Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc


Download 5.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/282
Sana05.04.2023
Hajmi5.08 Kb.
#1274736
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   282
Bog'liq
Shaytanat 4- kitob (2)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
6
bog‘lagan odam ham tobut oldida o‘ynaydimi?» Bu savolni eshitgan Kesakpolvon qah-
qah otib kularmish. «To‘y bo‘lganidan so‘ng o‘ynayman-da» dermish. «To‘y? — deb 
ajablanarmish kafanlangan Asadbek, — kimga to‘y, kimga aza?» «Bizga to‘y, — dermish 
Kesakpolvon, — senga esa aza...»Keyin mozorga olib borishdi. Mozormi yo shahar 
ahlatxonasimi — ajratish qiyin bo‘lgan bir joy. Agar shu joyni o‘likka ko‘rsatib «so‘nggi 
makoningni ko‘rib qo‘y» deyilsa, o‘rnidan turib qochib qolishi aniq. Lekin kafanga 
chirmalgan Asadbek chorasiz emish, qocha olmasmish. Lahadga qo‘yilib, tuproq tortila 
boshlaganida qorining tilovati eshitilmaydi, bilaks, yana o‘sha qo‘sh surnay, qo‘sh 
nog‘ora avjiga chiqadi. Hamma o‘ynaydi-quvnaydi. «O‘lik ko‘mishga ham qasam 
ichirvordilaring...» deb g‘ijinarmish lahaddagi Asadbek. Keyin qarasa lahaddagi boshqa 
odammish, o‘zi qabr tepasida turganmish. Lahadning og‘zi ochiqmish, pastda yuzi 
ochilib, qiblaga moyil qilib qo‘yilgan odamga «Kim ekan?» deb qararmish-u, ammo 
tanimasmish...» 
Ko‘rganlari mana shular. Dahshat desa dahshat emas, fikrlashga, ma’ni qidirishga ham 
arzimaydigan ta-yinsiz bir manzara... O‘sha onda shu fikrda edi. 
Ammo ertasiga, Chuvrindining o‘limini eshitgach, bema’ni sanalgan shu tushni yana 
yodga oldi. Yuzi ochilib, qiblaga moyil qaratib qo‘yilgan mayitni esladi. Tobut oldida, 
so‘ng qabr atrofida o‘ynayotgan Kesakpolvon ko‘z oldida gavdalandi. «Bizga to‘y, senga 
aza», degan gap qulog‘i ostida jarangladi. 
Chuvrindining uyiga kelib kutilmagan fojiadan gangib qolgan o‘g‘lini bag‘riga bosganida, 
o‘z farzandiday suyumli bu yigitchaning xo‘ngrab aytgan gaplari kechagi tush 
zindonining qulfiga kalit bo‘lib tushdi go‘yo. «Kechasi chaqirtirgan ekansiz, kelganlarida 
kayflari bor edi, mashinani men hayday qolay desam, ko‘nmadilar... Ajal chaqirgan 
ekan...» 
Ajal chaqirgan ekan... Nima demoqchi bola? «Siz — ajalsiz!» demoqchimi? Bolaning 
o‘ylamay aytib yuborgan gapi Asadbekni o‘ylantirib qo‘ydi. Chuvrindini u chaqirtirmagan 
edi. Kim chaqirtirdi? Chaqirtirgan «ajal»-ning ismi — Haydar-Kesakpolvonmi? Yo 
Xongireyning chayonday izg‘ib qolgan odamlarimi? Yo xojasiga sodiq qolgan 
Hosilboyvachchaning yigitlaridanmi? Qancha o‘ylamasin, tarozining pallasi Kesakpolvon 
tomon bosib ketaverdi. «Xongirey ham, Hosilboyvachchaning yigitlari ham Mahmudni 
o‘ldirib bir manfaat topolmaydi. Kasd qilsa menga tashlanardi. Yo meni «o‘ladigan kasal, 
shunday ham tinchib ketadi», deb ayashadimi», degan xulosaga keldi. Xulosasi bir 
tomondan to‘g‘ri edi: Xongirey uning tuzalmas xasta ekanini bilgach «xotirjam 
o‘lvolsin», deb marhamat qilgan edi. Xulosaning noto‘g‘ri yeri shundaki, xotirjam 
o‘lvolishga izn bergan Xongirey uning xotirjam o‘lishini xotirjam ravishda kuta olmas edi. 
«Qirol o‘ldi, yashasin qirol!» deganlaridek yangi qirol muammosi uni befarq qoldirish 
mumkin emasdi. Gap o‘ziga mute odamni qirol taxtiga o‘tqazishdagina emas. Taxtga 
kim o‘tirsa ham qayirib olishga qurbi yetadi. Bo‘ysinishni istamagan yangi qirolga 
atalgan bittagina o‘q to‘pponcha o‘qdonida zanglab qolmaydi. Xongireyning muddaosi 
bosh-qa: Asadbekka vafo qilmagan taxtga lalaymagan odam o‘tirishi shart. Siyosatchilar 
tili bilan aytganda, bu taxtga kurash yo‘li bilan borgan ma’qul. Kim aqlliroq bo‘lsa, kim 
rahmdil bo‘lmasa, kim raqibi qalbini sug‘urib olib chaynab yutishga qodir bo‘lsa — o‘sha 
qirol! 
Asadbek Kesakpolvonning taxtga intilishini kutgan-u, ammo Xongireyning bu 
maqsadidan bexabar edi. Kesakpolvonning karnay-surnay navosiga emas, balki 
Xongireyning do‘mbrasiga o‘ynayotganini keyinroq fahmlaydi. Keyinroq fahmlaydiyu ilon 
chaqib dog‘da qolgan odam holiga tushadi. Ingraydi, to‘lg‘onadi, qani edi bundan bir 
foyda bo‘lsa?! 
Bunga hali vaqt bor. Hozircha ilon uning iliq bag‘rida, ozgina besaranjomligi inobatga 


Shaytanat (4-kitob). Tohir Malik 

Download 5.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling