Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc


Download 5.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/282
Sana05.04.2023
Hajmi5.08 Kb.
#1274736
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   282
Bog'liq
Shaytanat 4- kitob (2)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
11
«O‘tmish esa hamisha totli» deganlaridek, bolalikda orttirilgan do‘stlari, ular yaxshi 
bo‘ladimi yo ablahmi — farqsiz, ko‘ngil tusab turadi. Bunday nafs xuruji boshqalarga 
nisbatan Asadbekda kamroq sodir bo‘lardi. Ne ajabki, hozir ezgin bir kayfiyatda 
o‘tirganda, hatto To‘lqinning tashrifi yoqmay turganida kamnamo sog‘inch uyg‘ondi. Jalil 
buni tushuna olmas, Asadbekning esa izoh bermoqqa toqati yo‘q edi. 
Menga qara, ukam, mahallachilik degan gaplar bor. Osh pishguncha janozaga chiqib 
kela qolaylik, — dedi Jalil. 
Asadbek qovoq uyub qarab qo‘ydi-yu, indamadi. 
— Hali ham alaming bormidi unda. U bechora atay qilibdimi? Musulmon musulmonning 
gunohini uch kun ichida kechirib yuborishi kerak. 
Bu gap Asadbek vujudidagi g‘azab otining bir sapchishiga sabab bo‘ldi. Qo‘li beixtiyor 
ravishda patnis ustidagi piyolaga yugurdi, beixtiyor ravishda piyolani changalladi, 
beixtiyor ravishda uni Jalilga qaratib otmoqchi bo‘ldi, ammo ko‘z ko‘zga tushishi bilan 
fikridan qaytdi, sovub qolgan choyni yon tomonga sepib tashlab, piyolani «to‘q» etib 
joyiga qo‘ydi. 
— Azroilning tug‘ishgan jiyani bo‘lsang ham o‘zingni bosib ol, bola, — dedi Jalil. — Nega 
to‘xtading? Otavermaysanmi, basharamni majaqlamaysanmi? Qonsiragan bo‘lsang, bira 
to‘la so‘yib tashlay qol. 
— O‘chir! — Asadbek shunday deb baqirdi-da, so‘ng tin oldi. Keyin horg‘in ovozda, xuddi 
o‘ziga o‘zi gapirganday dedi: — Menga qara, donomaxsum, sen tug‘ilishing bilan 
kindigingni o‘zing kesgansan, a? Bilib qo‘y, men u haromning gunohini uch yuz yilda 
ham kechmayman. O‘lganimda shu isqirtning yoniga qo‘ygin, go‘rda ham bo‘g‘ib 
yotaman. Sen og‘aynimsan-u, ammo darding boshqa. Yuragimni kemirib yotgan 
qurtlar borligini bilmaysan. Bilmaganingdan keyin pista qilib o‘tir. 
Eshik og‘zida Halimjon ko‘rinmaganida ehtimol Jalil ham pista qilib o‘tirish qo‘lidan 
kelmasligini aytgan bo‘lardi. Halimjon uning qalampirga belanayotgan gaplarini tilga 
chiqmay qolishiga sababchi bo‘ldi. 
— Bolalarga aytdim, — dedi Halimjon hisobot ohangida. — Yangam telpon qilganmishlar. 
Asadbek uchun bu xabar xavotirsiz edi. Shu sababli bosiqlik bilan so‘radi: 
— Nima debdi? 
— Sizni so‘rabdilar xalos. 
Asadbek «bo‘pti, boraver», degan ma’noda ishora qildi. Xotinining bu qo‘ng‘irog‘i ulug‘ 
qayg‘ular saroyi darvozasi qulfiga solinajak ochqich ekanini uning g‘ofil qalbi sezmadi. 
Kesakpolvon aziz farzandidan ayrilib, dunyo ko‘zlariga qorong‘u ko‘rinayotgan ota 
qiyofasida turar edi. Qabristonga kelganlarning aksari qorining tilovatidan so‘ng 
tarqalishdi. Uning «qayg‘uli» ko‘rinishiga birov ahamiyat berdi, birov e’tiborsizgina qarab 
qo‘ya qoldi. U o‘zini motamsaro qilib ko‘rsatishga tirishsa-da, olazarak ko‘zlari g‘amdan 
yiroq ekanini oshkor etib turardi. Yaqinroq tanishlar «bandalik», deb ta’ziya bildirib 
qo‘yardi. Uning olazarak ko‘zlari esa odamlar orasidan Asadbekni qidirardi. Yuragi ayriliq 
azobi bilan emas, xavotir tashvishi bilan tepardi.
Asadbekning qabr tepasidagi gapi, hozir esa ko‘rinmay qolishi uni qafasga tiqilgan 
mahluq holatiga soldi. «Sen mening yuragimga tupurding», degan gapning mag‘zini 
chaqmoqchi bo‘ldi. Bolalikda «xalq dushmanining o‘g‘liga nafratini izhor etish uchun» 
yuziga tupurgani nechundir esiga kelmadi. Asadbek ilgarilari achchiqlanganida ham uni 
«yo‘qol!» deb haydab qolardi. Ammo bugungisi boshqacharoq ohangda, «butunlay 
yo‘qol» degan mazmunda jarangladi. 
«Nima uchun darrov mendan gumonsiradi?» deb o‘yladi Kesakpolvon. Keyin o‘zidan o‘zi 
nafratlandi: «Asad, agar shu mening ishim bo‘lsa — Xudo ursin!» degan gapi endi o‘ziga 


Shaytanat (4-kitob). Tohir Malik 

Download 5.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling