Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc
Download 5.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Shaytanat 4- kitob (2)
www.ziyouz.com kutubxonasi
259 — Yaxshi. Yo‘lda durustroq tanishib olarsan. Sen shu akangni Krasnoyarga kuzatib borasan. Kiprik qoqmay kuzatasan, sal nari-beri bo‘lsa, ayab o‘tirmay yo‘qotasan. Krasnoyarga borib, «Sibir» mehmonxonasiga joylashasanlar. Uning qo‘lidagi molga ehtiyot bo‘lasan. Kechasi u uxlasa uxlasin, sen uxlamaysan. Tongda ko‘chaga chiqasan- da manavi raqamga telefon qilib Nikita Varshavskiyni so‘raysan, — Mamatbey shunday deb unga bir parcha qog‘oz berdi. — Unga «molni olib keldim, sizni qiziqtiradigan qog‘oz aeroportdagi avtomat yukxonaning qirq oltinchi katagida» desang bas. O‘sha zahoti temiryo‘l bekatiga borasanu Novosibirga jo‘naysan. U yerdan bu yoqqa uchasan. Qolgan gapni keyin gaplashamiz. Mamatbey topshirig‘ini aytib bo‘lgach, Kesakpolvonga «chaqir», deganday qarab qo‘ydi. Kesakpolvon ziyrak va chaqqon dastyor kabi o‘rnidan turib eshikni ochdi-da, Selimni chaqirdi. Yo‘lda Selim o‘zini mo‘mintoy bola singari tutdi. Jamshidga og‘irligi tushmadi. Mehmonxonaga joylashishgach, restorandan yemoq-ichmoqqa lozim narsalarni buyurib, yaqindan tanishganday bo‘lishdi. Mo‘ljaldan ko‘proq ichib olgan Selim bu yigitga hasrat daftarini ochmoqni istadi. Portlagan temir tobut, kutilmaganda paydo bo‘lib qolgan polkovnik haqida gapirib, o‘zining jabrdiyda ekanini aytib rahm-shafqat uyg‘otishni mo‘ljal qildi. U Jamshidga berilgan topshiriqdan bexabar, ertalab mijozga qo‘ng‘iroq qilish bilan vazifasini uddalab iziga qaytishdan umidvor edi. Mijozning Kozlovga tegishli yigit ekani, uning allaqachon hibsga olingani esa, shubhasiz, Selimga ma’lum emasdi. Dastlab hasratini ochishni istagan Selim fikridan qaytib, tilini jilovlashga harakat qilgan bo‘lsa-da, aroqning kuchi bilan chuldiray-chuldiray, gap orasida Afg‘ondan kelgan temir tobutning portlaganini aytib qo‘ydi. Jamshid buni muhim jiddiy gap sifatida qabul qilmadi. Uyga qaytgach, zimmasiga yangi vazifa yuklatilganda Selimning mastlikda aytib qo‘ygan bu gapini o‘zicha tahlil qildi. Aroq kuchini ko‘rsatib, Selimni qulatib qo‘ya qoldi. Jamshid uni arang sudrab karavotiga yotqizib «rostdanam qattiq uxlayaptimi yo nayrang qilyaptimi?» degan gumonda tez-tez qarab turdi. Jamshid belgilangan vaqtda ko‘chaga otlandi. Selim qo‘ldan qo‘ymay ko‘tarib kelgan diplomatga qarab oldi-da, uyqudan uyg‘onganida ko‘rajak tomoshalarni ko‘z oldiga keltirib, unga achindi. Krasnoyarda ham, Novosibirda ham Asadbekka qo‘ng‘iroq qilish imkoniyati bo‘lsa-da, Jamshid bundan o‘zini tiydi. Qaytganidan keyin ham unga uchramay, Mamatbey qo‘noq tutgan joyga kelib, hisobot berdi. Mamatbey uning gaplarini e’tiborsizlik bilan tingladi. Jamshid arzimagan yumushni bajarib qaytib, ko‘pirtirib maqtanayotgan boladay o‘zini noqulay sezdi. U gapdan to‘xtagach, Mamatbey Kesakpolvonga qarab: — Krasnoyardagilar qo‘ng‘iroq qilishdi, Selim ham qo‘lga tushibdi, — dedi. Keyin arzimagan narsani eslaganday ilova qildi: — Bechoraning yuragi kasal edi, ularning qiynashlariga chidarmikin? Jamshid ham, Kesakpolvon ham bu achinish zamirida qanday ayanchli oqibat yotganini anglab, bir-birlariga ma’nodor qarab oldilar. Mamatbey yon cho‘ntagidan qizil jildli guvohnoma chiqarib, Jamshidga uzatdi: — Sen endi afg‘on urushining faxriysisan. Markaziy kengash a’zosi sifatida afg‘onda o‘lgan uch-to‘rt quroldoshingning oilasidan, qabrlaridan xabar olib kelasan. Esingdan chiqmasin, ularning qabrlari atrofi obod bo‘lsa ham, qarovsiz qolibdi, deb tanbeh berib kelasan, — Mamatbey stol ustida turgan gazeta parchasiga o‘rog‘lik pulni ko‘rsatib, qo‘shib qo‘ydi: — Bu pullarni o‘lganlarning ota-onalariga bo‘lashib berasan. Kiyimlaringni o‘zgartir, ularda yaxshi taassurot qoldirishga harakat qil. Yaqinda Moskvadan maxsus |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling