Ta’til muddatini hisoblash va vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasini to‘lash tartibi tartibi - Ta’tillarning muddati olti kunlik ish haftasi yuzasidan taqvim bo‘yicha ish kunlari bilan hisoblab chiqariladi.
- Ta’til davriga to‘g‘ri kelib qolgan va ishlanmaydigan kunlar deb hisoblanadigan bayram kunlari ta’til muddatini belgilashda hisobga olinmaydi.
- Yillik ta’tilning umumiy muddatini hisoblab chiqarishda qo‘shimcha ta’tillar yillik asosiy ta’tilga (shu jumladan uzaytirilgan ta’tilga ham) qo‘shib jamlanadi.
- Barcha hollarda qonun hujjatlari bilan belgilangan ta’tillarni jamlashda ularning umumiy muddati qirq sakkiz ish kunidan oshib ketishi mumkin emas.
- Ishlangan vaqtga mutanosib ravishda hisoblab chiqarilgan ta’til muddati, har bir to‘liq ta’til miqdorini o‘n ikkiga bo‘lib, so‘ng to‘liq ishlangan oylar soniga ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi. Bunda o‘n besh taqvimiy kunga teng va undan ko‘p bo‘lgan kunlar bir oy deb yaxlitlanadi, o‘n besh taqvimiy kundan kami esa chiqarib tashlanadi.
- Ta’til vaqtiga haq to‘lash summasini yoki foydalanilmagan ta’til uchun kompensatsiya to‘lovlarini olti kunlik ish haftasi uchun hisoblaganda, oyning o‘rtacha davomiyligi 25,4 kun deb olinadi.
- Xodim mehnat ta’tilida bo‘lganda tarif stavkalari, lavozim maoshlari miqdorlari oshgan hollarda mehnatga haq to‘lashning yangi shartlaridagi korxonaning ishlagan kunlariga to‘g‘ri kelgan ish kunlarining amaldagi soni uchun to‘lovlar qayta hisoblanadi.
- O‘rindoshlik asosida ishlovchi ishchilarga mehnat ta’tili asosiy ish joyidagi ta’til bilan bir vaqtda, o‘rindoshlik asosida ishlagan ish vaqtiga mutanosib ravishda ta’til vaqtiga haq to‘lash bilan beriladi.
- Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqalarini belgilash va to‘lash quyidagi hollarda amalga oshirilmaydi:
- ishdan yoki boshqa vazifalardan bo‘yin tovlash maqsadida o‘z salomatligiga ataylab ziyon etkazgan yohud o‘zini kasallikka solgan xodimlarga. Ularga ilgari to‘langan nafaqa sud qarori asosida undirib olinadi;
- giyohvandlik yoki mastlik bilan bog‘liq harakatlar oqibatida, shuningdek, spirtli va giyohvandlik moddalarini iste’mol qilish oqibatida boshlangan kasalliklar yoki jarohatlar tufayli vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik;
- jinoyat sodir qilish vaqtida olingan jarohatlar oqibatida boshlangan xodimlarning vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlikda;
- sud qarori asosida majburiy davolash vaqti uchun (ruhiy kasalliklardan tashqari);
- hibsda bo‘lgan davr uchun va sud-tibbiyot ekspertizasi vaqti uchun.
Do'stlaringiz bilan baham: |