Mehnat ta’limini o`qitish texnologiyalari va loyihalashtirish kirish


Loyiha asosida o`qitish bosqichlari


Download 1.04 Mb.
bet68/85
Sana10.11.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1761811
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   85
Bog'liq
Limi vazirligi toshkent shahar xalq ta`limi xodimlarini qayta ta

Loyiha asosida o`qitish bosqichlari.
Tayyorlov bosqichi: loyiha bilan tanishish; auditoriyadagi mashg`ulot vaqtida talabalar faoliyatini tashkil etish.
Loyihani bajarish bosqichlari: auditoriyadan tashqari faoliyat davrida.
Yakuniy bosqich: loyiha taqdimoti, loyiha va auditoriya mashg`ulotida talabalarning loyihalashtirish faoliyatini baholash.
Loyiha asosida o`qitishni boshqarish: auditoriyadan tashqari faoliyatda.
O`qitish modeliga qisqacha tavsifnoma.
Loyiha asosida o`qitish jarayonida quyidagilar qo`llaniladi:
o`qitish usullari:loyihalashtirish usuli, matn va axborot manbalari bilan ishlash, taqdimot;
o`qitish shakllari: ommaviy, alohida, guruhiy;
o`qitish vositalari: loyiha topshirig`i, uslubiy ko`rsatmalar, kompьyuter texnologiyalari.
Iqtisodiy islohotlar davrida xo`jalik yurituvchi sub’ektlar oldida turgan asosiy vazifa tanlangan faoliyat yuritish sohasining talablari va o`z manfaatlari doirasida sifatli, raqobatbardosh hamda nisbatan arzon mahsulot (ish va xizmat) larni iste’molchilarga yetkazib berishdan iborat. Bu esa korxonaning tanlagan strategiyasiga bevosita bog`liqdir. Ushbu strategiya korxonaning ish yuritish hamda hisobni tashkil etish usullaridan iborat bo`lib, uning maqsadga muvofiq shakllantirilishi ko`p jihatdan uni tuzish tartibi va tuzuvchilarning malakalariga bog`liq.
Hisob siyosati deganda, xo`jalik yurituvchi sub’ektning o`ziga xos xususiyatlarini inobatga olingan holda tuziluvchi o`z tarkibiga hisobni tashkil etish, yuritish va moliyaviy hisobotlarni tuzish uchun qabul qilinadigan usullarni jamlovchi rasmiy hujjat sifatida qaraladi.
Hisob siyosatida buxgalteriya hisobini guruhlarga ajratish va xo`jalik faoliyati dalillariga baho berish, aktivlar qiymatini aniqlash, hujjatlar aylanmasi, ishchi hisob-raqamlar rejasi, mol-mulkni ro`yxatga olishni tashkil etish usullari, hisob registrlari tizimi, axborotlarni qayta ishlash bosqichlari va korxona faoliyatiga daxldor bo`lgan o`ziga xos holatlar hisobini tashkil etish uslubiyatlari o`z aksini topishi lozim. Ammo, hozirgi kunda korxonalar tomonidan hisob siyosatini talab darajasida shakllantirish masalasiga yetarli e’tibor qaratilmayapti. Buning asosiy sabablaridan biri mutaxassislarda bu boradagi bilim va ko`nikmalarning yetishmasligi va hisob siyosatining ahamiyatiga to`laqonli tushunib yetishmayotganidadir.

Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling