Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc


Download 5.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/282
Sana05.04.2023
Hajmi5.08 Kb.
#1274736
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   282
Bog'liq
Shaytanat 4- kitob (2)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
4
armonlari bir-biriga sira o‘xshamas edi. Ta’bir joiz bo‘lsa Vatan sog‘inchi Guluzor 
begimga ota meros, qon bilan kirgan, jon bilan chiqg‘uvchi fazilatdir. O‘zining emas, 
volidayn kindik qoni to‘kilgan Vatan tuprog‘iga qadam qo‘ymay, havosidan nafas olmay 
turib sog‘inish qanday bo‘lishini tasavvurimizga sig‘dirishimiz, bayon etishimiz g‘oyat 
mushkul. Vatan — ya’ni ota yurtni sog‘inish darajalarini belgilamoqda «musofir 
bo‘lmaguncha musulmon bo‘lmas», degan hikmatni hisobga olmoq balki joizdir? 
Deydilarki, bulbulni «gar oltun qafas ichra» saqlasangiz ham sayramas ekan. 
Manzuradagi sog‘inch hislari esa butunlay o‘zga. Vatan ismli o‘lchovsiz tuyg‘udan holi, 
demoqlik noo‘rindir. Chunki u sog‘inayotgan oila, hovli, yaqinlari — Vatanning 
zarralaridir. 
Yaratganning mo‘’jizalariga aql bovar qilmaydi: shu kabi tog‘, shu kabi qor ko‘pgina 
yurtlarda mavjud. Guluzor begim aytganlariday, bu yerning qori par yostiqday 
yumshog‘u boshqa yerniki toshday qattiq emas. E’tiborli jihati shundaki, qorli tog‘larning 
har biri o‘sha yurt egasi uchun suyumliroq. Shu bois ham Manzurani bundagi manzara 
lol qoldira olmadi. Balki eri, qizi ham yonida bo‘lsa bu chiroyni ilg‘armidi? 
Qahva ichayotgan Guluzor begim bilan ta’msiz tuyulgan bo‘lsa-da, mezbonning hurmati 
uchun o‘zini zo‘rlab choy ho‘playotgan Manzurani bog‘lab turuvchi bir narsa bor: bu 
qalblardagi hislarni yuqori maqomda bayon etolmaslik, bu hislar to‘lqinida jo‘sh urib 
suhbatlasholmaslik yoki bahslasha olmaslik. 
Shaharchani aylanish ham, qahvaxonada o‘tiraverish ham Manzurani zeriktirdi. 
Mehmonning o‘g‘illari bilan shahar sayriga chiqqanidan foydalangan Guluzor begim esa 
qizlariga qo‘shilib chang‘i uchdi, ko‘ngil chigilini yozib oldi. Bir hafta — o‘n kunga 
mo‘ljallangan sayohat Manzuraning ko‘ngliga qarab, uch kundayoq nihoya-siga yetdi. 
Shvetsariyadan ketmay turib Mahmud — Chuvrindiga qo‘ng‘iroq qilib muammoni 
oydinlashtirmoqchi bo‘ldi. 
— Mahmudjon, akangizning dardini siz yaxshi bilasiz, kelaman, deb o‘zlari kelmayaptilar, 
qaytib ketay desam, unga unamaydilar, siz biron nima bilsangiz ayting, — dedi. 
Chuvrindi nima desin? Yangasi «akangizning dardini siz yaxshi bilasiz», deydi. Zohiriy 
dardini-ku biladi, ammo ayta olmaydi. Botiniy dardini esa gumon ko‘zlari bilan ko‘radi. 
«Akam dard bilan yolg‘iz o‘zlari olishib, yolg‘iz o‘zlari mag‘lub bo‘lmoqchilar.
Yangamning ko‘z yoshlari to‘kib o‘tirishlarni istamayaptilar», deb tahmin qiladi. 
Tahminida ozgina jon bo‘lsa-da, xojasining asl maqsadini u ham aniq bilmaydi. 
So‘nggi onlari yaqinlashganini sezgan mag‘rur burgut o‘limni inida kutib olmay osmonga 
parvoz qilib so‘ng o‘zini qoya toshlariga urar ekan. Chuvrindi xojasini ana shu burgut 
misolida ko‘rardi. Unga faqat bir narsa: so‘nggi parvozning qachon va qanday bo‘lishi 
noma’lum edi. Chuvrindi bularni ham ayta olmadi. Shuning uchun: 
— Akam tayyorlanyaptilar. Bu yerda zarur ishlar chiqib qoldi. Akamdan avval Zaynab 
borsalar kerak. Bir-ikki kundan keyin ruxsat tegadigan bo‘lib turibdi, — deb qo‘ya qoldi. 
Bu mujmal javob Manzurani qanoatlantirmay Olmoniyaga qaytgan kunning ertasiga 
uyiga qo‘ng‘iroq qildi. «Adasi, siz keyinroq kelarsiz», degan taklif hamda qaytmoqlik 
ahdini ma’lum qilib qo‘yish niyatida edi. Boloxonadagi yigitning «Bek akam janozaga 
ketganlar» deyishi yuragidagi xavotir uchqunini o‘t oldirdi. 
— Kimning janozasi? — deb so‘radi ovozi titrab. 
Yigit «bu shumxabarni aytish mumkinmi yo yo‘qmi?» degan mulohazada sukut saqladi. 
Aslida u «Bek akam yo‘g‘idilar-a», deb gapni qisqa qilmog‘i joiz edi. Xayoli kutilmagan 
fojia bilan band bo‘lgani uchun beixtiyor ravishda «janozaga ketganlar» deb yuborgan 
edi. 
— Kimning janozasi? — deb qayta so‘radi Manzura. 
— Mahmud akamniki, — dedi yigit bir oz dovdiragan holda. 


Shaytanat (4-kitob). Tohir Malik 

Download 5.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling