Mexanika mashinasozlik fakulteti


MA’RUZA №3 Mavzu: Plastik massalari


Download 422.14 Kb.
bet7/26
Sana05.02.2023
Hajmi422.14 Kb.
#1168113
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   26
Bog'liq
4. Maruza matni nometall fanidan

MA’RUZA №3
Mavzu: Plastik massalari
Ma’ruza rejasi:

  1. Plastik massalar.

  2. Plastik massalarning tarkibi, klassifikasiyasi va xossalari.

  3. Plastik massalarning issiqlikka ta’siri bo‘yicha guruxlarga bo‘lish.

  4. Termoplastik plastmassalar va ularning asosiy turlari.

  5. Qutubsiz termoplastik plastmassalar.



1. Plastik massalar
Plastik massalar deb: bitta suniy ravishda olingan organik polimerdan yoki br-nechta komponentli shuning bittasi bog‘lavchi organik polimer, ikkinchisi uni to‘ldiruvchisi bo‘lgan materialga aytiladi. Ular qizdirilganda (termoplastiklar kayta va kayta, termoreaktivlar fakat ilk bora) plastik holatga o‘tish qobiliyatiga ega bo‘ladilar. Shundan foydalangan holda ularga bosim ostida turli kerakli shakillar beriladi va kyeyinchalik sovishi natijasida shu berilgan shaklni saqlab kolishadi.
Materialdagi bog‘lovchi komponentining kelib chiqish tabiatiga ko‘ra shakllangan plastik massalar, qayta sovishi natijasida (termoplastik) yoki yana qizdirishni kuchaytirish natijasida qotishi amalga oshiriladi.
2. Plastik massalarining tarkibi, klasifikasiyasi va xossalari.
Plastik massalarning asosiy kompanenti bu bog‘lovchi modda hisoblanadi. Ko‘pchilik plastik massalar uchun bog‘lovchi modda sifatida sun’iy smolalar va organik polimerlar qo‘lanilsa, kam hollarda syeleyuloza efirlari qo‘laniladi. Aksariyat plastik massalar asosan termoplastik bo‘lib ular faqat bitta bog‘lovchidan tashkil topgan, misol: polietiyelen, organik shisha va shunga o‘xshashlar bo‘ladi.
Konstruksion maksadlarda ko‘laniladigan plastik massalarda bog‘lovchi modadan tashqari yana bir asosiy komponent bu to‘ldiruvchi (kelib chiqishi organik yoki noorganik bo‘lgan kukunsimon, tolasimon materiallar) hisoblanadi. To‘ldiruvchi komponent bog‘lovchi komponent bilan to‘la aralashtirilgandan keyin yarim plastik massa (xamrga o‘xshash) mahsuloti hosil bo‘ladi, keyinchalik ularga kerakli shakl berilishi natijasida tayyor plastik massadan yasalgan buyum hosil bo‘ladi.
Materialdagi to‘ldiruvchi –plastik massalarni mexanik xossalarini oshiradi, shakllangan buyumni qotish jarayonida o‘lcham o‘zgarishlarni kamaytirad va materialga, turli u yoki bu xossalarga ega bo‘lishligini ta’minlaydi. Bundan tashqari plastik massalarga texnologik jarayonni, ya’ni bosim bilan ishlashni yengillashtirish maqsadida ularga plastifikator deb nomlangan turli moddalar, jumladan: olin kislatasi, sterin, dibutilftalat hamda shunga o‘xshagan moddalar; tez kotishi uchun qotiruvchi, plastik massalarni shakllashdan oldin qotib qolishligini oldini olish maqsadida –sekinlatuvchi yoki strukturadagi kerakli kimyoviy reaksiyani tezlatish maqsadida katallizatorlar; buyumlarga rang berish maqsadida ranglovchilar qo‘shilishi mumkin.
Plastik massalarning xossalari asosan ularning tarkibidagi komponentlar miqdori va ularning bir-biriga bo‘lgan nisbatlari bilan belgilanadi. Bu esa materialdagi komponentlar nisbatlarini o‘zgartirish orqali ularni xossalarini keng chegaralar qiymatlarida o‘zgartirish imkoniyatini beradi.

Download 422.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling