Loyiha doirasida yechilishi kerak bo`lgan muammo korxonaning hisob yuritish tizimidagi o`ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda hisob siyosatini tuzish iborat.
Vazifalar:
1. Ishlab chiqarish sohasidagi kichik korxona uchun hisob siyosatini tuzish.
2. Xizmat ko`rsatish sohasidagi kichik korxona uchun hisob siyosatini tuzish.
3. Qishloq xo`jaligi sohasidagi kichik korxona uchun hisob siyosatini tuzish.
Loyihaning maqsadi (nima uchun yaratilayapti) tanlangan sohadagi kichik korxona uchun hisob siyosatini tuzish.
Loyihani amalga oshirishdan erishiladigan natija (loyiha mahsuli) korxona hisob siyosati.
Loyihadan foydalanuvchilar: ma’lum bir tanlangan soha korxonasining rahbari va bosh buxgalteri, moliyaviy hisob fanini o`rgatayotgan professor-o`qituvchilar, o`rganayotgan talabalar.
Loyihaning tarkibi: Sizga taklif etilayotgan ushbu tarkibiy tuzilish hisob siyosatining namunaviy shakldagi ko`rinishi bo`lib, uning shakllanishida har bir tanlangan yo`nalish korxonaning o`ziga xos xususiyatlarida o`z aksini topmog`i lozim.
Loyihalashtirish faoliyatini bosqichma-bosqich
bajarish uchun ko`rsatma
1. Tayyorlov bosqichi.
1.1. Loyiha mavzusini tanlang, dolzarbligini asoslang va yechishingiz kerak bo`lgan muammoni shakllantiring.
1.2. Loyiha maqsadi, predmeti, ob’ekti va vazifalarini belgilang.
1.3. Loyihalashtirish faoliyati turlari va yechilishi lozim bo`lgan topshiriqlarni tayyorlang. Ularni yechish usul va vositalarini tanlang.
1.4. Loyiha mavzusiga doir axborot manbalari bilan tanishing (me’yoriy hujjatlar, o`quv adabiyotlari, moliyaviy hisobotlar va boshqalar).
2. O`quv faoliyatini rejalashtirish bosqichi.
2.1. Maqsadga erishish ketma-ketligini ishlab chiqing.
2.2. Ish rejasini tuzing (loyihani ishlab chiqish, rasmiylashtirish, uni taqdimotga tayyorlash, hisobotni tuzish bo`yicha topshiriqlarni ishtirokchilar o`rtasida taqsimlang, ularni bajarish va tayyor holatga keltirish muddatini belgilang).
Do'stlaringiz bilan baham: |