Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc


Download 5.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet245/282
Sana05.04.2023
Hajmi5.08 Kb.
#1274736
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   282
Bog'liq
Shaytanat 4- kitob (2)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
245
di: — Olloh shunaqalardan qilmasin bizlarni... 
Nabira kirib choynak-piyolani bobosining yoniga qo‘ydi. Abdurahmon tabib choyni 
qaytarish uchun qo‘liga piyola olganida Asadbek «Choyni sen quy», degan ma’noda 
o‘g‘liga ishora qildi. Abdurahmon tabib «menga bera qoling» degan yigitning ra’yini 
qaytarmadi. Choy quyilib, bir ho‘plamdan ichilgach, Asadbek muddaoga o‘tay deganida 
tabib o‘ziga xos bosiq ohangda so‘z boshlab, Muhiddin otaning fikrini davom ettirdi: 
— Meni bir narsa ajablantiradi: begunoh ham — gunohkor ham, Xudoga, uning jannati 
mavjudligiga ishonuvchi ham — ishonmaydigan ham o‘limidan so‘ng jannatdan joy 
tegishini istaydi. Ba’zan odamlarga jannatga yetishish juda qiyinga o‘xshaydi. 
Meningcha, buning mashaqqati yo‘q, odam bolasi nafsini tiysa, boshqalarga yomonlik 
qilmay, yaxshilikni kasb etsa kifoya. Uning bu dunyosi ham jannat kabi rohatli bo‘la-di. 
Zulmni o‘ziga harom qila olmasa, — Abdurahmon tabib shunday deb Asadbek bilan 
Jamshidga o‘g‘rincha qarab oldi, — uning jahannami shu dunyodayoq boshlanadi. Men 
dadam rahmatlidan eshitgandim. Rasululloh sallallohu alayhi vasallamdan muhaddislar 
shunday rivoyat qilishgan ekan: «Qiyomat kuni bir toifa odamlarga jannatga borishlik 
buyuriladi. Ular jannatga yaqinlashib, hidini hidlab, jannatdagi qasrlarni va Olloh taolo 
jannat ahliga tayyorlab ko‘ygan narsalarni ko‘rganlaridan so‘ng: «Ularni olib ketinglar, 
ularga jannatda nasiba yo‘qdir!» deb nido qilinadi. Ular shunday hasrat-nadomat bilan 
qaytadilarki, ulardan oldin ham, keyin ham, hech kim bunchalik hasrat-nadomat 
qilmagandir. Ular aytadilar: «Ya Olloh! Do‘stlaringga tayyorlab qo‘ygan ne’matlaringni 
ko‘rsatmay turib bizlarni do‘zaxga kirgizganingda bunchalik hasrat-nadomat qilmasdik». 
Shunda Olloh taolo: «Men bunday qilmoqlikni xohladim, chunki sizlar katta-katta 
gunohlar bilan insonlardan yashirincha Menga qarshi chiqdingiz, insonlar ko‘zida esa 
pokiza, viqorli ko‘rinar edingiz. Qalblaringizda yo‘q narsani riyo qilar edingiz. 
Odamlardan qo‘rqar edingiz, mendan qo‘rqmas edingiz, insonlarni ulug‘lar edingiz. Meni 
ulug‘lamasdingiz. Insonlar uchun ba’zi narsalardan qaytar edingiz. Men uchun qaytmas 
edingiz. Endi bugun savobimni ayirganim barobarida qattiq azobga mahkum 
etgayman...» deydi». 
Nabira kosalarda qaynoq sho‘rva ko‘tarib kirgach, bir-birini sog‘ingan ikki qariyaning 
amri ma’rufi poyoniga yetdi. Asadbek ularning gaplariga quloq tutib «Menga tekkizib 
aytishyapti», deb o‘yladi. Holbuki, ularning bunday niyatlari yo‘q, gap shu mavzuga 
burilgani uchun beixtiyor tarzda suhbatlashishayotgan edi. Shunga qaramay
Asadbekning gumonida jon bor, u ham jannat harom qilingan bandalardan edi... 
Taomdan so‘ng Asadbek to‘yga aytib kelganini bildirdi. Abdurahmon tabib yoshlar haqiga 
duo qilgach: 
— Bir ko‘rib qo‘yarmikinsiz, deb kuyov bolani ham boshlab keluvdim, sal tobi 
kelishmayroq turibdi, — dedi. 
Tabib Abdulhamidning bilak tomirini ushlab, ko‘zlariga tikildi, keyin kaftidagi chiziqlarni 
silab-silab nimanidir o‘qiganday bo‘ldi-da: 
— Men bir dori tayyorlab beraman, — deb gapni qisqa qildi. 
Asadbek «Nima bo‘libdi, qanaqa kasal?» deb so‘rashdan o‘zini tiyib: 
— Tilla tangani olib kelganman, — dedi. 
— Bu muolajaga tilla tanga lozim emas, — Abdurahmon tabib Asadbekning o‘zini ham 
ko‘rib qo‘yib: — Siz dorilarni yarimlatmay, ichishdan to‘xtabsiz, shundaymi? — deb 
so‘radi. 
— Ish bilan bo‘lib... — Asadbek o‘zini oqlamoqchi bo‘ldi. 
— Tabibning aytganini qilmaydigan odam tabibga uchramagani ma’qul. Siz o‘zingizni 
yaxshi his qilib, batamom tuzaldim, degan xulosaga kelgansiz. Kasalning ildizi 
qurimagan, payt poylab yotibdi. Bugun bo‘lmasa ertaga siquvga olishi mumkin. 


Shaytanat (4-kitob). Tohir Malik 

Download 5.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling