Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc


Download 5.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/282
Sana05.04.2023
Hajmi5.08 Kb.
#1274736
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   282
Bog'liq
Shaytanat 4- kitob (2)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
8
Juda mayin, dardli, ayni choqda iltimos ohangida aytdi. Boshqa vaziyat bo‘lganida Jalil 
«Odamga o‘xshab gapirishni ham bilar ekansan, a» deb uzib olgan bo‘lardi. Hozir esa 
«ukamdan xabar olay-chi», deb ota hovlisiga kirib ketdi. 
Sovuq uy. Sovuq tancha. Xuddi qirq yil avvalgi kabi. 
Ho‘l paltosini yechmay tanchaga o‘tirib, qunishdi. Eti uvishdi. Deraza orqali tashqariga 
qaradi. Osmonu zamin hukmronligi uchun bir necha soatlik olishuvdan so‘ng bemavrid 
yopirilgan shoshqaloq yomg‘ir qishning so‘nggi sovuq nafasiga dosh berolmay 
chekingan, qor zarralari esa g‘alabadan mas’ud, shoshmay-shoshmay, yayrab-yayrab, 
uchib-uchib, so‘ng atalasi chiqayozgan yerga asta qo‘nardi. Ikki yarim oylik qish 
hukmida tomir-tomirlarigacha muzlayotgan zamin yuziga qo‘nayotgan qor zarralaridan 
go‘yo junjikardi, ho‘l paltosi bilan sovuq tanchada o‘tirgan odam kabi qunishardi. Oradan 
ko‘p fursat o‘tmay yer sathi oqardi. Asadbekning xayoliga urilayotgan fikrlar bu beozor 
qor zarralari kabi emas, balki beayov uriluvchi do‘l singari edi. 
Krasnoyarga borib qaytguniga qadar bu uyga har kelganida, shu yerda o‘tirib deraza 
osha ko‘cha tomonga qaraganida go‘yo eshik ochilardi-yu, chana ko‘targan dadasi 
ko‘ziga ko‘rinardi. U bir-ikki qadam bosardi-yu, ammo uy ostonasiga yetib kelolmasdi. 
Uning izidan o‘sha ikki odam paydo bo‘lardi. Dadasining «Toychoq!» degan xitobini 
ularning «Biz do‘stlarimiz, otang — xalq dushmani!» degan sovuq saslari bo‘g‘ib 
o‘ldirardi. Otasining qabrini ziyorat qilib qaytgach, o‘zi ham tushunmagan holda, bu 
manzara ko‘rinmay qoldi. Kimdir uy ichida xo‘rsindi. Bir emas, bir necha marta xo‘rsindi. 
Asadbek bu holatdan bir oz cho‘chidi ham. Uyda uzoq o‘tira olmadi. 
Hozir ham dadasini ko‘rish ilinjida yana qaradi. Eshik ochildi... 
Eshik ochildi-yu, Jalil ijroqo‘m vakilini boshlab kirdi. Asadbek «yo‘lni narigi mahalladan 
sol, bu yer buzilmaydi», degach, «ijroqo‘mdan kelgan o‘rtoq» beixtiyor ravishda «ish 
boshlangan, loyihani o‘zgartirib bo‘lmaydi», deb yubordiyu tilini tishladi. Asadbekning 
o‘qrayib qarashiga dosh berolmay, iziga chekindi. Jalil unga ergashgan edi, Asadbek 
zaharli ovozi bilan uni to‘xtatdi: 
— Jalil! 
— Kuzatib qo‘yay, — dedi Jalil, ostona hatlab. 
— Jalil! — zaharli ovoz endi tahdid libosiga o‘raldi. — O‘tir. Chaqirilmagan mehmon, o‘zi 
ketaveradi. 
— Tanchaga cho‘g‘ olib chiqaman. 
— O‘tir dedim, senga! 
Jalil qaytib, tanchaga omonat o‘tirdi. Keyin o‘rnidan turib qo‘shni xonaga kirdi-da, elektr 
pechi olib chiqib qo‘ygach: 
— Ahmoqlik ham evi bilan-da. Sen ahmoqqa qo‘shilib shamollashga tobu toqatim yo‘q, 
— deb yana tashqariga chiqdi. Uch-to‘rt daqiqadan so‘ng xokandoz to‘la cho‘g‘ ko‘tarib 
kirib tanchaga soldi. Chap panjasida siqimlab turgan isiriqni cho‘g‘ ustiga tashlab, joyiga 
o‘tirgach, «gaping bo‘lsa, ana endi gapir»deganday oshnasiga qarab oldi. 
Asadbekning unga aytadigan gapi yo‘q edi. Faqat bir necha daqiqalik yolg‘izlikdan so‘ng 
do‘stining yonida bo‘lmog‘ini istab qolgandi. Bir zumlik sukutdan keyin Jalil qarashiga 
yarashiqli javob oldi: 
— Ilgari ham shunaqa ahmoqmiding yo endi ahmoq bo‘lyapsanmi? 
— Ha, ukaxon, nimaga achishib qoldi? 
— O‘rtog‘ingni boshlab kirishing shartmidi? 
Jalil noto‘g‘ri ish qilganini anglab tursa ham aybiga iqror bo‘lgisi kelmadi: 
— Uyma-uy yurgan ekan, men boshlab kelibmanmi? 
Jalil avj pardasini ozgina ko‘tarish evaziga dahanaki olishuvni debochasidayoq o‘z 
foydasiga hal qildi. Itining fe’li egasiga ma’lum deganlaridek, oshnasining qilig‘ini yaxshi 


Shaytanat (4-kitob). Tohir Malik 

Download 5.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling