104
Oliy o‘quv yurti bu – hayot maktabi ekanini unutma. Sen bu yerda har
bir qadaming uchun o‘zing mas’uldirsan. Mustaqil ta’lim
sening eng muhim
faoliyatingga aylanishi kerak.
Maktabda o‘qituvchini diqqat bilan tinglab, to‘rtinchi betdan o‘ninchi
betgacha bo‘lgan mavzuni o‘qib, konspektlashtirib,
uni yoritib berolsang,
berilgan vazifani to‘liq bajargan hisoblanar eding. Universitetda sen bilim
olish bilan birga ilm dargohiga ham kirib kelding. U yerni o‘rganish, uni zabt
etish faqat sening qo‘lingda. O‘qituvchining vazifasi senga yo‘llanma berish,
ilmga olib kirish bo‘lsa,
izlanish, o‘qish, o‘rganish, mushohada qilish esa
faqat sening vazifang. Ha, to‘g‘ri o‘ylading, bu juda mashaqqatli mehnat.
Uqib ol: mustaqil ta’lim – oliy o‘quv yurti talabi.
1. Qaysi qatorda shaxsni ta’kidlash ma’nosi mavjud?
A. o‘z uyim, o‘z vatanim, barcha insonlar
B. men o‘zim, sen o‘zing, u o‘zi
C. otam-ku, sen-chi, menmi
D. sengina, faqat u, bolagina
2. Jamlash, umumlashtirish ma’noisini ifodalovchi so‘zlar qatorini
toping.
A. hamma, bari, barcha, jami
B. har kim, ba’zi, har nima
C. hech kim,
hech nima, hech qachon
D. biz, o‘zimiz, sizlar
Do'stlaringiz bilan baham: