Microsoft Word mumtoz faylasuflar hikmati ziyouz com doc


Golbax «Tabiat tizimi» asarini do‘stlari davrasida vasiyatnoma deb atagan


Download 264.58 Kb.
bet99/115
Sana25.02.2023
Hajmi264.58 Kb.
#1229839
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   115
Bog'liq
Saida Jo\'rayeva. Haqiqat manzaralari. 96 mumtoz faylasuf

Golbax «Tabiat tizimi» asarini do‘stlari davrasida vasiyatnoma deb atagan.
Olim o‘zi asarlar yozibgina qolmay, o‘zi sevgan kitoblarni to‘plagan, avaylab saqlagan. Uning shaxsiy kutubxonasida 2777 jild kitob bo‘lgan. 1770 yilda Golbaxning «Tabiat tizimi», «Nasroniylikning fosh etilishi» va «Tabarruk maraz» asarlari Parij parlamenti tomonidan yoqishga hukm qilindi, chunki ularda dahriylik ruhidagi fikrlar bor edi. Olimning e’tiqodiga ko‘ra, inson tabiatning bir bo‘lagi, shuning uchun ham faoliyati tabiat qonunlariga bo‘ysunadi. Faylasuf shunga ko‘ra insonning biri ikkinchisiga qarama-qarshi turgan, ikki xil mohiyatga ega bo‘lgan diniy qarashlarini tanqid qiladi.

  • 60 *

Inson - tabiat mahsuli.

  • * *

Inson o‘zini tabiatning imtiyozli mavjudoti deb bilishi uchun hech qanday asos yo‘q. Zotan, u ham tabiatning boshqa mahsullari kabi beqarorlikka mahkum etilgan. Uning soxta ustunligi zamirida faqat adashish yotadi. Inson o‘zi makon etgan yer kurrasi uzra fikran yuksaklikka ko‘tarilib ko‘rsin-chi. Shunda u odamzotga xuddi boshqa hamma mavjudotlarga qaragandek qaraydi. Har bir daraxt o‘ziga xos meva bergani kabi har bir inson ham o‘zining alohida quvvatiga xos ravishdagi harakatlari yoki qilmishlari mevasini berayotganini ko‘radi. Hamda o‘zining o‘rnini qayta baholashga undayotgan puch xayolligini inson bir vaqtning o‘zida ham Koinot kuzatuvchisi, ham Koinotning bir bo‘lagi ekanligi tufayli paydo bo‘lganini anglaydi.

  • * *

Biz sababi o‘zimizga noma’lum bo‘lgan, bilimsizligimiz hamda tajribasizligimiz tufayli avvaldan ko‘rib bo‘lmaydigan narsalarni tasodifiy hodisalar deb ataymiz.

  • * *

Jamiyatlar ham tirik organizmlar kabi inqirozlar, aqlsizlik lahzalari, inqiloblar, hayotiy o‘zgarishlarni boshidan kechiradi, ular ham tug‘iladi, o‘sadi, o‘ladi, sog‘lomlikdan bemorlik sari, bemorlikdan salomatlik sari yuz tutadi va nihoyat, barcha inson zoti kabi bolalik, yoshlik, yetuklik, keksalik bosqichlaridan o‘tib, o‘limga ro‘baro‘ bo‘ladi.
Inqiloblar va ijtimoiy bo‘hronlar jamiyat uchun kulfat, albatta. Shu bois jamiyat ularni mustaqillik va bardavom farovonlikka erishish yo‘lidagi muqarrar, lekin muvaqqat bosqich sifatidagina qo‘llashi mumkin.

  • 61 *

Kuch bilan o‘rnatilgan hukumat kuch bilan saqlab turiladi.

  • * *

Baxtli bo‘lmoq uchun davlatmandlikning o‘zigina kifoya qilmaydi. Buning uchun boylikdan foydalanishni ham uddalash kerak.

  • * *

Bu olamda ro‘y bergan eng yirik voqealar asosida yotuvchi istaklar aql ko‘zi bilan qaraganda arzimas bo‘lib tuyuladi. Ko‘pincha axloq xususidagi bahslar, bolalarcha injiqliklar, ixtiloflar, qandaydir vazir yoki xonimning yomon kayfiyati, elchining surbetligi, qaroqchining qo‘polligi, noto‘g‘ri qabul qilingan so'z - mamlakatda urush olovini yoqish uchun kifoya qiladi.

  • * *

Erishilgan narsalar ularga sarf etilgan quvvat va xarajatlarni qoplaganini kamdan-kam hollarda ko‘rish mumkin. Hukmdorlarning siyosati odatda katta sarf-xarajatlar evaziga mayda narsalarga erishish bilan chegaralanadi.

  • * *

Bolaligidanoq o‘zining noto‘g‘ri fikrlari izmida bo‘lgan, mutaassiblikka mukkasidan ketgan odamlar ko‘zlaridagi jaholat pardasini saqlab qolishni muhim deb hisoblashadi va ularning ko‘zini ochishga uringan kishilar bilan kurashishadi. Agar zulmatga o‘rganib qolgan ko‘zlari bir lahza yorug‘likni ko‘rgudek bo‘lsa, bundan azob chekishadi va g‘azab bilan mash’al tutgan kishilarga tashlanishadi.
KANT IMMANUIL
(1724-1804)

Download 264.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling