Mexanika mashinasozlik fakulteti


Plastik massalarning issiqlikka ta’siri bo‘yicha guruxlarga bo‘lish


Download 422.14 Kb.
bet8/26
Sana05.02.2023
Hajmi422.14 Kb.
#1168113
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   26
Bog'liq
4. Maruza matni nometall fanidan

3. Plastik massalarning issiqlikka ta’siri bo‘yicha guruxlarga bo‘lish
Bog‘lovchi moddaning xossasiga ko‘ra (asosan issiklikga munosabati bo‘yicha) plastik massalar termoplastik – asosan termoplastik polimerlar asosli (issiklik ta’sirida yumshaydigan), va termoreaktiv – asosan termoreaktiv smolalar asosli (issiklikdan mutloka yumshamaydigan) plastik massalarga bo‘linadi.
Termoplastik plastmassalar qayta ishlashga qulay bo‘lib ularning qotishdagi o‘lcham kirishishlik darajasi 1 – 3 % tashkil etadi. Bundan tashqari ular yuqori bikrlikka, kam mo‘rtlikka va oriyentasion mustahkamlanish imkoniyatiga ega hisoblanadi. Aksariyat hollarda termoplastik plastmassalar to‘ldiruvchi qo‘shilmasdan xam ishlab chiqariladi (turli idishlar, bakalashkalar). Oxirgi paytlarda termoplastlarga turli mineral yoki sintetik tolalarni to‘ldiruvchi sifatida ko‘shish natijasida «orgonaplast» nomi bilan ataladigan materiallar ishlab chiqila boshlangan.
Trmoreaktiv plastmassalar shakllangandan keyingi qotish jarayonidan, ya’ni bog‘lovchi termostabil holatga o‘tgandan keyin buyumning o‘lcham kirishish darajasi 10 – 15 % ni tashkil etib juda mo‘rt bo‘ladi. Shuning uchun ularni mustahkamlash maqsadida to‘ldiruvchi qo‘shilishi kerak bo‘ladi.
Plastik massalar to‘ldiruvchi turiga ko‘ra: kukunsimon; tolasimon; qatlamsimon; gazsimon turlariga bo‘linadi. Kukunsimon to‘ldiruvchi sifatida yog‘och kukuni, grafit, talk, maydalangan qum, maydalangan shisha va shunga o‘xshash kukunsimon materiallar qo‘laniladi. Tolasimon to‘ldiruvchiga shisha, asbest metall yoki metal asosga ega qotishma tolalari va boshqa materiallar asosida olingan tolalar kiradi. Qatlamli to‘ldiruvchilarga yog‘och, asbest, ma’to shisha listlari kiradi. Gazsimon to‘ldiruvchilarga penoplast – ko‘pikdan tashkil topgan yoki paroplastlar – bug‘dan tashkil topgan turlari kiradi.
Plastmassalarni ko‘lanilishiga ko‘ra: 1 – yuklamali – konstruksion, friksion va antifriksion materiallar turlarga bo‘linsa, 2 – yuklamasiz – shaffof optik, kimyoviy turg‘un, elektr izolyasiyalovchi, issiqlik izolyasyalovchi, materiallar turlariga bo‘linadi. Ammo bu bo‘linish shartli ravishda chunki u yoki bu material ikkala hollarda ham aynan sanab o‘tilgan xossalarga ega bo‘lishi mumkin.
Plastmassalar kichik zichlikga 1 – 2 t/m3 egaligi, past 0,1 – 0,3 Vt/(m ∙ K) issiqlik o‘tkazuvchan, yuqori issiqdan, 10 – 30 barobar po‘latlarga nisbatan kengayish koeffsiyentiga, juda yaxshi elektr izolyasiyalash xossaga, yuqori kimyoviy turg‘unlikga, friksion va antifriksion xossalarga ega material hisoblanadi. Ba’zi plastmassalar mexanik xossasiga ko‘ra mustahkam po‘latlar bilan raqobatlasha oladilar. Bundan tashqari ular juda yuqori texnologik xossalarga egadirlar.
Plastik massalarning metall va qotishmalarga nisbatan asosiy kamchiliklariga ularning issiqqa bardoshligi, bikirligi, zarbiy qovushqoqligi pasligida, hamda ular vaqt o‘tish davomida eskiradi.

Download 422.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling