Mehnat va unga haq to‘lash hisobi


Mehnatga haq to‘lash hisobi


Download 288.41 Kb.
bet8/11
Sana16.04.2023
Hajmi288.41 Kb.
#1361469
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
5-Mavzu MEHNAT VA UNGA HAQ TO‘LASH HISOBI

Mehnatga haq to‘lash hisobi

  • 21-son BHMSda korxona xodimlariga ish haqining barcha turlari: mukofotlar, yordam pullari, ishlayotgan nafaqaxo‘rlarga nafaqalar va boshqa shunga o‘xshash to‘lovlar bo‘yicha joriy qarzdorliklar hisobini yuritish uchun 6710 "Xodimlar bilan ish haqi bo‘yicha hisob-kitoblar" va 6720 "Deponentlashtirilgan ish haqi" hisobvaraqlar mo‘ljallangan.
  • 6710 "Xodimlar bilan ish haqi bo‘yicha hisob-kitoblar" hisobvarag‘ining kreditida hisoblangan mehnat haqi, davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha yordam pullari va boshqa shunga o‘xshash summalar, hisobvaraqning debetida - hisoblangan ish haqidan ushlanmalar aks ettiriladi.
  • 6720 "Deponentlashtirilgan ish haqi" hisobvarag‘ida olinmagan ish haqlari bo‘yicha ishchilarga qarzlar aks ettiriladi.
  • Deponentlar bilan hisoblashishlar hisobi, berilmagan ish haqi reestri ma’lumotlari asosida to‘ldiriladigan deponentlashtirilgan ish haqi kitobida yuritiladi.
  • 6710 "Xodimlar bilan ish haqi bo‘yicha hisob-kitoblar" va 6720 "Deponentlashtirilgan ish haqi" hisobvaraqlari tahliliy hisobi, korxonaning har bir ishchisi bo‘yicha ishchi va xizmatchilar shaxsiy hisobvaraqdan (T-54 va T-54a shakllar) foydalangan holda yuritiladi.
  • Eski hisobvaraqlar rejasi va 21-son BHMSining, xodimlar bilan mehnatga haq to‘lash va boshqa muomalarlar yuzasidan hisoblashishlar hisobvaraqlari va provodkalari o‘rtasidagi ahamiyatli farqlar quyidagilar:
  • xodimlarga mehnat haqini to‘lash bo‘yicha berilgan bo‘naklarni hisobga olish uchun mo‘ljallangan 4210 "Mehnatga haq to‘lash uchun berilgan bo‘naklar" aktiv hisobvarag‘i, shuningdek boshqa bo‘naklarni hisobga olish uchun mo‘ljallangan 4220 "Xizmat safarlari uchun berilgan bo‘naklar", 4230 "Umumxo‘jalik xarajatlari uchun berilgan bo‘naklar" va 4290 "Xodimlarga berilgan boshqa bo‘naklar" aktiv hisobvaraqlari alohida ajratib chiqarilgan;
  • xodimlarning boshqa operatsiyalar bo‘yicha qarzlarini hisobga olish uchun mo‘ljallangan aktiv hisobvaraqlar alohida ajratib chiqarilgan, jumladan: 4710 "Xodimlarning qarzga berilgan tovarlar bo‘yicha qarzlari" hisobvarag‘i, 4720 "Xodimlarga berilgan zayomlar (qarzlar) bo‘yicha qarzlari" hisobvarag‘i, 4730 "Xodimlarning moddiy zararni qoplash bo‘yicha qarzlari" hisobvarag‘i, 4790 "Xodimlarning boshqa qarzlari" hisobvarag‘i;
  • o‘z vaqtida berilmagan va deponentlashtirilgan ish haqini hisobga olish maqsadida 6720 "Deponentlashtirilgan ish haqi" passiv hisobvarag‘i alohida ajratib chiqarilgan;
  • shuningdek ta’sischilarning ustav kapitaliga qarzlarini hisobga olish 4610 "Muassislarning ustav kapitaliga badallar bo‘yicha qarzlari" hisobvarag‘i va ta’sischilar oldida qarzlarni hisobga olish 6610 "To‘lovga dividendlar" va 6620 "CHiqib ketgan muassislarga ularning ulushlari bo‘yicha qarzlar" hisobvaraqlari ajratib chiqarilgan.

Download 288.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling