Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc
Download 5.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Shaytanat 4- kitob (2)
I b o b
1 Lahtak bulutlar qitmirligi tufayli yayrab nur tarata olmayotgan quyosh shom kirishini kutmayoq bota qolganday bo‘ldi. Tongda esa Beg‘ubor osmon umidida kayta bosh ko‘tardiyu yana bulutlar shumligiga uchradi. Olmoniya quyoshining tayinsizligiga, fayzsiz tonglariga Manzuraning chidashi og‘ir kechdi. Zotan, uning qalbi shu quyosh kabi ojiz holatda edi. Garchi o‘g‘illarining to‘yidan ko‘ngli ravshanlashgan bo‘lsa-da, havotir bulutlarining chaqinidan bag‘ri kuyib turardi. Eri Asadbekning, qizi Zaynabning ayanchli ahvolidan bexabar bo‘lsa-da, o‘ziga ham noma’lum bir tuyg‘u ko‘nglini g‘ashlik buluti bilan chirmab turardi. Asadbekning telefonda to‘ng ohangda gaplashishi uni ajablantirmas, bu holatga yillar bo‘yi ko‘nikib ketgan edi. Uni ezayotgan narsa boshqa — eri har safar «uyga qaytishga shoshilma»,— deb gapni qisqa qiladi. Qudalari esa «Qachon qaytasizlar?» deb ochiq aytishmasa ham ko‘z qarashlaridan shu ma’no sezilib turardi. O‘g‘illari nigohida ham shu savol zuhur edi. Ma’suma ayol savolga javob qaytarishga qodir bo‘lsami edi, bu yerda bir on ham qolmasdi. Qanotlari qayrilgan emas, qirqib olingan qush holatidagi Manzura tunda quyosh Shaytanat (4-kitob). Tohir Malik www.ziyouz.com kutubxonasi 3 balqishini kutgan notavon kabi eridan har daqiqada bir mujda kutardi. Manzura qamoqdagi mahbus holatida edi, deyilsa yumshoqroq aytilgan bo‘ladi. Chunki mahbus ozodlikka qachon chiqishini biladi, shu kunni, soatni, orziqib kutadi. Kutish ham u uchun bir saodat. Har tunda yostiqqa bosh qo‘yib har tongda ko‘z ochishining o‘ziyoq bir baxt. Manzura esa yana qancha tund tonglarni musofirlikda qarshilashini bilmaydi. O‘zini qafas temirlariga uraverib qanotlarini majruh etgan qush ahvolidagi Manzuraning dardi qudalariga ayon edi. Shu bois ko‘ngil xiraligi tarqab, dilga bir yorug‘lik mo‘ralarmikin, degan maqsadda Shvetsariyaga safar qilishni taklif etishdi. Mehmonning ixtiyori mezbonda bo‘lgach, Manzura nima deya olardi? O‘g‘illar onadagi tashvish bulutini nari haydash niyatida Alp tog‘larining benazir go‘zalligini madh etishdi. «Bolaning ko‘ngli dalada» deganlari balki shudir. Hozir g‘oyibdan bir ovoz kelib «jannat eshiklari senga ochiladi, kirasanmi yo uyingga borasanmi?» deyilsa u hech ikkilanmay uyga qaytmoqni ixtiyor etardi. Zotan, ahli oilaga muhabbat ham iymonning go‘zal bir ko‘rinishidir. Ikki o‘g‘li, ikki kelini, Guluzor begim hamrohligida maqtalgan yerlarga borgan Manzuraning zimiston ko‘ngliga ravshanlik mo‘ralay olmadi. U farzandlari kichikligida Nanayga bir necha marta chiqqan, suv ombori qurilib, qishloq buzilgach, anchagacha ko‘ngli vayron bo‘lib yurgan edi. Keyinchalik Mahmudning xotini bilan boshqa qishloqlarga ham chiqdi, Shohimardonga ham bordi. Biroq, dastlab chiqqanida diliga o‘rnashgani uchunmi, boshqa joylarni Nanayga o‘xshata olmadi. Shvetsariya Alplari deb nom chiqargan, dunyodagi mana man degan boylarning sevimli maskaniga aylangan bu qorli tog‘lar uning aqlini lol qila olmadi. To‘g‘ri, u yozloqqa chiqqan, qorli tog‘larning havosidan esa nafas olmagan edi. Mahmudning xotini «Opa, bollarni olib Chimyonga chiqaylik, chena uchib kelishsin», deganida «Qishning sovug‘ida tog‘da balo bormi?» deb unamagan edi. Kelinlari bilan o‘g‘illarining yayrab chang‘i uchayotganlarini ko‘rib ham ko‘zlari quvondi, ham «bular o‘qishyapti, desam chang‘i uchishdan bo‘shashmagan shekilli» degan fikrga keldi. Manzura «o‘g‘illarim chang‘i uchishni shu yerda o‘rganishgan», deb o‘ylab yanglishdi. Cho‘lponoy bilan Mushtariyning shu yerda o‘rganganlari ayni rost. Abdusamad bilan Abduhamidning Jamshid hamrohligida tez-tez Chimyonga chiqib turishganidan u bexabar edi. Bolalari bir safar ijozat so‘rashganida «yiqilib, u yer-bu yerini sindirib olmasin» degan: havotirda ruxsat bermagan, yuragi qaynab turgan o‘g‘illarining yashirincha chiqishlarini esa xayoliga ham keltirmagan edi. Qorli yonbag‘irdagi odamlar orasidan Manzura o‘g‘illarini nigohi bilan izlaydi. Yiqilib tushayotganlar o‘g‘liday tuyulib, yuragiga bir zirapcha sanchilganday seskanadi. Holatini sezdirmaslikka harakat qilsa-da, Guluzor begim undagi havotirni fahmlab: — Bu yerning qori xuddi par bolish kabidir, yiqi-lajak o‘lsangda bir huzurlanursan, — deb qo‘ydi. — Siz ham uchasizmi? — deb so‘radi Manzura ajablanib. — O, albatta, — dedi Guluzor begim qahva ho‘p- lab. — Bu shunchaki sho‘xlik mevasi emas, sihhat uchun-da lozim o‘laroq bir amaldir. Ular o‘tirgan qahvaxona osoyishta, taralayotgan yoqimli ohang ham shunga mos edi. Guluzor begim boshini egganicha nimanidir o‘yladi, hatto huzurida aziz mehmon o‘tirganini ham unutganday bo‘ldi. So‘ng boshini ko‘tarib deraza osha tashqariga qaradi- da, xuddi o‘ziga o‘zi gapirganday pastroq ovozda: — Neki vor, xapsi cho‘x go‘zaldur, — dedi. Keyin yuzini qudasi tomon burib, qo‘shib qo‘ydi: — Ammo xapsidan Vatangina go‘zalmishdir! Keyingi jumlada armon zuxur edi. Biroq, o‘z yog‘iga qovrilib yurgan Manzura buni «uyingizni sog‘ingandirsiz?» degan ma’noda tushunib yengil seskandi. Taqdir iplari farzandlari tufayli go‘yo bog‘langanday bo‘lgan bu ikki ayolning sog‘inchlari, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling