Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc


Download 5.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/282
Sana05.04.2023
Hajmi5.08 Kb.
#1274736
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   282
Bog'liq
Shaytanat 4- kitob (2)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
13
mo‘’jizasiga lol qolib, kichkinagina gavdaga shunchalar ko‘p beshafqatlik, berahmlik, 
zulm cho‘g‘i qanday jo bo‘lgan ekan, deb yoqa ushlaydi. 
Qonni qon bilan yuvib bo‘lmaydi, degan oddiy haqiqatni anglashga qaldirg‘och mo‘ylovini 
silagancha o‘yga tolgan Kesakpolvonning aqli qosirlik qilar edi. U kecha qonga belangan 
qo‘lini ertaga yana qon bilan yuvmasa o‘z qoni daryosiga g‘arq bo‘lishinigina bilardi. 
Jonini asrab qolish uchun jon olmoqdan o‘zga yo‘l unga ko‘rinmas edi. 
U necha kunlardan beri gumoni ta’qibida bo‘lgan Halimjonni ham o‘yladi. 
Hosilboyvachchaning qaysi go‘rga tiqilgani bilan qiziqib yuruvchi bu yigitga ham qat’iy 
bo‘lmasa-da, hukm chiqarib qo‘ygan edi. Halimjon faqatgina «militsiyaga sotilgan» 
degan gumon to‘rida ekani uchun emas, balki Kesakpolvonga bo‘ysunmay, Chuvrindi 
bilan Asadbekka sodiq bo‘lgani uchun ham bu dunyoda yashab yurish huquqidan 
mahrum etilgan edi. 
Kesakpolvon shu hukmni ijro etmoq fursati yetdi, degan to‘xtamga keldi. Halimjon bilan 
Xumkallani bir-biroviga qayrab qo‘ysa bas, qaysinisi aqlliroq bo‘lsa yana uch-to‘rt 
kuncha tirik qoladi. Keyin esa o‘zi ham qurbonining izidan yetib boradi. 
Kesakpolvon bundan o‘zgacha niyat, o‘zgacha reja qilishi mumkin emasdi. 
Idoraning yangi rahbari xona ashyolarining o‘rnini o‘zgartiradi. Bu barchaning ko‘z 
o‘ngidagi zohiriy ishi. Botiniy ishi esa xodimlarning ma’lum qismini haydab, ular o‘rniga 
o‘ziga sadoqatli odamlarni to‘plashdan iborat bo‘ladi. Kesakpolvon zohiriy ishlarga 
muhtoj emasdi, shu bois botiniy yumushlarni hali taxtga o‘tirmayoq boshlab 
yuborayotgan edi. Shaytanat olamining o‘zga dunyodan farqi ham shunda: saroyga 
yolg‘iz emas, ishonchli ayonlar bilan birga kirib boriladi. Dahlizga to‘shalmish chiroyli 
ensiz gilamni emas, murdalar ko‘ksi bosib o‘tiladi. Birinchi bo‘lib Chuvrindining murdasini 
bosib o‘tgan Kesakpolvon hushini taxt jilvasi o‘g‘irlagan edi. Bu jilva fohishaning ishvasi 
kabi aldamchi ekani, olam yaralganidan beri taxt hech kimga vafo qilmaganini fahm 
etmoqqa u qodir emasdi. 
U biroz o‘ylangach, rejasi xom tuyulib, undan voz kechdi. Halimjon xoin bo‘lsa ham 
Asadbek qo‘njida tura turgani ma’qul, deb fikr qildi. Undan tashqari «quturgan it oldidagi 
suyakni tortib olishga urinish xavfli» degan to‘xtam o‘ziga ma’qul keldi. 
Hali bir o‘rin sovumay turib, ikkinchi to‘shakni yetim qoldirmoqni qasd qilgan 
Kesakpolvon bu yerga nima uchun kelganini ham unutgan edi. Ko‘zi fotihaga 
kelayotganlar tomonga qadalgan bo‘lsa-da, xayoli Xumkallaning kallasini olish 
muammosi bilan band edi. Birovni beayov urib rohatlanuvchi Kesakpolvon ko‘p yillardan 
beri o‘zi odam o‘ldirmasdi. Bu «qora ish»ni mulozimlari risoladagiday bajarar edilar. 
Masalaning mushkul tomoni shundaki, ular begonalarning yoki raqiblarning jonlarini 
rohatlanib sug‘urar edilar. O‘z sheriklarining yuragini ham shundayin rohat ila sug‘ura 
oladilarmi yo yo‘qmi — Kesakpolvon uchun aynan shunisi qorong‘u edi. 
Fotiha o‘qib chiqayotganlar orasida Qozini ko‘rgan Kesakpolvon mashinasi eshigini qiya 
ochdi. To‘dadan ajrab mashina sari yura boshlagan Qozi qadamini ildamlatdi. Eshikdan 
bosh suqib salom bergach, xojasining «o‘tir!» degan amriga itoat etdi — chaqqonlik 
bilan mashinaning orqa tomonidan aylanib o‘tib, Kesakpolvonning yoniga o‘tirdi. 
«Yo‘qol!» deb haydalganidan ko‘ngli g‘ashlangan, mashina tomon damba-dam qarab 
qo‘yayotgan Xumkalla bu manzarani ko‘rib joyida picha qotdi, kiprik qoqmagan holda 
mashina tomon tikildi. Bezovta ko‘ngli uni aldamayotgan edi. Chindan ham bu onda 
uning taqdiri hal etilayotgandi. 
Kesakpolvon mulozimidan hol-ahvol so‘rash o‘rniga piyolaga konyak quyib uzatdi: 
— Ma, isinib ol. 
Qozi sovqotmagan bo‘lsa ham, xojasining bu marhamatidan mamnun bo‘lgan holda 
piyolani bir ko‘tarishda bo‘shatdi-da, labini yalab qo‘yib, egasiga termulgan it kabi qarab 


Shaytanat (4-kitob). Tohir Malik 

Download 5.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling