hal etilganligini tekshirish.
5. Xulosalarni shakllantirish.
6.Bilimlarni nostandart vaziyatlarda qo’llash.
G). Darsning motivlangan tuzilishi.
1. O’quvchilarni diqqatini tashkil etish va boshqarish.
2.Faoliyat mazmunini sharhlash.
Motivlangan holatlarni faollashtirish.
4.Qo’uvchilar bilan hamkorlikda darsning maqsadini belgilash.
5. Maqsadga erishishda yutuqli vaziyatlarni vujudga keltirish.
6. O’quvchilarning harakatlarini ijobiy his-tuyg’ular va o’ziga ishonchni qo’llab-quvvatlash.
D). O’quv faoliyati tuzilishi.
O’quv faoliyati = talab + motiv + o’quv harakatlari + o’zini-o’zi nazorat + o’zin-o’zi baholash.
E). Dars tipologiyasi.
1-tip. Yangi materialni o’rganish darsi
2-tip. Bilimlar, ko’nikmalarni qo’llash va mukammallashtirish darsi.
3-tip. Bilimlarni umumlashtirish va tizimlashtirish darsi.
4-tip. Bilimlar va ko’nikmalarni tartibga solish va nazorat qilish.
5-tip. Aralash dars.
Do'stlaringiz bilan baham: |