Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc


Download 5.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet247/282
Sana05.04.2023
Hajmi5.08 Kb.
#1274736
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   282
Bog'liq
Shaytanat 4- kitob (2)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
247
Shulardan biri — ota-onaning farzandi baxti-saodatiga xos orzulardir. Barcha ota-onalar 
kabi Manzura bilan Asadbek go‘daklarini qanday avaylab voyaga yetkazsalar, orzu-
umidlarini ham yillar mobaynida shunday ehtiyot qildilar Ularning yetisholmagan 
orzulariga ko‘ra ushalganlari ko‘proq edi. Uzoq vaqt kutilgan nikoh bazmiga yetishganlari 
shular sirasidan bo‘ldi. 
Bir kun oldin Sulikoning bobosi va’da qilgan sovg‘a yetib keldi. Zulukdek ikki ot 
ko‘rganlarining hushini olayozdi. Hatto otlarni ko‘rganda ko‘z oldiga faqat qazi keluvchi 
Kesakpolvon ham bu go‘zallik oldida lol qoldi. Mardonavor gurji yigitlarining ust-boshi 
ham ajabtovur edi. Mamatbey Xongireyning sov-g‘asi — qiniga oltin suvi yuritilib 
yoqutlar bilan bezatilgan ikki xanjarni tortiq qildi. Ertalab esa Asadbekning uyi 
qarshisidagi yo‘l chetida Kesakpolvonning sovg‘asi — ikkita oppoq «Jiguli» paydo bo‘ldi. 
Xursandchilik bilan o‘tishi lozim bo‘lgan kun bir oz tashvish bilan boshlandi. Nonushtada 
Abdulhamid ko‘rinmagach, Manzura uning yotog‘iga kirib chiqdi-da, o‘g‘lining yana 
isitmalayotganini eriga ma’lum qildi. Manzuraning «do‘xtir chaqiraylik» degan gapiga 
Asadbek «shoshilmay tur», deb javob qildi. U «Tabibning dorisi kasalni bir qo‘zitib oladi, 
isitma shu dorining em bo‘layotganidan nishonadir, bugun tabibning o‘zi kelib qolar», 
deb o‘yladi. Peshinga qadar ko‘zlari yo‘lda bo‘ldi. Ikki marta Muhiddin otaga 
«birodaringizdan darak yo‘g‘-a?» deb qo‘ydi. 
Peshinda darvozadan ancha narida eskigina «Moskvich» to‘xtab, undan oxori to‘kilgan 
kiyimli bir kishi tushib, orqa o‘rindiqdan kattagina tugun oldi. Yumush bilan ko‘chaga 
chiqqan Jamshid mashinaning tartib raqamiga qarab «Abdurahmon tabib kelibdi», deb 
o‘ylab, iziga qaytdi-yu, bu yangilikdan xojasini ogoh qildi. Asadbek shoshilib ko‘chaga 
chiqqanida tugun ko‘targan mehmon darvozaga yaqin kelib qolgan edi. Asadbek uni 
tabibnikida ko‘rgan, hamisha otlar bilan ovora bo‘lgani uchun uni otboqar deb o‘ylagan 
edi. Mehmon tugunni Jamshidga berib, o‘zi Asadbek bilan qo‘shqo‘llab so‘rashdi-da, 
«to‘ylar qulluq bo‘lsin», deb qo‘ydi. 
— Abdurahmon aka qanilar? — deb so‘radi Asadbek «Moskvich»ga qarab olib. 
— Pochcham uzrlarini aytib yubordilar. Qishlog‘imiz bir oz notinchga o‘xshab qoldi, 
tashlab kelaverishga ko‘ngillari bo‘lmadi. 
Bu gapni eshitib Jamshid «Nima bo‘lgan ekan?» degan savol nazari bilan xojasiga 
qaradi. Abdurahmon tabibning xavotirli gaplarini eslagan Asadbek bu qarashni javobsiz 
qoldirdi-da, mehmonni ichkariga taklif etdi. 
Sel kabi oqib kelayotgan qimmatbaho sovg‘alar orasida tabib yuborgan maydaqaviq ikki 
to‘n, qiyiq, do‘ppi, ikki kiyimli xonatlas g‘aribgina ko‘rinardi. Shuning uchun ham 
tavonxonadagi xotinlar tugunning bir uchini ochib ko‘rishdi-yu, «kim olib keldi?» deb 
so‘rab o‘tirmasdan bir burchakka qo‘yishdi. 
Abdurahmon tabibning qaynisi bu hashamatli uyda, shoxona dasturxon atrofidagi 
dimog‘dor odamlar orasida o‘zini begona his qildimi yo chindan ham shoshqich ravishda 
iziga qaytmog‘i lozimmidi, har holda bir piyola choydan iborat ziyofatdan qoniqib, 
o‘rnidan turdi. Unga birov «Nega turdingiz?» demadi. Bundan uning ko‘ngli bir oz 
cho‘ksa-da, «to‘ychilikda aybi yo‘q, tanimaganni siylamas», deb o‘zini o‘zi ovutdi. 
Ko‘chaga chiqqanida masjiddan qaytayotgan Muhiddin ota bilan Jalilni ko‘rib 
«Tanishlarim ham bor ekan-ku», deb ko‘ngil chirog‘i yorishdi. Jalil tabibning uzrini 
eshitib bo‘lgach: 
— Siz qayoqqa otlandingiz? — deb so‘radi. 
Shomga qadar dovondan o‘tib olishni niyat qilgan mehmonning uzri qabul bo‘lmadi. Jalil 
uni qochib ketishiga yo‘l qo‘ymaydiganday bilagidan ushlab, ichkari boshladi. Hovliga 
kirgach, xizmatda yurgan Jamshidni chaqirib «Mehmon senlarga xor bo‘ldimi?» deb 
koyidi-da, shiypon yoniga qo‘yilgan ixcham so‘riga qarab yurdi. So‘ng «Shotirlaringning 


Shaytanat (4-kitob). Tohir Malik 

Download 5.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling