Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc


Download 5.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/282
Sana05.04.2023
Hajmi5.08 Kb.
#1274736
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   282
Bog'liq
Shaytanat 4- kitob (2)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
16
«boshqa narsa so‘ramang», deganday yuzini burdi. Zohidga kerak bo‘lgan mayor Ilyosov 
ham yo‘q edi. Ichkariga o‘tmoqchi bo‘lgan Zohidni navbatchi to‘xtatib «aka, 
kirganingizning foydasi yo‘q, hozir hamma temir yo‘l bekatida», — dedi. 
«Nimaga?» deb so‘rashning hojati yo‘q edi. Hamma bekatdami, demak, favqulodda 
xodisa ro‘y bergan. Aytish mumkin bo‘lmagan sirni aytib qo‘ygan navbatchi endi Zohidga 
cho‘chinqirab qarab turardi. Uning ahvolini sezgan Zohid «Xavotir olma, men hech 
nimani eshitmadim», dedi-yu, iziga qaytdi. 
U dastlab ishxonasiga bormoqchi edi. Lekin qandaydir kuch uni bekat sari undayverdi. U 
g‘ayritabiiy bu kuchga bo‘ysunib, yo‘lovchi mashinaga qo‘l ko‘tardi. 
Bekatning asosiy binosi o‘rab olingan, tamoshatalab odamlarning yaqinlashishiga yo‘l 
berishmayotgan edi. Zohid birinchi halqadagi soqchi yigitlarga o‘zini tanitib o‘tdi-yu, 
ikkinchisida to‘xtatildi. Guvohnomasini ko‘rsatib, «aka, kattalaringiz ichkarida, sizning 
kirishingizga hojat yo‘q», degan javobni oldi. Nima qilarini bilmay, atrofiga alangladi-yu, 
yer osti yo‘lagiga olib tushuvchi zinapoya yaqinida turgan mayor Ilyosovni ko‘rib, o‘sha 
tomon yurdi. 
2 
Shokarimov o‘limiga doir «Ish»ni Zohid ikkinchi marta o‘qiyotganida mayor Soliev uyga 
ketishga otlanayotgan edi. Shoh bekatdan uzatilgan xavotirli xabar temir javonga 
qo‘yilgan qurolni qayta qo‘lga olishga majbur etdi. Ufadagi qamoqxonadan «Qassob» 
laqabli jinoyatchi qochganini ular eshitishgan, ammo tez orada bu yerda paydo bo‘lib 
qolishini kutishmagan edi. Qamalmasidan ilgari «Qassob» qaysi shaharlarda yashagan
«ov» qilgan bo‘lsa, o‘sha yerlarda pistirmalar qo‘yilib, poylanayotgan edi. Biz 
«jinoyatchi» deb atovchi odamlarning ayrimlarida bo‘rining sezgirligi bo‘ladi. Tuzoq 
qaerga qo‘yilganini oldindan fahmlaydi-yu, pistirmadagilarni dog‘da qoldiradi. «Qassob» 
shu toifadan edi. Adashib kirib qolgan pashsha ham iziga yo‘l topa olmay qoladigan 
qamoqxonadan qochib qutilishga aqli yetgan odamning pistirmalar qo‘yilganini 
anglamasligi mumkin ham emasdi. U o‘zi bo‘lgan shaharlarni aylanib o‘tdi-yu, asr 
chog‘ida shu bekatda poezddan tushdi. «Qassob» pistirmalarni aylanib o‘tdi-yu, ammo 
taqdir yozug‘ini chalkashtira olmadi. O‘n yetti juvonning go‘shtini yeb, otuvga hukm 
etilgan, jazodan qutuldim, deb erkin nafas olayotgan «Qassob» suratlari bu yerlarga 
ham yetib kelganini fahmlasa-da, «ko‘pchilik orasida birov meni tanimaydi», deb 
o‘ylardi. Xizmatga yaqindagina kirgan militsioner yigit rasmini ikki soatgina burun qo‘lida 
ushlab turganini, «rostdanam o‘n yetti xotinning go‘shtini yeganmikin?» deb o‘ylanganini 
esa bilmas edi. Milisa yigit ham suratdagi odamxo‘rga ikki soatdan so‘ng bekatda ro‘para 
kelarman, deb o‘ylamagandi. 
«Qassob»ning olazarak ko‘zlari dastlab xatardan ogoh etuvchi hech qanday harakatni 
ilg‘amadi. Shunday bo‘lsa-da, bekat binosini tark etib ko‘chaga chiqishga shoshilmadi. 
Yukxonaga tushib sumkasini qo‘ydi. So‘ng hojati bo‘lmasa-da, chiptaxonadagi turnaqator 
navbatda turdi. Uning fikricha, pistirma qo‘yilgan bo‘lsa, ko‘chada, odam siyrakroq yerda 
qo‘lga olishga urinishadi. Odam ko‘p yerda otishma bo‘lishidan qo‘rqishadi. «Qassob» 
shu sababli ham tashqariga chiqishga shoshilmadi. Uning yo‘l qo‘ygan xatosi ham aynan 
shunda edi: shoshqich chaqiruvga binoan yordamchi kuchlarning yetib kelishiga o‘zi 
sharoit yaratib berdi. Xatosini tushunganda esa kechikkan edi. Chiptaxonadan chiqib 
o‘zini gavjumroq to‘daga urganda ikki kuragi o‘rtasiga to‘pponcha tiralib, «Qimirlama, 
qo‘lingni ko‘tar!» degan buyruq yangradi. U amrga itoat etdi: qo‘llarini ko‘tardi-yu, 
boshini burib orqasiga qaradi. Ikkinchi qavatda turib «Qassob»ning harakatlarini 
kuzatayotgan mayor Soliev shoshqaloq yigitning o‘zboshimchaligidan g‘azablandi. 


Shaytanat (4-kitob). Tohir Malik 

Download 5.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling