Mehnat ta’limini o`qitish texnologiyalari va loyihalashtirish kirish


Download 1.04 Mb.
bet60/85
Sana10.11.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1761811
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   85
Bog'liq
Limi vazirligi toshkent shahar xalq ta`limi xodimlarini qayta ta

«LOYIHALASH» metodi
Loyihalash metodi-bu O’quvchilarning individual yoki guruhlarda belgilangan vaqt davomida, belgilangan mavzu bo’yicha axborot yig’ish, tadqiqot o’tkazish va amalga oshirish ishlarini olib borishidir. Bu metodda o’quvchilar rejalashtirish, qaror qabul qilish, amalga oshirish, tekshirish va xulosa chiqarish va natijalarni baholash jarayonlarida ishtirok etadilar. Loyiha ishlab chiqish yakka tartibda yoki guruhiy bO’lishi mumkin, lekin har bir loyiha o’quv guruhining birgalikdagi faoliyatining muvofiqlashtirilgan natijasidir. Bu jarayonda o’quvchining vazifasi belgilangan vaqt ichida yangi mahsulotni ishlab chiqish yoki boshqa bir topshiriqning yechimini topishdan iborat. O’quvchilar nuqtai- nazaridan topshiriq murakkab bo’lishi va u o’quvchilardan mavjud bilimlarini boshqa vaziyatlarda qo’llay olishni talab qiladigan topshiriq bO’lishi kerak.
Loyiha o’rganishga xizmat qilishi, nazariy bilimlarni amaliyotga tadbiq etishi, o’quvchilar tomonidan mustaqil rejalashtirish, tashkillashtirish va amalga oshirish imkoniyatini yarata oladigan bo’lishi kerak.
O’qituvchi loyihalash metodini qo’llashi uchun topshiriqlarni ishlab chiqishi; loyiha ishini dars rejasiga kiritishi; topshiriqni o’quvchilarning imkoniyatlariga moslashtirib, ularni loyiha ishi bilan tanishtirishi; loyihalash jarayonini kuzatib turishi va topshiriqni mustaqil bajara olishlarini tahminlanishi lozim.
Loyihalash metodini nazariy bilimlarni berishda hamda o’quv amaliyoti darslarini o’tkazishda foydalanish mumkin.
«Loyihalash» metodining afzallik tomonlari:

  • O’quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatlarini oshishiga yordam beradi;

  • Mustaqil o’rganishning eng faol yo’li;

  • O’quvchilarda hamkorlikda ishlash ko’nikmasi shakllanadi.

«Loyihalash» metodining kamchiliklari:

  • Ko’p vaqt talab qiladi;

  • tanlangan mavzu o’quvchining bilim darajasiga mos kelishi talab etiladi.




Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling