Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc
Download 5.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Shaytanat 4- kitob (2)
www.ziyouz.com kutubxonasi
7 olinmasa rohatda deyish ham mumkin. Janozaga qadar ham, qabrga tuproq tortilayotganda ham Asadbek beixtiyor ravishda Kesakpolvonni kuzatdi. Mayit lahadga qo‘yilayotganda Kesakpolvonning «Voy jigarim! Voy ukajonim!» degan o‘kirigi «Voy, otam!»leb bo‘zlayotgan bolalarning nolasini bosib ketdi. Asadbek go‘rkov tutgan ketmon yuziga bir siqim tuproq tashlagach, Jalil uni yomg‘irdan panaga, nariroqdagi shiyponga tortmoqchi bo‘ldi. Bu bilan xasta do‘stini ham yomg‘irning savalashidan, ham ruhiy azobdan himoya etmoqchi edi. Asadbek unga norozi qiyofada qaradi. Shunda Jalil namlangan ko‘zlar egasining dardu g‘am dengizi naqadar mavjli ekanini fahmladi. Ko‘zlarining bu kabi dardli boqishini u ko‘p yillar muqaddam ko‘rgandi. Ukasi, so‘ng onasi dafn etilayotganda ham qorachiqni shunday g‘am pardasi to‘sgan edi. Asadbek o‘shanda ham ovoz chiqarib yig‘lamagan edi. Asadbek Chuvrindining o‘g‘li qo‘lidagi belkurakni olib qabrga besh-olti marta tuproq tashlagach, bir oz chekindi, ammo uzoq ketmadi. «Taborak» o‘qilib, yuzlarga fotiha tortilgach, Jalil tarqalayotgan odamlarga qo‘shilib nari yurdi, so‘ng qabr tepasida yolg‘iz qolgan Asadbekni, u tomon yura boshlagan Kesakpolvonni ko‘rgach, to‘xtadi. Asadbek «hamma yoqni bo‘ktirib tashlayman» deganday kerilib yog‘ayotgan qor aralash yomg‘irning qilig‘iga parvosiz ravishda turardi. «Bu yer mening joyim edi, Mahmud ukam... Senga qasd qilganni xor qilmagunimcha yoningga kelmayman...» Qadimda qabristonni ziyorat etmoqqa ijozat yo‘q ekan. So‘ng «bandalar mozoristonni ko‘rib oxiratni o‘ylasin, degan maqsadda ruxsat etilgan ekan. Shunga ko‘ra ertami- kechmi qismati qattiq guvalaga bosh qo‘ymoq bo‘lmish odam tavbani, shayton vasvasasidan qutulmoqni o‘ylashi kerak. Yuzlariga qor zarralari, sovuq yomg‘ir tomchilari urilayotganini sezmay turgan Asadbek esa izmini iblis hukmiga to‘la topshirib, yana toshga aylangan qalbini qasam bilan quvvatlantirgan edi. Zulm-ga zulm bilan javob qilmoq uning nazdida haqiqat edi. Hukm qat’iylashgan paytda kimdir qo‘lidan ushlab tortdi. O‘girilib qaradi: Kesakpolvon. — Sen mening yuragimga tupurding, — dedi Asadbek. — Unday dema, Asad, agar shu mening ishim bo‘l- sa — Xudo ursin! — Yo‘qol! — Asad... — Yo‘qol dedim! Kesakpolvon uch-to‘rt qadam chekindi-yu, ammo yo‘qolmadi. Oshnasining shumshayib turishiga toqat qilolmagan Jalil unga yaqinlashib, jiqqa ho‘l yelkasiga qo‘l tashladi. — Asad, yur, keldi-ketdiga qarab turishing kerak. Asadbek akasining yo‘rig‘idan chiqmaydigan mo‘min boladay Jalil boshlagan yo‘lga yurdi. Mashina Chuvrindi yashagan ko‘chaga yaqinlashganda Asadbek Halimjonga: — O‘ngga burma. To‘g‘riga hayda, — dedi. So‘ng picha sukut saqlagach, qo‘shib qo‘ydi: — Eski uyimga hayda. Jalilga uning bu qarori g‘alati tuyuldi. — Sen bu yerda turishing kerak, — dedi u. — Turolmayman... chidolmayman. — Bormasang... sendan ko‘rishadi... Asadbek javob bermadi. Halimjon buraymi yo ketaveraymi, deganday mashinani sekinlatdi. Buni sezgan Asadbek zardali tovushda buyurdi: — To‘g‘riga hayda, dedim! Jalil Asadbekning bu buyrug‘iga e’tiroz bildirmadi. Mashinadan tushib oshnasiga ergashganda Asadbek uni ostonada to‘xtatdi: — Uyingga boraqol. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling