Mehnat va unga haq to‘lash hisobi


Download 288.41 Kb.
bet3/11
Sana16.04.2023
Hajmi288.41 Kb.
#1361469
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
5-Mavzu MEHNAT VA UNGA HAQ TO‘LASH HISOBI

Tarif koeffitsientlari

  • 2008 yil 15 noyabrdan boshlab byudjetdan moliyalashtiriladigan muassasasalar, tashkilotlar va korxonalarning xodimlari mehnatiga haq to‘lash O‘zR VMning 2006 yil 26 oktyabrdagi 218-sonli Qarori bilan tasdiqlangan Yagona tarif setkasi (YATS)ga asosan amalga oshiriladi. U o‘z ichiga 22 tarif razryadini oladi va tarif koeffitsientlari orqali turli xil razryaddagi ish va ishchilar (malaka) o‘rtasidagi mehnatga haq to‘lash nisbatini namoyon etadi.

Mehnatga haq to‘lashning yagona tarif SETKASI


Mehnatga haq to‘lash razryadlari
0

Tarif koeffitsientlari
1,000

22

9,830

Malakaviy-tarif ma’lumotnomalari

  • Tarif-malaka ma’lumotnomalari xodim malakasiga qo‘yiladigan talablar ko‘rsatilgan asosiy ish turlarining to‘liq tavsifnomalarini o‘z ichiga oladi. Ular bajarilayotgan ish og‘irligini aniqlashda va unga mos razryadni belgilashda yagona mezonga amal qilish imkonini beradi.
  • YATMMda ishlarning tavsifi va uni bajaruvchi xodimlarga qo‘yiladigan talablar keltiriladi. Ma’lumotnomada har bir kasb bo‘yicha malaka razryadlarining soni ko‘rsatilagan, ularning har biri uchun uch bo‘limdan iborat: "Ish tavsifi", "Bilish shart", "Ish namunalari" malaka tavsifnomalari ishlab chiqilgan.
  • Ma’lum darajada og‘ir bo‘lgan ishlarni bajarayotgan (yoki bajara oladigan) ishchiga razryad belgilash masalasi, unga qo‘yiladigan talablarni hisobga olgan holda hal etiladi.
  • SHunga o‘xshash ma’lumotnoma - Xizmatchilar lavozimlari malaka ma’lumotnoma (XLMM) - mutaxassislar va xizmatchilarning lavozimiy majburiyatlari va malaka talablarini aniqlash uchun xizmat qiladi.

Ustamalar va qo‘shimcha to‘lovlar

  • Tarifli tizimida qo‘llaniladigan ustamalar va qo‘shimcha to‘lovlar, xodimning ish haqini tarif stavkasi miqdorida nazarda tutilmagan turli xil omillarni hisobga olgan holda individuallashtirish imkonini beradi. Bu bilan ular, xodimning tajribasini, uning uzoq uzluksiz mehnat stajini, kasbiy mahoratini, xorijiy tillarni bilishini, u tomonidan bajarilayotgan ishlarning muhimlilik darajasini, mehnatga munosabatini, mehnatning yuqori jadalligini (masalan, xodimning yo‘qligida kasbni, lavozimni, vazifalarni bajarishni birgalikda olib borish) yoki odatiy bo‘lmagan sharoitlarda ishlarni bajarishni (kechki payt, ish vaqtiga qo‘shimcha ravishda, dam olish yoki bayram kunlari va hokazo) hisobga olish imkonini beradi. Ustamalar va qo‘shimcha haqlarning alohida turlari qonunchilik bilan ko‘rsatib o‘tilgan va ish beruvchi xodimga ularni qonunchilik bilan o‘rnatilganidan kam bo‘lmagan miqdorda to‘lashni kafolatlashga majbur (kechki payt ishlaganligi uchun, uzoq muddat xizmat qilganligi uchun va hokazo). Boshqa ustama va qo‘shimcha haqlar ichki me’yoriy hujjatlar bilan ko‘rsatib o‘tiladi hamda ularning miqdori va belgilash shartlari odatda jamoa shartnomasi bilan aniqlanadi.

Download 288.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling