Mehnatga haq to‘lashning tarifsiz tizimi - Tarifsiz tizimini qo‘llaganda, ishchining ish haqi miqdori har doim bo‘limning yoki korxonaning yakuniy ish natijalariga bog‘liq bo‘ladi, chunki ish haqining umumiy fondi shu natijalarga muvofiq ravishda aniqlanadi.
- Tarifsiz tizimini qo‘llaganda mehnatga haq to‘lash miqdori, ish beruvchining yoki korxona mulkdorlarining imkoniyatlari hisobga olingan holda mehnatga haq to‘lash uchun yo‘naltirilgan mablag‘ hajmidan kelib chiqib aniqlanadi. Bunda ishchiga, faqatgina, uning oylik ish haqi miqdori (ish vaqti me’yori to‘liq ishlab berilgan va mehnat me’yori bajarilgan hollarda) amaldagi qonunchilik bilan belgilangan eng kam ish haqi miqdoridan past bo‘lmasligi kafolatlanadi.
Tarifsiz tizimlar jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin: - o‘zgaruvchan maoshlar tizimi,
- mehnatga haq to‘lashning komission shakli.
- O‘zgaruvchan maoshlar tizimi, mahsulotlarni ishlab chiqarish topshiriqlarini bajarishda ishchilar mehnat natijalariga (mehnat unumdoriligining ortishi yoki pasayishi, mahsulot (ish, xizmat) sifatining oshishi yoki pasayishi, mehnat me’yorlarini bajarishi yoki bajarmasligi va hokazo) bog‘liq holda, tarif stavkasi (lavozim maoshi)ga davriy o‘zgartirishlar amalga oshirishga asoslanadi.
- Mehnatga haq to‘lashning komission shakli, odatda, korxonaning tashqi iqtisodiy xizmati, sotish bo‘limi ishchilariga, reklama agentlariga va shu kabilarga qo‘llaniladi.
- Ishchilarning mehnatiga haq to‘lashni, ularning faoliyat natijalariga muvofiqlashtiradigan komission shaklining ko‘p turlari mavjud. Aniq bir usulni tanlash korxona qanday maqsadlarni mo‘ljallayotganligiga, shuningdek bozor hamda sotilayotgan tovar xususiyatlariga va boshqa omillarga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, agar korxona umumiy sotish hajmini eng yuqori darajaga etkazishga intilayotgan bo‘lsa, u holda odatda, komissionlar sotish hajmiga nisbatan belgilangan foiz ko‘rinishida o‘rnatilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |