Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc
Download 5.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Shaytanat 4- kitob (2)
www.ziyouz.com kutubxonasi
255 tavba qila ketdi. Uning bu qilig‘i Xongireyga yoqmay, Mamatbeyga qarab qo‘ygan edi, u Selimning gardanidan ushlab turg‘izib, joyiga o‘tqazdi. Xongirey unga nafrat bilan tikildi. Selim uning tilidan o‘lim xabarini kutib, nafas yutdi. Xongirey uni lol qoldirib, hukmini oshkor qilmadi, Gamlet bilan ko‘z urishtirib olgach, o‘rnidan turdi. Gamlet bu qarashning ma’nosini anglab, qadahini yarimlatgan holda tashlab ketgisi kelmay, bir ko‘tarishda bo‘shatdi-da, u ham o‘rnidan turib mezbonga ergashdi. Ular chiqib ketishgach, endigi taqdiri nima bo‘lishini bilolmayotgan Selim polkovnikka qaradi. Polkovnik xumorbosdi qilolmaganidan garangmidi, har holda esi og‘ib qolgan odam kabi o‘tirardi. Selim uni dastlab shu holda ko‘rganidayoq qoradorisiz turolmaydigan toifadan ekanini sezgan edi. Hordiq chiqarish maqsadida Qora dengiz sohiliga kelgan Selim mehmonxonaning eng yaxshi, eng qimmatbaho xonasida maishat qilardi. Afg‘onistondagi qahramonona xizmatlari uchun ta’til berilgan polkovnik ham sanatoriydagi davolanishini tugatgach, iziga qaytishga shoshilmay, mehmonxonaga joylashib, ayshini surib yurgan edi. Taqdirning o‘yinini qarangki, dahlizning bir tomonidagi eshik Selimniki, ro‘parasidagi esa polkovnikniki edi. Ular dastlab ayni shu dahlizda uchrashdilar. Ikkovi ham kun yoyilgan mahalda, ayni bir xil yumush bilan — tungi mehmon «qushcha»ni kuzatgani eshikni ochgan edilar. O‘sha kuni peshinda restoranda uchrashdilar. Keyin bir-birlariga ro‘para kelganlarida salomlashdilar. Shu zaylda bo‘lajak hamkorlikning eshigi qiya ochila boshladi. Bir kuni kechasi polkovnik Selimning eshigini taqillatdi. Ko‘zlari kirta-yib, bezgak tutganday titrayotgan polkovnikni boshqa odam ko‘rsa «bechoraning tobi qochib qolibdi», deb o‘ylashi mumkin edi. Lekin bunaqa xolatlarni ko‘p uchratgan Selim uning maqsadini darrov angladi. Polkovnik u damda Selimning qoradori bilan shug‘ullanishini bilmas edi. U tunda qoradori ilinjida emas, pul so‘rab chiqqandi. Selim «yarim tunda pulni nima qilasiz?» deb o‘tirmay, so‘raganini berdi. Qoradorini shu mehmonxonaning o‘zidan topish mumkinligini bilgani uchun ham gapni aylantirmadi. Ertasiga peshinga yaqin polkovnikning eshigini taqillatdi. Ichkaridan javob bo‘lavermagach, xonasiga qaytib, telefon qildi. Go‘shakda polkovnikning uyqusiragan ovozini eshitib: — Polkovnik, yaxshi damlarni uyqu bilan o‘tkazib yuborish gunoh, eshikni oching, — dedi. Polkovnikda bir oz karaxtlik sezilsa ham, tundagi ahvoliga nisbatan ancha tetik edi. Bitta olma bilan, yarim shisha aroq ko‘tarib kirgan Selim qadahlarni to‘ldirib, bittasini so‘zsiz, iltifotsiz tarzda ko‘tardi. Polkovnik esa qadahni afsun qilayotganday tikilib turgach, u ham bir ko‘tarishda bo‘shatdi. Selim tungi chorlovdan gap ochmadi. Aksincha, bu yerdagi maroqli kunlarni ta’riflab o‘tirdi-da, polkovnik uchun sira kutilmaganda gapni qoradoriga burib yubordi: — Polkovnik, afg‘ondagi ko‘p yigitlar nashavand, giyohvand bo‘lib qolarkan, shu rostmi? — deb so‘radi. Polkovnik «rost, mening ahvolimni ko‘rmayapsanmi», deganday unga so‘zsiz qarab turgach, asta ochila boshladi. Selim polkovnikning qitiq patini to‘g‘ri topgan edi. U afg‘ondagi zobitlarning ayrimlari hech tap tortmasdan qoradori olib o‘tishayotganini bilardi. Uning mo‘ljalicha, bu polkovnik ham shundaylardan edi. Chunki polkovnikning maishati uchun o‘nta zobitning maoshi ham kamlik qilardi. Selimning mo‘ljalicha, polkovnik bu yerga qoradori bilan kelgan, bir qismini sotganu pulini sovurib yuborgan. O‘ziga olib qo‘yganining tugab qolganiga ahamiyat bermay, tunda xumorning jazavasidan uyg‘ongan... Polkovnikdan sir olish uchun uni yana ikki kun mehmon qilishga to‘g‘ri keldi. Ular bir- birlaridan hadiksiragan holda asta-sekin bir-birlariga yaqinlashdilar. Oqibat shu bo‘ldiki, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling