Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc
Download 5.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Shaytanat 4- kitob (2)
www.ziyouz.com kutubxonasi
246 Namoz vaqti bo‘lgani uchun ikki qariya qo‘shni xonaga chiqishdi. Abdurahmon tabib ibodatdan so‘ng joynamozdan jilishga shoshilmay, Muhiddin otaga qaradi: — Yodingizda bo‘lsa, xuddi shu yerda o‘tirib, inimizdagi ruh xastaligining chekinmog‘iga umid qilib edik. Umidimiz sarob bo‘lib chiqibdi. Inimiz zulmni avvalgidan kuchliroq holda kasb qilibdilar. Ojiz iymonlari yanada ojizlashibdi, — dedi. Muhiddin ota darrov javob bermadi. To‘palonchi farzandini deb muallimdan tanbeh eshitgan ota misol boshini quyi egdi. — Zamon bularning tilini ham, dilini ham tosh qilib qo‘ygan... Na iloj... har holda Ollohdan umidimiz bor... — Olloh noumid qilmasin. Men kuyov bolamizga dori tayyorlab beraman. Ammo... otasi bilmasin, sizga ma’lum bo‘lsa kifoya, yigitmizdagi xastalik ne ekanini aniq bilolmadim. Menga noma’lum bir xastalikdan aqlim lol. Nimadir uning yuragini yalab ado qilay debdi. Ishqilib yanglishayotgan bo‘lay, folbinlikdan Olloh asrasin, yigitimiz ko‘pga borolmaydigan ko‘rinadir... Bu xunuk xabar Muhiddin otaning a’zoyi badanini muzlatib yubordi. Tili gapga aylanmay, tabibga qarab qoldi. «Taqsir, adashmayapsizmi? Ayting, jon taqsirim, ayting, adashdim, deng. Bolaning umri uzoq bo‘ladi, deng...» Muhiddin otaning iltijo bilan boqayotgan ko‘zlarida shunday ma’nolar zohir edi. Ular mehmonxonaga qaytishganda Muhiddin ota Asadbekka ham, Abdulhamidga ham qaray olmadi. Uning ruhidagi tushkunlikni Asadbek sezdi. Tabib dori tayyorlash uchun chiqqanida «Ota, nima bo‘ldi, tobingiz qochdimi?» deb so‘radi. Muhiddan ota unga javoban «Sal toliqibman, bo‘tam», deb qo‘ya qoldi. Abdurahmon tabib tunda yo‘l yurmoqlikning xosiyatsiz ekanini, dovonni qalin qor bosganini ro‘kach qilib, ularning qaytishlariga izn bermadi. O‘rin solinib, yotishga hozirlanganlarida Abdurahmon tabib Asadbekni qo‘shni xonaga chorladi. Muhiddin ota «bolaning ahvolini yashirmaslikka qaror qildimi?» deb o‘ylab Asadbekni xavotir nazari bilan kuzatdi. Uning tashvishi o‘rinsiz edi. Tabib Asadbekni mutlaqo bosh-qa bir sabab bilan chorlagandi. — Dev akaning hujrasi esingizdami? — deb gap boshladi tabib. — Hali o‘sha yerdan kelayotuvdim. Dev akaning vafotidan keyin qishloqdagilar hujrani buzib tashlaylik, deyishuvdi. Men go‘ri sovumay turib buzmaylik, devdim. Har bir joyning bir yaxshisi, bir yomoni bo‘ladi. Bizdan bir yomon chiqib, kallakesarlikni kasb qilib olgan edi. Qaysi bir yili qamalib ketuvdi, otuvga hukm bo‘ldi, deb ham eshituvdik. Otilmabdi, tirik ekan. Bir hafta ilgari qishloqda ko‘rinib qoldi. Kecha o‘ziga o‘xshagan yana uch-to‘rtasi paydo bo‘lib, Dev akaning hujrasini makon tutishibdi. Ko‘nglim yomonlikni sezib, o‘sha yerga bordim. Nashani chekib, aroqni ichib yotishibdi. Qamoqdan qochishgan desam, qo‘rqib, berkinish harakatlari yo‘q. Abdurahmon tabibning havotirli gaplarini eshitib, Asadbek Zelixonni esladi. O‘tgan yili Farg‘onada fojialar boshlanmay turib u ham tabib kabi havotirli gumoni bilan unga murojaat etgan edi. Bu yil yana qaytariladiganmi bu fojia? Buning tepasida kim turibdi? Maqsadi nima? Asadbek jon talvasasidagi jamiyatning siyosatini tahlil qilmoqqa, makr-hiylalarini kashf etmoqqa ojiz edi. Shu sababli Abdurahmon tabibga hamdard bo‘la olmadi. Tayinli gap ham aytolmadi. 2 Abdusamad, so‘ng Abdulhamid dunyoga kelishganida Manzuraning, Asadbekning qalblarida orzu-umidlar ham tug‘ilgan edi. Bu olamda hisobsiz, o‘lchovsiz narsalar ko‘p. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling