Mexanika mashinasozlik fakulteti


Polimerlar makromolekulyar tuzilishiga ko‘ra


Download 422.14 Kb.
bet4/26
Sana05.02.2023
Hajmi422.14 Kb.
#1168113
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
4. Maruza matni nometall fanidan

Polimerlar makromolekulyar tuzilishiga ko‘ra: chiziqli, tasmali, fazoli yoki to‘rsimon turlarga bo‘linadi.
Chiziqli makromolekula zanjirga ega bo‘lgan polimerlar uzun chiziqli yoki spiralsimon arqonga o‘xshagan tuzilishga ega (1.1 – rasm, a). Bunda yuqori bikrlikka va mustaxkamlikka ega bo‘lgan makromolekula, zanjir bo‘ylab joylashgan bo‘lib, ular bir-biri bilan esa sayoz molekulyar bog‘ orqali bog‘langan. Bu esa materialga yuqori elastiklikni, qizdirilganda plastiklikni va sovuganda qattiq bo‘lishni ta’minlaydi (polietilen, polimid va bosh.). Chiziqli polimerning yana bir turi tarmoqlangan makromolekula zanjiriga ega bulib (1.1 – rasm, b) unda yon tomon tarmoklanish bor, bu esa uning yuqori zichlanishiga halaqit beradi (polizobutelen).

1.1 - rasm Polimerlarning makromalekula tuzilishi: a – chiziqli; b – tarmoqlangan; g – fazoviy yoki to‘rsimon; d – parketlangan.


Tasmali makromolekula zanjiriga ega bulgan polimerlar (1.1 – rasm, v) bir-biri bilan kimyoviy bog‘langan ikkita zanjirdan tashkil topgan u tasmani eslatadi. Ularda yuqori pishiqlikga ega bo‘lgan asosiy zanjiri bo‘lgani uchun nisbatan yuqori issiqqa bardoshli va juda pishiq material hosil qiladi. Ular standart organik erituvchilarda eriydi (kremniyorganik polimerlar).
Fazoviy yoki to‘rsimon makromolekula zanjirlar makromolekulalarning yon tomonlari bilan bir-biriga bevosita yoki boshka elementlar yoki radikallar orqali mustahkam kimyoviy bog‘lanishlar natijasida hosil bo‘ladi (1.1 – rasm, g). Ulanishda bevosita element yoki radikal orqali bog‘lanishlar natijasida har xil zichlikdagi to‘r hosil bo‘ladi. Siyrak zichlangan to‘rsimon zanjirga ega bo‘lgan polimerlar o‘zining erish xossalarini mutloka yuqotib, yuqori egiluvchan materialga (yumshoq rezina) aylanib qolishadi. Yuqori zichlangan to‘rsimon zanjirga ega bo‘lgan polimerlar yuqori qattiklikka, issiqqa bardoshli va erimaydigan bo‘lishadi. To‘rsimon sinfiga yana bir plastinkasimon polimerlar xam kiradi (1.1 – rasm, d) uning asosiy vakili grafit xisoblanadi. Tursimon makromolekula zanjiriga ega bo‘lgan polimerlar texnikada ishlatiladigan konstruksion nometal materiallarning asosini tashkil etadi.

Download 422.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling