Mehnat va unga haq to‘lash hisobi


Moddiy yordam va sovg‘alarni soliqqa tortish


Download 288.41 Kb.
bet11/11
Sana16.04.2023
Hajmi288.41 Kb.
#1361469
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
5-Mavzu MEHNAT VA UNGA HAQ TO‘LASH HISOBI

Moddiy yordam va sovg‘alarni soliqqa tortish

  • Moddiy yordam deganda xodimlarga to‘lanadigan, maqsadli xususiyatga ega bo‘lgan va xodimlar bilan yuz bergan muhim shaxsiy voqealar, hodisalar, tadbirlar taqozo qilgan pul mablag‘lari tushuniladi. Bunda ular kompensatsiya va mukofot to‘lovlari hisoblanmaydi, ushbu mablag‘larni oluvchilar tomonidan bajariladigan ish va uning natijalariga bog‘liq emas.
  • Ko‘pincha korxonalar o‘z xodimlariga, hodim uchun biron-bir ahamiyatli sana yoki moddiy qiyinchilik holati bilan bog‘liq moddiy yordam beradilar. Moddiy yordamni soliqqa tortishda O‘zR SKning 58-moddasiga asoslanish lozim bo‘lib, unda bir yil mobaynida berilgan moddiy yordam:
  • tabiiy ofatlar, boshqa favqulodda holatlar munosabati bilan beriladigan moddiy yordam summalari-to‘laligicha;
  • vafot etgan xodimning oila a’zolariga yoki oila a’zolari vafot etganligi munosabati bilan xodimga beriladigan moddiy yordam summalari-eng kam ish haqining o‘n baravarigacha miqdorda;
  • boshqa hollarda-eng kam ish haqining o‘n ikki baravarigacha miqdorda, summalari jami daromadga qo‘shilmasligi va soliqqa tortilmasligi belgilangan.
  • Bir yil mobaynida eng kam ish haqi miqdorining olti baravarigacha bo‘lgan summadagi korxona tomonidan o‘z xodimlariga berilgan qimmatli sovg‘alar ham soliqqa tortilmaydi.
  • Ko‘rsatilayotgan moddiy yordamning soliqqa tortiladigan qismini aniqlash maqsadida eng kam ish haqining oxirgi miqdori qo‘llaniladi. Yil mobaynida eng kam ish haqi miqdori o‘zgargan holatlarda, soliqqa tortiladigan summa o‘zgarishlarni hisobga olib tuzatishlar qilinadi.

Xodimlarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvarag‘iga badallarni hisoblash va to‘lash tartibi

  • Xodimlarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga majburiy har oylik badallar jismoniy shaxslarning qonun hujjatlariga muvofiq hisoblab chiqarilgan daromad solig‘ining tegishlicha kamaytirilgan summasi hisobiga xodimlarning hisoblab yozilgan ish haqi (daromadi)dan amalga oshiriladi.
  • Fuqarolarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga badallarni hisoblash maqsadi uchun xodimning ish haqi (daromadi) deb, jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliqqa tortilishi lozim bo‘lgan jami daromad tushuniladi.
  • SHJBPHga majburiy har oylik badallar miqdori xodimlarning hisoblab
  • yozilgan ish haqi (daromadi)dan 1 foiz miqdorida belgilandi.
  • Jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvarag‘iga ixtiyoriy badallar summasi jismoniy shaxslarning daromadlariga solinadigan soliq summasini kamaytirmaydi, balki nominal daromad hisobiga o‘tkaziladi. YA’ni SHJBPHga ajratma daromad solig‘i hisobiga emas, balki xodim olishi kerak bo‘lgan ish haqi hisobiga amalga oshiriladi.
  • Ixtiyoriy jamg‘arib boriladigan pensiya badallari badal kirituvchining tanloviga ko‘ra Xalq bankining istalgan filialiga kiritiladi, summa va kiritish davri cheklanmaydi.

SHJBPHga badallar bo‘yicha hisob-kitoblarning buxgalteriya hisobi


Download 288.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling