Mehnat ta’limini o`qitish texnologiyalari va loyihalashtirish kirish


Download 1.04 Mb.
bet58/85
Sana10.11.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1761811
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   85
Bog'liq
Limi vazirligi toshkent shahar xalq ta`limi xodimlarini qayta ta

Ta’lim metodlarini tanlash
Ta’lim jarayonida samara beruvchi interfaol metodlarni tanlash vaqtida hisobga olish lozim bo’lgan ayrim jihatlarni ko’rib chiqamiz.
Metod tanlash nafaqat o’quv maqsadiga, balki o’quv material mazmuniga va bu fanning murakkabligiga bog’liq. Bundan tashqari metodlarni tanlashda o’quvchilarning soni, ularning o’quv imkoniyatlari, ta’limning davomiyligi, o’quv-moddiy sharoitlar va o’qituvchining mahoratiga va o’rganuvchilarni ehtiyojlariga ehtibor berish lozim.
Ba’zi metodlarni qo’llashda alohida sharoitlar talab qilinmaydi: kompg’yuter, maxsus kompg’yuter dasturlari, magnit doskasi, maxsus jihozlangan xona va h.k. Agar Siz, maxsus o’quv-moddiy sharoitlar talab qiladigan metodlardan foydalanmoqchi bo’lsangiz, ularni oldindan tayyorlab qo’yishingiz kerak.


Ta’lim vositalari
Ta’lim-tarbiya jarayonining sifati va samaradorligini oshirish ko’p jihatdan ta’lim vositalari bilan qay darajada ta’minlanganligiga bog’liq bo’ladi.
Ta’lim vositalari oltita turga bo’linadi:
1. Matnli vositalar; 2. Tasvirli vositalar;
3. Audio vositalar; 4. Yordamchi (jihoz) vositalar;
5. Modelli vositalar; 6. Real vositalar.
Ma’lumot olish va ma’lumotlarni qayta ishlash o’quv dasturlari, maxsus adabiyot (darslik)lar, tarqatma materiallar, imtihon va nazorat varaqalari yordamida amalga oshiriladi.
Tasvir va matnni yozish va saqlash uchun doskalar (oq doska, magnit doskasi), «Pinbord» doskasi, videoproektorlar, videoproektor doskasi, kodoskop, videomagnitafon, kamera, kompg’yuter, flipchartlardan foydalanish lozim.


SWOT –universal tahlil metodi haqida
Ushbu metod mukammal tahlil o’tkazish uchun qo’llaniladigan metodlardan biri hisoblanadi. Uning nomi inglizcha so’zlarning birinchi harfidan olingan bo’lib, Strengths – kuchli tomonlar, Wearnesses – kuchsiz tomonlar yoki zaiflik, O’’ortunetiss imkoniyatlar, Threats-tashqi muhitda mavjud xavf-xatarlar degan mahnoni bildiradi. Bu metod 1963 yilda Garvard universitetining professori Andryus tomonidan biznes siyosati muammolariga bag’ishlangan xalqaro konferentsiyada birinchi marta taklif etilgan. Dastlab bu metod mavjud vaziyat haqidagi bilimlarni tizimlashtirish maqsadida qo’llangan. U o’rganilayotgan obhekt, vaziyat yoki jarayonning kuchli va zaif tomonlarini aniqlash, shuningdek, obhektni o’rab turgan tashqi muhit bilan bog’liq xavf xatarlarni aniqlashni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan. Bu metodni ta’lim jarayonida qo’llash o’quvchilarda tahlil qilish va xulosa chiqarish ko’nikma va malakalarini shakllantirish va kengaytirishga xizmat qiladi.



Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling