Mehnat va unga haq to‘lash hisobi


Mehnatga haq to‘lashning tarifli tizimi


Download 288.41 Kb.
bet2/11
Sana16.04.2023
Hajmi288.41 Kb.
#1361469
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
5-Mavzu MEHNAT VA UNGA HAQ TO‘LASH HISOBI

Mehnatga haq to‘lashning tarifli tizimi

  • Tarifli tizimning elementlari
  • Mehnatga haq to‘lash shakllari

Tarifli tizimning elementlari

  • Tarifli tizimi - bu, mehnat sharoitlari va uning og‘irligi, ishlarni bajarishning tabiiy iqlim sharoitlari, mehnatning jadalligi va xususiyati inobatga olingan holda, mehnatga haq to‘lashni tabaqalashtirishni ta’minlashda foydalaniladigan me’yorlar majmuidir.

Quyidagilar mehnatga haq to‘lashning tarifli tizimini tashkil etuvchi asosiy elementlar hisoblanadi: tarif stavkalari va setkalari,

  • tarif stavkalari va setkalari,
  • tarif koeffitsientlari,
  • malakaviy-tarif ma’lumotnomalari,
  • ustama va boshqa qo ‘ shimcha haqlar.

Tarif stavkalari va setkalari

  • Tarif stavkasi - bu bir birlik ish vaqti uchun to‘lanadigan, pul shaklida ifodalangan mehnatga haq miqdori.
  • Ishchilarga mehnat haqi to‘lashda qo‘llaniladigan tarif stavkasi - bu bir birlik vaqt (soat, kun, oy) davomida bajarilgan ma’lum murakkablikdagi mehnat uchun mukofot miqdoridir. Bajarilayotgan ishning murakkablilik ko‘rsatkichi bo‘lib razryadlar hisoblanadi va ular asosida u yoki bu ish turiga tarif belgilanadi. SHu vaqtning o‘zida razryad ishchining malakasi ko‘rsatkichi vazifasini ham o‘taydi. Mehnatga haq to‘lash har doim bajarilgan ish razryadiga asosan amalga oshirilganligi uchun, ishchi tomonidan bajarilayotgan ish razryadi oshishi bilan uning mehnat haqi miqdori ham ortib boradi.
  • Bir oyga hisoblanganda nolinchi razryad tarif stavkasi miqdori qonunchilik bilan belgilangan eng kam ish haqi miqdoridan past bo‘lmasligi kerak. Bu tarif stavkasi ishchidan hech qanday malaka talab etmaydigan, eng oddiy turdagi mehnatga haq to‘lash uchun qo‘llaniladi.
  • Mehnatga haq to‘lashning vaqt birligi qilib soat, kun, oy tanlanishi mumkin. SHunga mos ravishda, tarif stavkasi soatlik, kunlik yoki oylik bo‘lishi mumkin. Ishchilar mehnatiga haq to‘lash uchun u yoki bu turdagi tarif stavkasini tanlash, bu korxonada qanday mehnat me’yorlari qo‘llanilishi bilan shartlanadi. Agar mehnat me’yorlari smenli topshiriq shaklida ifodalangan bo‘lsa, u holda unga haq to‘lash uchun kunduzgi tarif stafkalari qo‘llaniladi.
  • Oxirgi paytlarda mehnatni tashkil etish va unga haq to‘lash tizimida soatlik tarif stavkasi ahamiyati ortib bormoqda. Bu birinchidan, iqtisodiyotning ko‘pchilik tarmoqlarida mehnatga haq to‘lash soatlik stavkalar asosida amalga oshirilayotganligi; ikkinchidan, ayni soatlik tarif stavkasi asosida, ishchiga amaldagi qonunchilik bilan kafolatlangan (zararli mehnat sharoitlari tufayli qisqartirilgan ish vaqtida, ish vaqtidan tashqari ish bajarganligi uchun, kechki payt ishlaganligi uchun va hokazo) qo‘shimcha haq miqdorini aniqlanishi bilan tushuntiriladi.
  • Ish vaqtining jamlangan hisobini qo‘llovchi korxonalarda aniq bir ishchining o‘rtacha ish haqini hisoblash uchun foydalaniladigan o‘rtacha soatlik ish haqidan soatlik tarif stavkasini farqlash zarur.
  • Barcha turdagi tarif stavkalari (soatlik, kunlik va oylik) miqdori bajarilayotgan ish qiyinchilik darajasi, shuningdek sharoitlari va jadalliligiga bog‘liq holda oshib boradi.
  • Tarif stavkasi negizida rag‘batlantirish tizimi tashkil topadi. Ish haqiga mukofotlar, ustamalar, qo‘shimcha haqlar, tuman koeffitsientlari tarifga nisbatan foiz hisobida hisoblanadi.
  • Bajarilgan ishlar razryadidan kelib chiqqan tarif stavkalari miqdorlari orasidagi nisbat tarif setkasida har bir razryad uchun belgilangan tarif koeffitsientini qo‘llash yo‘li bilan aniqlanadi. Nolinchi razryad tarif koeffitsienti birga teng. Birinchi razryaddan boshlab u ortib boradi va tarif setkasida ko‘rsatib o‘tilgan oxirgi, eng yuqori razryad uchun o‘zining eng yuqori miqdoriga etadi. Birinchi va oxirgi razryad tarif koeffitsientlari nisbatini tarif setkasi diapazoni deb nomlash qabul qilingan.
  • Tarif setkasi - bu razryadlarga bo‘lingan jadval bo‘lib, ishchilarga bajarilayotgan ish murakkabligidan va ularning malakalaridan kelib chiqqan holda mehnatga haq to‘lash uchun tarif stavkasi miqdorini aniqlash imkonini beradi.

Download 288.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling