Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc
Download 5.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Shaytanat 4- kitob (2)
www.ziyouz.com kutubxonasi
15 o‘tiring», deb qo‘ydi-da, o‘qishni davom ettirdi. Zohid salomining javobsiz qolganidan, bunday sovuq tarzdagi muomaladan bir oz og‘rindi. Prokuror qo‘lidagi «Ish»ni oxirigacha o‘qib tugatmaguniga qadar boshini ko‘tarmadi. O‘n besh daqiqa shu zaylda, sovuq sukut hukmida o‘tdi. Prokuror so‘nggi sahifani o‘qib bo‘lgach, «Ish»ni yopdi-da, sovub qolgan qahvadan bir ho‘pladi. Keyin Zohidni ajablantirgan holda o‘rnidan turib u bilan ko‘rishdi. So‘ng hozirgina o‘qib tugatgan «Ish»ni Zohidga uzatdi: — Bu ishni o‘zimiz yuritmasak bo‘lmaydi. Militsiya achchiq ichakdek cho‘zib yubordi. Ishni cho‘zgan ularu gapni men eshitaman. Diqqat bilan o‘qib chiqing. «Ish» nihoyatda chigal. Gumondagi ikki kishi sakkiz oydan beri o‘tiribdi. «Ugro»da ishlaganingiz uchun bu «Ish»ni sizga ishonyapman. Tezlating, ammo... shoshilmang. Tushundingiz-a? Bu «Ish»ga tegishli hamma masalani faqat men bilan birga yechasiz. Prokuror shunday degach, yana o‘rnidan turdi-da, ham muvaffaqiyat tilash, ham xayrlashish maqsadida qo‘l uzatdi. Zohid xonasiga qaytib, «Ish»ni varaqladi. Sakkiz oy muqaddam yo‘qolgan beton zavodi direktorining murdasi Bo‘zsuv to‘g‘onidan topilganini eshitgan edi. Beton zavodi direktori Mavlon Shokarimov vino zavodi boshqoni Qilich Sulaymonov kabi shaharga dong taratgan bo‘lmasa-da, bekorga o‘ldirilmagani aniq edi. Shokarimov biron kishining shaxsiy g‘arazi qurboni bo‘lgani yo tasodif bilan o‘lganmi yoki biron to‘daning g‘ashiga tegib qo‘yganmi? To‘daning... Qaysi to‘daning? Dastlabki savollar girdobi Zohidni o‘ziga torta boshladi. «Qotil» deb emas, «Qotillikka dahldor», deb qamoqqa olinganlardan biri Shokarimovning haydovchisi Eshpo‘latov, ikkinchisi esa o‘ynashi Zaripova edi. Shokarimovning uyi shahardan yigirma besh chaqirim narida ekan. Shaharning kunbotar tomonidagi yangi uyda o‘ynashi yashagan. Eshpo‘latov xo‘jayinini oxirgi marta shu uyga olib borgan. Avvallari yarim kechagacha bo‘lsa ham shu yerda kutgan ekan. Oxirgi safar Shokarimov unga «Sen ketaver, ertalab shu yerga kelasan», degan. Eshpo‘latov aytilgan vaqtda kelgan, bir soat kutgan. So‘ng yuqoriga ko‘tarilib, eshik qo‘ng‘irog‘ini bosgan. Zaripova eshikni darrov ochmagan. «Akang kecha kelmaganlar» deganu eshikni yopgan. Eshpo‘latov ichkarida bir erkakni ko‘rgan. Hayron bo‘lib zavodga borgan. Xo‘jayin yo‘q. Uyga borgan — xo‘jayin yo‘q. Kechgacha zavodda kutgan. Keyin uyiga borib xabar bergan. Zaripova avvaliga «hech qanaqa Shokarimovni tanimayman», deb o‘ynashidan tongan. Keyin «ba’zi-ba’zida kelib turardilar, ammo oramizda hech gap bo‘lmagan, o‘sha kuni kelmaganlar», degan. Ertalab uyida erkak borligini ham rad etgan. Tergovchi ham bu dalilga nechundir e’tiborsiz qaragan. «Demak, mashinadan tushgan, yo‘lakka kirgan, uyga esa chiqmagan. Yo‘lakda birov kutib turganmi, yo‘lakda o‘ldirganmi?» Zohid sakkiz oy mobaynida yechilmagan masalaga bir onda oydinlik kirita olmas edi. Uni chulg‘ayotgan savollar militsiya xodimlarini ham gangitgan, masalaning turli yechimlarini izlab ko‘rishgan, ammo boshi berk ko‘chada tentirashdan o‘zga chorani topa olishmagan edi. Xufton qorong‘uligi hukmi ostidagi sovuq shamol deraza tirqishlaridan bemanzirat kirib turgan damda Zohid «Ish»ni uchinchi marta o‘qib o‘tirgan edi. Shahar militsiyasi tergovchisining aybi yoki loqaydligi tufayli yo‘l qo‘yilgan xatoni aniqlay olmadi. Zohid «Ish»ni olib borgan tergovchini tanir edi. Mayor Soliev bilan ko‘p yillardan beri hamkorlikda xizmat qiluvchi bu tajribali tergovchi uddasidan chiqolmagan ishni Zohid eplay olarmikin? Uyga qaytayotgan Zohidni shu savol ham o‘ylantirdi. Tongda idorasiga o‘tmay, ishni shu tergovchi bilan gaplashishdan boshlashga qaror qildi. Shahar ichki ishlar boshqarmasida qandaydir besaranjomlik mavjudligini Zohid navbatchi xonasiga kirganidayoq sezdi. Zohid avvaliga mayor Solievni so‘radi. Navbatchi qisqagina qilib «yo‘qlar» dedi-yu, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling