Mexanika mashinasozlik fakulteti
Polimer materiallarning klasifikasiyasi
Download 422.14 Kb.
|
4. Maruza matni nometall fanidan
- Bu sahifa navigatsiya:
- Organik polimerlarga
2. Polimer materiallarning klasifikasiyasi
Polimer materiallar asosan: tarkibiga, makromolekula shakliga, fazoviy holatiga, bog‘lanish turiga va harorat ta’siriga nisbatan klassifikasiyalanadi. Polimerlar tarkibiga ko‘ra: organik, elementli organik va noorganik sinflarga bo‘linadi. Bunda eng salmokli xissani organik turdagi polimerlar egallaydi. Agar organik polimerning asosiy zanjirini faqat uglerod atomlari tashkil etsa, bunday polimetlarga korbozanjirli polimer deyiladi. Juft zanjirli polimerlarda uglerod atomlaridan tashkari boshka elementlarning atomlari ham katnashishi mumkin. Ular materialning xossalarini keskin ravishda o‘zgartiradi, masalan: makromolekula tarkibida kislorod atomining bo‘lishligi zanjirning bikrligini oshiradi, fosfor va xlor atomlari esa zanjirni olovgabardoshligini oshiradi, oltingugurt atomlari esa zanjirning gaz singmasligini oshiradi, ftor atomlari polimerga yuqori kimyoviy turg‘unlikni ta’minlaydi. Organik polimerlarga asosan kelib chiqishi turlicha bo‘lgan smolalar va kauchuk kiradi. Elementli organik birikmalar asosiy zanjiri noorganik elementlarning atomlari (Si, Ti, Al) va organik radikallar (SN3, S6N5, SN2) dan tuzilgan bo‘ladi. Undagi bu radikallar materialga yuqori mustahkamlik va bikrlik bersa, noorganik elementlarning atomlari unga yuqori issiqbardoshlik beradi. Shuni aytib o‘tish kerakki bunday birikmalar tabiatda uchramaydi. Bunday turdagi polimerlarga kremniy organik birikmalar misol bo‘la oladi. Noorganik polimerlarga asosan: selikatli shisha, keramika, slyuda va asbest kiradi. Bu birikmalarinig tarkibida uglerod atomlari bo‘lmaydi. Noorganik materiallarning tarkibini asosan: kremniy oksidi, alyuminiy oksidi, magniy oksidi, kalsiy oksidi va boshqa oksidlar tashkil etadi. Selikatlarda ikki turdagi bog‘lanish ya’ni: bo‘g‘indagi atomlar bir-biri bilan (Si - O) kavolent bog‘langan bo‘lsa, zanjirdagi bo‘g‘inlar bir-biri bilan ion bog‘langan bo‘ladi. Noorganik polimerlar yuqori zichligi, yuqori issiqbardoshligi bilan ajralib turadi. Ammo ulardan selikatli shisha va keramika juda yuqori mo‘rtlikka ega bo‘lib, tebranma va yunalishi o‘zgaruvchan yuklamalarga bardoshi juda past. Bulardan tashkari noorganik polimerlarga grafit ham kiradi, ammo ulardan farqli o‘laroq korbozanjirdan tashkil topgan. Polimer materiallardagi o‘ziga xos xossalari ularning makromolekulyar strukturasi bilan izohlanadi. Download 422.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling