Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc


Download 5.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet263/282
Sana05.04.2023
Hajmi5.08 Kb.
#1274736
1   ...   259   260   261   262   263   264   265   266   ...   282
Bog'liq
Shaytanat 4- kitob (2)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
263
Moskvalik vrach «eng yaxshi dori – umid», deb bu xonadondagilarning umidiga quvvat 
berganday edi. Biroq, umid saroyi go‘yo muzdan barpo etilganday kun sayin erib 
borardi. 
Manzura tunu kun mijja qoqmay o‘g‘lining qoshida o‘tirmoqni istardi. Asadbek 
«bolasining rangiga qarayverib kuyib kul bo‘lmasin», degan fikrda uni chaqirib, turli 
yumushlar buyuraverardi. Xotinining qo‘li ishda-yu, xayoli bolasida ekanini ko‘ravergach, 
uni o‘z holiga qo‘ydi. 
Asadbek o‘g‘lining yoniga kirganida unga ko‘ngil ko‘taruvchi gaplarni aytishni istardi. 
Lekin tilga gap kela qolmasdi. Mo‘ltillab o‘tirish o‘ziga ham yoqmay, o‘qishdan gap 
ochaverardi. Bu safar ham shunday bo‘ldi. Uning domlalari haqidagi gapiga o‘g‘li 
kutilmagan javobni berdi: 
— Ada, bizga berilgan ta’til cho‘zilib ketdi. U tomonlarda «ha, hechqisi yo‘q», 
deyilmaydi. Doktor Xudoyor ham ayamaydilar. Akam bilan yangamga ijozat bering, xo‘p 
desangiz, keliningiz ham birga ketsin. Men sal o‘zimga kelvolsam, yetib boraman. 
Asadbek bir oz o‘ylanganday bo‘ldi, biroq, aniq qarorga kelmadi. O‘g‘lining javob kutib
tikilib yotganini ko‘rib: 
— O‘zlari bilan maslahat qilay-chi, — deb qutulmoqchi bo‘ldi. 
— O‘zlari bilan maslahat qilmang, — dedi Abdul-hamid. – Ertaga yo‘lga chiqishsa, 
indinga u yoqqa uchishlari mumkin. Bo‘lmasa, yana bir hafta yo‘qotishadi. 
Asadbek «gaping to‘g‘ri», deganday o‘g‘lining boshini silab qo‘ydi. 
— Ada, — dedi Abdulhamid, — Moskvalik do‘xtir «umid qiling», dedi, a? Agar ustozimiz 
doktor Xudoyor bo‘lganlarida «Ollohning rahmatidan umid qiling», derdilar. Bir sharafli 
hadis bor ekan: Olloh-taolo rahmatini yuz qismga bo‘lib, to‘qson to‘qqiztasini o‘ziga olib 
qolib, faqat bittasini yer yuziga tushirgan ekan. Yaralganlar, ya’ni butun odamlaru jonli 
zotlar bir-birlariga rahm qilishlari uchun shunday bo‘lgan ekan. Ot tuyoqlarining bolasiga 
tegib ketishidan qo‘rqib, tuyoqlarni ko‘tarib yurishi uchun ham shunday ekan... 
Asadbek o‘g‘liga «sen shunaqa gaplarni ham bilasanmi?» deganday ajablanib qaradi. 
Abdulhamid otasining bu qarashidagi yashirin ma’noni uqib, kulimsiradi. 
— Doktor Xudoyor bizga dunyoviy ilm berardilar. Bir kuni «siz eng asosiy ilmdan 
uzoqsiz», dedilar. Biz ajablandik. Shunda hadis aytib berdilar. Abdulloh ibn Musavvir 
Hoshimiydan rivoyat qilingan ekan: Bir kishi Payg‘ambarimiz huzurlariga kelib, «menga 
ilmning g‘aroyiblaridan o‘rgatmog‘ingiz uchun huzuringizga keldim», debdi. Shunda 
unga: «Ilmning avvalida nima ishlar qilding?» debdilar. U: «Ilmning avvali nima?» deb 
so‘rabdi. «Ulug‘ va qudratli Robbingni tanidingmi?» debdilar. «Ha» deb javob beribdi. 
«Ollohning haqqiga nima ishlar qilding?» deb so‘rabdilar. «Olloh hohlaganicha ishlar 
qildim», deb javob beribdi. Keyin «O‘limni bildingmi?» debdilar. «Ha», debdi u kishi. 
«O‘lim uchun nima hozirlik ko‘rding?» debdilar. «Olloh xohlaganicha», debdi. «Borgil va 
u yerda ham shu tarzda davom et, keyin kelsang, senga ilmning g‘aroyiblarini 
o‘rgataman» debdilar. Bir necha yillardan keyin u kishi yana kelganda Payg‘ambarimiz 
unga: «Qo‘lingni qalbingga qo‘y, o‘z nafsing uchun rozi bo‘lmagan narsani musulmon 
birodaring uchun ham rozi bo‘lma, o‘zingga ravo ko‘rgan narsani musulmon birodaringga 
ravo ko‘rgin, mana shu ilmning g‘aroyibidir», degan ekanlar... – Abdulhamid toliqib, 
ko‘zlarini yumdi. Qurigan labini tili bilan namlagan bo‘ldi. Asadbek ilib qolgan choydan 
quyib ichirdi. Shundan so‘ng Abdulhamid gapini davom ettirdi: — Yana bir hadisda Pay-
g‘ambarimiz va’z aytgan ekanlar: «Besh narsadan oldin besh narsani g‘animat bil, — 
debdilar u zot, — qariligingdan oldin yigitligingni, bir ishga mashg‘ul bo‘lib qolishingdan 
oldin bo‘sh vaqtingni, faqirligingdan avval boyligingni, o‘limingdan oldin tirikligingni, 
kasal bo‘lmasingdan oldin sog‘lomliging-ni g‘animat bil...» Payg‘ambarimiz aytgan shu 
besh narsada ko‘p ilmlar jam qilingan ekan... 


Shaytanat (4-kitob). Tohir Malik 

Download 5.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   259   260   261   262   263   264   265   266   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling