Mexanika mashinasozlik fakulteti


Polimerlar fazaviy holatiga ko‘ra


Download 422.14 Kb.
bet5/26
Sana05.02.2023
Hajmi422.14 Kb.
#1168113
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
4. Maruza matni nometall fanidan

Polimerlar fazaviy holatiga ko‘ra: ammorfli va krisstalli polimerlar turiga bo‘linadi.
Ammorf polimerlar bir fazali makromolekula zanjir o‘ramlardan tashkil topgan. Bu o‘ram esa ketma-ket bir-biriga taxlangan makromolekulalar qatorlarini xosil qiladi. o‘ramlar ularni bog‘lab turgan elementlarga nisbatan harakat qilish imkoniyatiga ega, chunki ular shu strukturaning qismlaridir.
Kristallik polimerlar agar ularning makromolekulalari kerakli darajada bikrlikka va bir xil strukturaga ega bo‘lsa, kristall fazalar hosil bo‘ladi. Bunda o‘ramlari ichida bir fazadan ikkinchi fazaga o‘tish va shu bilan birga fazoviy kristall panjara hosil bo‘ladi. kristallik darajasi yukori bo‘lgan polimerlarning mustaxkamligi yukori bo‘ladi
3. Polimerlarni molekulyar bog‘lanishiga ko‘ra turlarga bo‘linishi
Polimerlar bog‘lanish turiga ko‘ra: qutubli va qutubsiz bog‘langan polimerlarga bo‘linadi. Polimerlarning qutubli yoki qutubsiz bog‘langanligi ularning tarkibida –«Dipollar» bo‘lishligi bilan aniqlanadi, Dipol deganda – bir-biriga birikkan atomlarning markaz nuqtasi qay tamonga siljiganligini ko‘rsatadigan tushuncha. 1.2 - rasmda elementlarning qutubli va qutubsiz bog‘lanish sxemasi keltirilgan.

1.2. – rasm. Elementlari qutubsiz (a) va qutubli (b) bog‘lanish sxemasi
Polimerlarning qutubli bog‘lanishining birinchi sharti ularning tarkibida: xlor – Cl, ftor – F, yoki gidroksil – ON bo‘lishligi shart; ikkinchi sharti ularning bog‘lanishlarida nosimmetriya bo‘lishligi kerak.
Polimerlarning qutubsiz bog‘lanishlari kamaya boradi: C – H < C – N < C – O < C – F < C – Cl, oxirgi birikish nopalyar bog‘lanishga olib keladi.
Uglerod-vodorod asosli qutubsiz polimerlar yuqori sifatli delektriklar xisoblanadi, ular yuqori sovuqqa bardoshligi bilan ajralib turadi. Qutubli bog‘langan polimerlar juda pishiq, issiqbardosh bo‘lsalarda ular sovuqqa bardoshli bo‘lmaydilar.
Polimerlar harorat tasiriga ko‘ra termoplastik va termoreaktiv polimerlarga bo‘linadi.
Termoplastik polimerlar qizdirilganda juda bo‘shashib plastik holatga o‘tadilar, agar qizdirish yanada davom etirilsa ular eriy boshlaydilar, harorat pasaytirilsa yana o‘z holatiga qaytib qattik bo‘lib qoladilar. Bu jarayon qayta takrorlanuvchan bo‘ladi. Bunday polimerlarning struktura zanjirlari chiziqli yoki tarmoqli bo‘ladi.
Termoreaktiv polimerlar ilk bora (buyumlarni ishlab chikarish) qizdirilganda chiziqli zanjirga ega bo‘lgani uchun yumshab plastik holatga o‘tadi va ularda kimyoviy jarayon boshlanadi, buni natijasida chiziqli zanjir fazoviy zanjir turiga aylanadi va qattiq holatga o‘tishadi. Bu jarayon qaytmas jarayon bo‘lib qayta qizdirish termoreaktiv polimerlarga ta’sir qilmaydi, juda yuqori haroratlargacha qizdirilsa ular kimyaviy parchalana boshlaydilar.



Download 422.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling