Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc


Download 5.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/282
Sana05.04.2023
Hajmi5.08 Kb.
#1274736
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   282
Bog'liq
Shaytanat 4- kitob (2)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
14
turdi.
— Xumkallani ko‘rdingmi? — deb so‘radi Kesakpolvon. 
Qozi bu tagdor savol zamirida qanday ma’no yashiringanini anglamay «Ha»deb qo‘ydi. 
Shu bola menga yoqmayapti, — dedi Kesakpolvon.— Odam desang odamga 
o‘xshamaydi, maymun desang maymunga o‘xshamaydi. Bu xumday kallani ko‘tarib 
yuraverishdan gavdasi ezilib ketdi. Gavdasiga rahm qilsakmikin? 
Xojasining maqsadini uqqan Qozi javobni hayallatmadi: 
— Savob bo‘lardi. 
— Savobning dodaxo‘jasi degin! Xumkalla akaxoniga ja-a sadoqatli edi-a? Ja-a kuyib, 
ezilib ketdi-ku, boyaqish. Shu bugundan kechikmay borsin yoniga, akaxoni zerikib 
qolmasin. 
— Mashina urib ketsinmi yo poezd-moezd bosib olsinmi? 
— Izi qolmasin. Lekin mozorga tiqma, xitlar aylanib yurishibdi. 
— Gap yo‘q, yo‘lini qilaman. 
Qozi shunday deyishi bilan Kesakpolvon uni yoqasidan oldi: 
— Isi chiqmasin, buni faqat senu men bilaman. Agar sal nari-beri bo‘lsa orqasidan o‘zing 
ham jo‘naysan, — Kesakpolvon shunday deb uni bir-ikki silkidi, so‘ng yoqasini 
bo‘shatmagan holda, ammo muloyimroq ohangda qo‘shib qo‘ydi: — Choyxonani o‘zing 
ishongan bolaga topshir. Endi mening yonimda sen yurasan. 
Qozi mansab pillapoyasidan ko‘tarilib, noiblik darajasiga yetgani, bu martabaning bahosi 
Xumkallaning joni ekanini angladi-yu, xojasiga qulluq qildi. 
__________ 
* «Ikki kilo go‘shtu ikki kilo guruch» demoqchi. 
II b o b 
1 
Bu dunyoda iblis yetovida yuruvchi odamlar bor ekan, prokuratura tergovchisi ishsiz 
qolmaydi. Bir uchi Asadbekka borib taqaladigan chigal ishlarni yechish mashaqqatidan 
rasman ozod etilgan, ammo norasmiy ravishda kuzatuvlarini davom ettirayotgan Zohid 
Sharipov yaqin orada prokuraturadagi xonasini tark etajagini hali bilmas edi. 
Borliqni shom qorong‘uligi yutib, idoradagi rasmiy ish vaqti tugagan onda Zohidni 
prokuror yo‘qladi. Bu yerdagi ish vaqtiga «rasmiy» deb nisbat berishimiz bejiz emas. 
Chunki bu idoradagi ish hajmini ham, ish vaqtini ham belgilab bo‘lmaydi. Ba’zan tunlar 
tong-larga ulanishini, ba’zan bir necha kunlab uyga borib kelishga ham imkon 
bo‘lmasligini hamma ham bilavermaydi. Idorada ishlovchilar esa «ish vaqti tugadimi?» 
deb soatlariga qaramaydilar. 
Zohid bu sohaning mashaqqatlariga militsiyada ishlab yurgan kezlariyoq odatlanib 
ketgan. Shu bois boshliqning kechki yo‘qlovidan ajablanmadi. Shahar prokurori ham 
sohada boshlangan yangiliklar, o‘zgarishlarning natijasi o‘laroq bu idoraga qo‘yilgan edi. 
Ozodalik bilan tartibni xush ko‘ruvchi prokuror haqida Zohid yomon gap eshitmagan edi. 
Zohidni faqat bir narsa ajablantirardi: tartibni xushlovchi prokuror idorasidagi ayrim 
xodimlarning g‘irrom o‘yin yuritishlaridan xabardormikin? Zohid prokuror bilan asosan 
majlislarda ko‘rishardi, yuzma-yuz holda gaplashish sharafiga hali muyassar bo‘lmagan 
edi. 
Zohid xonaga kirganida prokuror nimanidir o‘qib o‘tirardi. U bosh ko‘tarib «keling, 


Shaytanat (4-kitob). Tohir Malik 

Download 5.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling