Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc
Download 5.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Shaytanat 4- kitob (2)
www.ziyouz.com kutubxonasi
9 bilgan Asadbek «yana bobillab bermasin», degan havotirli o‘yda mag‘lublik tamg‘asiga itoat etib, bitta gapdan qola qoldi. Oyog‘idan issiq o‘tgach, badani bo‘shashdi. Uyqu bosib mudray boshlaganda ko‘cha eshik ochilib, ostonada to‘n bilan telpak ko‘targan Halimjon ko‘rindi. Jalil o‘rnidan turayotganida Asadbek ko‘zlarini ochib, tashqariga qarab oldi-da, oshnasining mehribonligidan iyib ketdi. To‘n, telpak, issiq jun ko‘ylak, jun paypoq olib kelishga Halimjonni jo‘natish hatto o‘zining ham xayoliga kelmagan edi. Asadbek kiyimlarni almashtirib olgach, dekchada qaynoq sho‘rva, issiq non, choy kiritildi. Asadbekning ishtahasi bo‘lmasa ham o‘rtog‘ining zo‘ri bilan sho‘rvani xo‘rillatib ichib oldi-yu, peshonasidan ter chiqib, tanasi yayradi. Ikki piyola choyni ketma-ket ichib olgach, Jalil lo‘labolishga yonboshladi: — Kambag‘alning to‘ygani — chala boy bo‘lgani, — dedi u kekirib. — Senga qo‘shilib men ham boy bo‘ldim, xudoga shukr. — Men-chi? — dedi Asadbek. — Sen mendan batarroq kambag‘alsan. — Sho‘rva ichgandan keyin hammi? — Sen kambag‘al-boy deganda nimani tushunasan o‘zing? Puling ko‘p bo‘lsa boysan-u, yo‘q bo‘lsa kambag‘almisan? Pul deganing qo‘lning kirimi? Sobitxonning gaplarini eshitganmisan? Odamning cho‘ntagi emas, iymoni boy bo‘lishi kerak. Egamning oldiga shu boylik bilan borib ro‘para bo‘lasiz. — Sho‘rva ichsa, iymon boy bo‘ladimi? — Kallang joyidami? Sho‘rva nimayu iymon nima, farqiga borasanmi o‘zing? Jalilning chala mullaligi tutib, u yer-bu yerda eshitganlarini dastak qilib «amri ma’ruf»ni boshlab yubordi. Asadbekning jimgina o‘tirib tinglashi Jalilga ilhom berdi — hali u, hali bunisidan cho‘-qilab-cho‘qilab, bo‘zchi bilganini to‘qiganiday gapiraverdi. Asadbekning someligi zohiran edi. Xayoli Chuvrindining o‘limiga doir muammolar chigilini yechish bilan band bo‘lgani sababli aytilayotgan nasihatlar u qulog‘idan kirib bunisidan chiqar, miyaga o‘tishga, fikr xazinasidan joy olishga uning ojiz holati yo‘l qo‘ymas edi. Uning uchun eng ma’quli — Jalilning tinmay «sayrab» turishi. Nima desa ham mayli, gapirsa bas, hozirgi holatida Asadbekning vayron ko‘ngli yolg‘izlik azobiga dosh berolmaydi. Jalil uyiga kirib chiqqunicha buni his qildi — uy devorlari o‘rnidan siljib, uni siqa boshladi. Jalilning jim o‘tirishi esa, yolg‘izlikdan ham yomonroq. Tosh bo‘lib qotgan, muhrlangan qalbni eritmoq fursati o‘tganini fahmlamagan Jalil oshnasining o‘ziga xos mamlakat fir’avni ekanini, oxirat qismati ham fir’avnniki kabi ekanini o‘ylab ko‘rmagan edi. — Xudo sening joningni qaytib berdi, bir o‘lib, bir tirilding, — dedi Jalil. — U dunyoga o‘tishingga bir qarich qoluvdi. O‘lsam nima bo‘laman, deb o‘yla-dingmi hech? Bu savol Asadbekning someligi soxta ekani, «amri ma’ruf»ni tinglamayotganini fosh qilib qo‘ydi. — Senga gapiryapmanmi yo devorgami? — dedi Jalil zardali ohangda. — Gapingni qaytar, tushunmadim, — dedim Asadbek yengil yo‘talib. — Eshitsang tushunarding, —Jalil shunday degach, savolini takrorladi. Asadbek xayolidagi parishonlikni yashirish uchun javobdan bo‘yin tovladi: — O‘limni o‘ylash uchun kasal bo‘lish shartmi, o‘zing o‘ylamaysanmi? — Mening o‘ylashim boshqa, seniki boshqa. Olloh chaqirsa, «labbay!» deb ketaveraman. Mening bu dunyoda achinib tashlab ketadigan matohim yo‘q. Senga qiyinroq, shuncha to‘plangan mol-dunyoni tashlab ketish o‘zi bo‘ladimi? Hali bu topgan-tutganlaringni hisobini berishing ham bor. U yoqda yumshoq karavotu par yostiqlar yo‘q. Muzdek yerda yotasan... |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling