Mehnatga ishbay asosida haq to‘lash - Mehnatga haq to‘lashning ishbay shaklida, ish haqi haqiqatda bajarilgan ish (tayyorlangan mahsulot) uchun, bir birlik ishga to‘lanadigan amaldagi narxlar bo‘yicha hisoblanadi. Mehnatga ishbay asosida haq to‘lash, mehnatni tashkil etish usuliga bog‘liq holda individual va jamoaviy (brigada)larga bo‘linadi.
- Mehnatga ishbay asosida haq to‘lashning individual shaklida, ishchini uning mehnati uchun mukofotlash, to‘liq individual ravishda ishlab chiqilgan mahsulotlar soni, uning sifati va ishbay bahosiga bog‘liq.
- Mehnatga ishbay asosida haq to‘lashning jamoaviy (brigada) shaklida, butun brigadaning ish haqi haqiqatda bajarilgan ish hajmi va uning bahosini hisobga olgan holda aniqlanadi. Brigadadagi har bir ishchining ish haqi esa, butun brigada tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot hajmiga hamda ishchining umumiy hajmdagi ish miqdori va sifati ulushiga bog‘liq bo‘ladi.
Mehnatga haq to‘lashning ishbay tizimisi, ish haqi hisoblashning usuliga bog‘liq holda quyidagilarga bo‘linadi: - to‘g‘ri ishbay;
- ishbay-mukofot;
- ishbay-progressiv;
- bilvosita;
- akkord.
To‘g‘ri ishbay shaklida, ish haqi, o‘rnatilgan ishbay narxlar bo‘yicha haqiqatda bajarilgan ish (tayyorlangan mahsulot)ga muvofiq aniqlanadi.
Ishchiga ish haqini, mehnatga haq to‘lashning to‘g‘ri ishbay shaklida hisoblash - Mehnatga haq to‘lashning ishbay-mukofot shakli, mehnatga ishbay asosida haq to‘lashning nisbatan ko‘p tarqalgan tizimidir. Ishbay-mukofot shaklida, to‘g‘ri ishbay baholardagi ish haqidan tashqari, qo‘shimcha ravishda o‘rnatilgan ko‘rsatkichlarni (ish sifati, shoshilinchliligi, mijozlar tomonidan asoslangan shikoyatlarning yo‘qligi va hokazo) bajarganligi yoki oshirib bajarganligi uchun mukofot hisoblanadi. Mukofotlar ishbay ish haqi bo‘yicha haqiqatda ishlab berilgan vaqt uchun hisoblanadi.
Ishchiga ish haqini, mehnatga haq to‘lashning ishbay-mukofot shaklida hisoblash - Ishchilar mehnatiga haq to‘lashning ishbay-progressiv shaklida, o‘rnatilgan boshlang‘ich me’yor (negiz)lar chegarasida to‘g‘ri ishbay narxlarida, bu me’yordan ortiqchasi - oshirilgan narxlarda amalga oshiriladi. Ishbay baholarning oshishi, har bir holatda maxsus shkala bo‘yicha aniqlanadi. Masalan, boshlang‘ich me’yorni 1% dan 10 % gacha ortig‘i bilan bajarganda ishbay baho 30% ga oshadi, 10 dan 30% gacha - 50% ga oshadi va hokazo. Bu tizim bo‘yicha qo‘shimcha haqlar har xil usullar bilan belgilanadi. Quyidagi usullar nisbatan universal bo‘lib hisoblanadi:
- ish haqining, butun bajarilgan ish hajmi uchun to‘g‘ri baholarda hisoblangan qismini aniqlash;
- olingan kattalik ishlab chiqarish me’yorini oshirib bajarish foiziga va ishbay narxning oshish koeffitsientiga (koeffitsient amaldagi progressiv to‘lov shkalalaridan olinadi) ko‘paytiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |