Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc
Download 5.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Shaytanat 4- kitob (2)
www.ziyouz.com kutubxonasi
12 g‘alati tuyuldi. «Nega darrov qasam ichdim. Nega o‘zimni oqlashga urindim?» deb g‘ashlandi. «Qo‘rqoq, oldin musht ko‘tarar» deganlari kabi xatoga yo‘l qo‘yganini fahmlab, qafasdan chiqish yo‘llarini izlay boshladi. Agar Asadbek shu yerda bo‘lganida yonida turib, bir-ikki gaplar bilan yumshatishga harakat qilarmidi... Shunday o‘ylardi-yu, ammo Asadbekni qanday gaplar yumshata olishi mumkinligini bilmas edi. Shuning barobarida darg‘azab xojasining qayda qolganini yoki qayga jo‘naganini ham bilmasdi. Kesakpolvon beo‘xshov pildirak kabi xizmat qilib yurgan Xumkallani ko‘zi bilan imlab, mashinasi tomon yurdi. Xumkalla hayallamay, tezgina yaqinlashdi. — Bek akang ko‘rinmay qoldi-ku? — dedi Kesakpolvon labiga sigaret qistirib. Xumkalla cho‘ntagidan chaqqonlik bilan yoqqich olib unga olov tutdi: — Jalilxon akamiz bilan billashib moshinaga o‘tiruvdilar. Keyin bilmadim, hayronman, qayoqqa ketishdiykin? — dedi. — Bu akangni nima deb chaqiruvding? — Kesakpolvon unga o‘qdek ko‘zlarini qadadi. — Bek akam chaqiryaptilar, tez yetib keling, dedim. — O‘ziga aytganmiding? — O‘zlari hali kelmagan ekanlar, o‘g‘illariga ta-yinlovdim. Og‘zimga ro‘molcha tutib gapirdim, meni tanimadi. — Hayvon! — Kesakpolvon shunday deb barmoqlari orasida tutayotgan sigaretni uning yuziga otdi. Xumkalla bir seskanib, orqasiga tislandi. Atrofda odamlar bo‘lmaganida uch- to‘rt tepki mazasini totib ko‘rmog‘i tayin edi. — Hayvon, yo‘qol! — dedi Kesakpolvon. U ham Asadbek kabi g‘azab bilan gapirdi. Xumkalla shoshib iziga qaytdi-yu, «yo‘qol!» degani oddiy haydash emas, balki hukm ekanini fahmlamadi. Kesakpolvon Asadbekning nima uchun darg‘azab bo‘lganini endi tushundi. Xojasining yuragini bir-ikki gap bilan yumshatish mumkin emasligini ham angladi. Shu paytga qadar Asadbek bilan necha marta xafalashgan, arazlashgan bo‘lsa, bularning barchasi holva ekani, qabr tepasida aytilgan gaplar til uchida emas, yurak qa’ridan otilib chiqqanini ham fahmladi. Yarim tunda Moskvaga, Xongireyga qo‘ng‘iroq qilib «Mahmud tinchidi» deb suyunchilaganda bo‘lajak xojasining «ehtiyot bo‘l, o‘zing ham tinchib qolmagin», degan ogohlantirishini esladiyu eti bir seskandi. Bu seskanish yengil qo‘rquvning zarbidanmi edi yo ivigan paltosidan o‘tib badaniga sanchila boshlagan sovuqdanmi — farqlay olmadi. Xumkallaning orqasidan bir zum tikilib turib, bu befahmni tuqqan onasini eshakka ro‘para qilib so‘kindi-da, mashinasi eshigini ochib, orqa o‘rindiqqa o‘tirdi. Old o‘rindiq g‘ilofining cho‘ntagidan bir uchi chiqib turgan konyak shishasini olib qopqog‘ini ochdi, piyolaga quyishga qanoat qilmay, shundayligicha ko‘tarib, nafasi qaytguniga qadar qultillatib ichdi. Bu bilan nafsi orom olmagani sababli yana ko‘tardi. So‘ng o‘rindiq orqasida turgan ikki nokning birini olib karsillatib tishladi. Konyak badaniga iliqlik bergach, shisha uchinchi marotaba ko‘tarildi, ammo bu safar kamroq ichdi. Qopqoqni burab mahkamlagach, shishani joyiga qo‘ydi. Shu damda u faqat «Jigari»ning o‘liminigina emas, balki navbatdagi ikki saydning taqdiridan bo‘lak hamma narsani unutgan edi. Tezlik bilan ovlanajak jonning avvali — Xumkalla. Uning umr bayoniga nuqta qo‘yish Kesakpolvon uchun og‘ir ish emas. Chirt etib yuborganday bir gap. Faqat «qaerda, qachon, qanday?» degan savollarga javob topsa bas. «Jigari» Mahmud taqdiriga doir bu uch savolga javob topgan onda «ukaxoni»ga biroz achingan edi. Xumkallaga esa achinmadi. Odam tuproqda o‘rmalayotgan qumursqani behos bosib olmay deb rahm qiladi. Ne qayg‘uki, Yaratgan bunday fazilatni barcha bandalariga bir xilda beravermas ekan. Kesakpolvonni yaxshi bilgan odam Tangrining bu |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling