Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc


Download 5.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet18/282
Sana05.04.2023
Hajmi5.08 Kb.
#1274736
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   282
Bog'liq
Shaytanat 4- kitob (2)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
18
Soliev cho‘ntagidan bir kishan chiqarib, orqasiga qaradi. Yigitlardan biri unga ikkinchi 
kishanni uzatgach, «Qassob» tomon yurdi. To‘rt qadam qolganda «Qassob»: 
— To‘xta! — deb buyurdi. — Qo‘llaringni kishanla! 
Buyruq ado etilgach, Soliev yana ikki qadam bosdi. 
— Endi o‘ng bilagingga kishanning bir halqasini sol, — deb buyurdi «Qassob». Bu buyruq 
ham so‘zsiz bajarildi. 
— Orqangga o‘girilib, ikki qadam tisaril. 
Solievga «Qassob»ning maqsadi ayon bo‘lgan edi. Uning xayoli hozir «Qassob»ni 
ushlashda emas, azoblanayotgan go‘dakning hushsiz onasi bilan qonga belangan yigitni 
qutqarishda edi. Shu bois buyruqlarga so‘zsiz itoat etayotgan edi. Uning maqsadini 
anglamayotgan yigitlar esa otishga shay turishardi. Soliev orqasiga o‘girilgan damda 
ularga bir qarab olib «zinhor ota ko‘rmanglar» deb nigohi bilan ishora qildi. 
— To‘xta! — Solievning gardaniga «Qassob»ning sassiq nafasi urildi.
Uch soniyaning o‘zida kishanning bir halqasi «Qassob»ning chap bilagiga ilindi, ayol 
qo‘yib yuborildi. Shunda Soliev chakkasiga to‘pponcha tiralishini kutgan edi. Ammo 
kutgani sodir bo‘lmadi. Shu nuqtaga tikilib turgan o‘nlab ko‘zlar uchun hech bir 
kutilmaganda to‘pponcha qo‘yin cho‘ntakka solindi, o‘rniga esa panjalari «limonchik» 
deb erkalab ataluvchi, o‘smirning mushtumidek keladigan bujir bombani oldi. «Qassob» 
bombani ehtiyot halqachasini tishlari bilan uzib tashladi-da, uni Solievning ko‘kragiga 
bosdi: 
— Qani endi otlaring, xunasalar! Ha, otmaysanlarmi! — dedi u hansirab. 
— Baqirma, nega o‘kirasan? — dedi Soliev xotirjam ohangda. Bu xotirjamlik, talvasadan 
yiroqlik «Qassob»ni bir oz ajablantirdi. Solievning ahvolidagi boshqa odam qo‘rqmagan 
taqdirda ham asabiylashmog‘i lozim edi. 
Soliev to‘pponchani yerga qo‘yganida ham, qo‘liga kishan urganida ham, hatto orqasiga 
o‘girilib tisarilganida ham o‘zini tavakkal hukmiga bergan edi. «Qassob»ning changaliga 
tushgach, tavakkal chekinib o‘rnini qo‘rquv egallay boshladi. Qilib qo‘ygan ishi endi 
o‘ziga ham yoqmay bir oz asabiylashdi. Ammo bu qo‘rquv, bu asabiylik quliga 
aylanmadi. Qo‘rquvni ham, asabiylikni ham sirtiga chiqarmay bo‘g‘ib turishga o‘zida 
kuch topdi. Uyg‘onayotgan talvasani sezdirib qo‘yishi mag‘lubiyat belgisi ekanini bilardi, 
shu bois raqibiga sir boy bermadi. «Qassob» Solievdagi hotirjamlik sababini anglamay, 
uning bo‘ynini qisdi:
— Sen menga aql o‘rgatma! — deb vishilladi.
— Sekinroq,— Soliev kishanli qo‘llarini ko‘tarib bo‘ynini bo‘shatmoqchi bo‘ldi. — O‘ldirib 
qo‘ysang o‘zingga yomon bo‘ladi. Sen jazavaga tushmaginu maqsadingni ayt: meni 
garovga olding, endi nima qilmoqchisan? Shaharga chiqishingga yo‘l ochib berishsinmi? 
— Jim bo‘lmasang, tilingni sug‘urib olaman. 
«Qassob» shunday deb baqirdi-da, atrofga olazarak qarab «o‘ljasi» bilan turmoqqa 
qulay yer izladi. U halqa orasida ekanini bilardi, shunday bo‘lsa-da, qochish imkoni 
tug‘ilishi yoki o‘qlar yomg‘iridan qutulish chorasi izlanishi mumkinligini ham hisobdan 
chiqarmagandi. Eshik tomon ham, zinaga yaqin panalik ham unga ma’qul kelmadi. U 
pana yerni emas, halqaning qoq o‘rtasini tanladi. «Otishma boshlansa bir-birini otib 
o‘ldiradi, u dunyoga yolg‘iz ketmayman» deb fikr qildi-da, «o‘ljasi» bilan tislandi. 
Dastlabki o‘ljasi — hushsiz ayol va yigit murdasidan o‘n qadamlar uzoqlashgach, Soliev: 
— Ayol bilan bolaga qarashsin, — dedi. 
— Qarashsin, — dedi «Qassob» marhamatli janob ovozida. So‘ng amr etdi: — 
Xo‘jayiningni chaqir, talabim bor. 
— Xayrullinni chaqiringlar, — dedi Soliev baland ovozda.
Yigitlar orasidan kalta charm palto kiygan odam ajralib chiqdi. 


Shaytanat (4-kitob). Tohir Malik 

Download 5.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling