Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc


Download 5.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/282
Sana05.04.2023
Hajmi5.08 Kb.
#1274736
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   282
Bog'liq
Shaytanat 4- kitob (2)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
5
— Qaysi Mahmud? — Manzura «Qaysi Mahmud» ekanini anglagan bo‘lsa-da, «ishqilib 
men tanimaydigan boshqa odam bo‘lsin», degan ilinjda qayta so‘radi. Yigitning 
navbatdagi sukuti bu ilinjga quvvat berganday bo‘lib, so‘ng esa g‘ippa bo‘g‘ib qo‘ya 
qoldi: Chuvrindining fojiasi haqidagi shumxabar hushini oldi. 
Manzura go‘shakni joyiga qo‘ygach «ko‘nglimning xijilligi bekorga emas ekan», deb 
o‘yladi. Tug‘ishgan ukasiday bo‘lib qolgan odamning fojiasi dastlab uni gangitgan bo‘lsa, 
so‘ng o‘zi yashayotgan olamda halokatlar tasodifiy bo‘lmasligini bilgani uchun ham 
xavotir o‘tida qovrila boshladi. Erining safarni paysalga solishi, Mahmud — Chuvrindining 
ikki kun avvalgi mujmalroq javobi, nihoyat fojia haqidagi xabar yuragining bir chekkasini 
jizillatib turgan xavotir cho‘g‘iga moydek sepilib alanga oldirgan, endi bu o‘tni o‘chirish 
mumkin emas edi. Mana shu tashvish gulxani undagi mutelik chegarasini buzdi. 
Manzuraning beorom qalbi uni kamdan kam hollarda yuz beruvchi inqilobga da’vat etdi. 
Faqat qudalarini emas, o‘g‘illarini ham ajablantirgan holda safari yakun topganini 
ma’lum qildi. «Mehmonning izzati uch kun edi, to‘y bahonasida shuncha qolib ketdim, 
qizlarimni darrov bag‘ringizdan yulib olgim kelmadi», deb lutf qilmoqchi bo‘ldi-yu, ammo 
lablaridagi yengil titroq, ko‘zlaridagi parishonlik ko‘ngil notinchligini ayon qilib qo‘ydi. 
Manzuraning shu kunga qadar qaytishga shoshilmayot-gani qudalarga malol 
kelmayotgan bo‘lsa-da, «u tomonlar tinchlikmikin, ishqilib?» degan xavotirlari mavjud 
edi. Qudalarining qaytmoqlik xususidagi ahdi bu xavotirni nari surgani bilan ro‘paralariga 
ayriliq balosini ko‘ndalang qilib qo‘ydi. «Buncha shoshmasangiz, hali sizga to‘yganimiz 
yo‘q», degan soxtaroq lutf qudani ahdidan qaytara olmasa ham aytildi. 
Yurtni sog‘ingan yuraklar qalblarining ikki parchasini yulib olib yurtga uzatishdi. 
O, bu baxtga tashna yuraklar ro‘parada balo bulutlarining yamlashga shay turganini 
bilishsami edi... 
Inqilobga jazm etgan mushtipar o‘z qarori bilan qayg‘u-alamlar ko‘chasiga burilganini 
bilsami edi... 
2 
Bir kun oldin Asadbek g‘alati tush ko‘rgan edi. 
Buni tush deyish ham qiyin. Mashinada kelaturib bir daqiqaning nari-berisida mizg‘idi. 
Radioda aytilayotgan gaplarni eshitib turdi, demak, uxladi, de-yish mumkin 
bo‘lmaganidek, tush ko‘rdi, demoqlik ham o‘rinsiz. Balki xayoliga chaqmoq kabi urilgan 
beo‘xshov manzara unga tushday tuyulgandir. Manzura uyda bo‘lganida borib aytardi, u 
yo‘yib bir ma’no chiqarardi... Asadbek o‘zicha ma’no qidirib ko‘rdi-yu, «bunaqa bema’ni 
tushda ma’ni nima qilsin» degan to‘xtamga keldi. Uning fikri to‘g‘ri: aloq-chaloq, 
ma’nisiz tushlar ko‘p ko‘riladi, ammo bunaqasi uchramaydi. 
Nima emish, kafanga o‘rab-chirmalgan Asadbek tobutda yotganmish. Tobut ham qiziq, 
atrofiga oq mato o‘ralgan emas, shag‘al tashiydigan zambilga o‘xshash, o‘likning ham 
ko‘nglini aynitadigan bir balo emish. Odam oz emish. Kafanlangan Asadbek «O‘ynab-
kulib yurib minglab oshna-og‘ayni orttiribman-u, tobutimni ko‘taradigan yigirmata do‘st 
topa olmabman-da», deb o‘ylab xo‘rligi kelibdi. Tirik odam xo‘rlansa chorasi oson: 
birovni urib-so‘kar, yoki yig‘lab olar. Kafanlangan bechora nima qilsin? Asadbek oq 
surpga emas, alam matosiga o‘ralganicha yotaverganmish. Bu ham mayli, chiday 
oladigan manzara. Tobut oldidagi manzara jinnining ham esini teskari qilib yuborishi 
mumkin. 
Nima emish: jirkanch tobut oldida qo‘sh surnay, qo‘sh nog‘ora, qo‘sh karnayu qo‘sh 
childirma! Baka-bakabum avjida. Oldinda esa to‘n kiyib belini bog‘lagan Kesakpolvon yer 
tepinib o‘ynab boryapti. «Hoy ah- moq, — dermish kafanlangan Asadbek, — bel 


Shaytanat (4-kitob). Tohir Malik 

Download 5.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling